O‘quvchilarga web dasturlash bo‘yicha kompetensiyalari shakllantirish ahamiyati


Download 71.24 Kb.
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi71.24 Kb.
#1056795
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
vak

Keywords: Kompetensiya, tayanch kompetensiya, o‘qitish maqsadi, Web dasturlash, yondashuvlar.


INTRODUCTION, LITERATURE REVIEW AND DISCUSSION


Jahonda xalqaro tashkilotlar “Ta’lim 2030 Incheon deklaratsiyasi: hamma uchun teng sifatli ta’lim va umrbod ta’limni qamrab olish sari1” qabul qilingan yangi ta’lim konsepsiyasida “Ta’lim-taraqqiyayotining asosiy harakatlanuvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlarga yetkazuvchi muhim faoliyat” deb e’tirof qilingan. Bu borada “Masofaviy ta’lim, AKT bo‘yicha o‘qitish, tegishli texnologiya va zarur infratuzilmalar bilan ta’minlangan masofaviy ta’lim muhitida o‘qitishni osonlashtirish” konsepsiya tamoyiliga ko‘ra zamonaviy web dasturlash va elektron ta’limda o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Informatika va AT o‘quv predmetini o‘qitish ilmiy-texnik jihatdan yanada rivojlanish uchun raqamli iqtisodning ustuvorligini e’tiborga oladi, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining raqamli texnologiyalar borasidagi kompetensiyasi va madaniyatini hamda tanqidiy fikrlash qobiliyati va kreativ axborot-kommunikatsion kompetensiyalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Tabiat hodisalarini va asosiy fizik jarayonlarni anglash bilan birga, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishda Informatika va AT qonunlarini amalda qo‘llashni o‘rganadilar. Fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati, aqliy rivojlanishi va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, olamning yagona manzarasiga oid tafakkur, informatika va axborot texnologiyalari fanida olgan amaliy qo‘nikmalarni rivojlantirish hamda egallagan bilimlardan kundalik hayot faoliyatlarida foydalanish qo‘nikmasini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida uzluksiz ta’lim tizimida ham bir qator ijobiy o‘zgarishlar, xususan ushbu tizimda raqamli texnologiyalar hamda kommunikatsion vositalardan keng va samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “informatika, matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan predmetlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish” ustuvor vazifa etib belgilangan [1]. Mazkur vazifaning ijrosini amalga oshirish borasida davlat tilidagi kompyuter dasturlarining miqdori va mazmuniy sifatlarini oshirish va axborot texnologiyalari sohasida raqobatni kuchaytirish orqali milliy dasturlash maktablarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak mutaxassislarda informatika va axborot texnologiyalari fanidan zarur va yetarli bilim hamda ko‘nikmalarni tizimini shakllantirish va mustahkamlashda yangi usullar va o‘yinli texnologiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi.
"Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida kayd
etilgan tamoyillardan biri yoshlar orasidagi qobiliyatli va
iste’dodlilarini aniqlash va ularning har tomonlama kamol topishini
ta’minlash hisoblanadi. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning ijodiy iste’dodlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri-yoshlarning tashabbuslar innovatsion g‘oya va fikrlarini, iste’dod va iqtidorini o‘z vaqtida ko‘ra olish va uni ro‘yobga chiqarish uchun ko‘maklashishdan iboratdir. Yoshlardan tashkilotchilik qobiliyati va boshqaruv mahoratini rivojlantirish orqali yuksak ma’naviyatli yetakchi yoshlarni tarbiyalash, ularni mamlakatim taraqqiyoti va uning istiqboli uchun yo‘naltirish talab etiladi.

Vatanimiz olimlaridan A.A.Abdiqodirov, B.S.Abdullaeva, Q.M.Abdullaeva, N.A.Muslimov, Sh.S.Sharipov, M.B.Urazova, O.A.Quysinov, B.Z.To‘raev [3] va boshqalarning ilmiy ishlarida “Kompetensiya” va “kompetentlik” kabi tushunchalarining mazmun-mohiyatini o‘rganish va tahlil qilish, kasbiy kompetentlikni shakllantirish, rivojlantirish va diagnostika qilish, elektron ta’lim muhitini shakllantirish muammolari yoritib berilgan.


Pedagogikani rivojlantirishning har bir yangi bosqichida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish va mustaqil ishlash usullari, shakllari, qayta ko‘rib chiqilishi, tuzatilishi va yangi pedagogik qarorlar qabul qilinishi talab etiladi. Hozirgi bosqichda tadqiqotchilar R.S.Garifullina, T.A.Eremenko, E.N.Trushchenko, G.Tyurikova, N.A.Proxorova, M.I.Glotova va boshqalar o‘quvchilarning kompetensiyaga asoslangan yondashuv asosida mustaqil ishlarini tashkil etish bilan shug‘ullanmoqdalar.
Kompetentli yondashuv ta’lim oluvchining ijtimoiy, kommunikativ, axborot, kasbiy va boshqa shaxsiy sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, zamonaviy ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarni o‘zida deyarli to‘liq tarbiyalash va muhim amaliy vazifalarni hal qilish imkoniyatlarini shakllantirish singari kompetensiyalar tizimiga asoslangan [2].
Kompetentli yondashuv asosida o‘z taqdirini o‘zi belgilash madaniyati (o‘zini-o‘zi rivojlantirish, o‘zini-o‘zini yaratishga tayyorlik va qodirlikni shakllantirish) yotadi. Kasbiy rivojlantirib boruvchi mutaxassis o‘z kasbida qandaydir yangilik (innovatsiya), jumladan, yangi texnologiyalar yaratish, mavjud yangi metodlar, usullar va boshqalar bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi.
Kompetentli yondashuvning maqsadi-ta’lim sifatini ta’minlashdir, ta’lim tizimini takomillashtirishdir. Ta’lim tizimini takomilashtirish muammolari bo‘yicha halqaro miqyosida olib borilgan ishlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ta’lim mazmunini yangilanishida asosiy birlik sifatida “kompetentlik” va “kompetensiya” tushunchasi qaralmoqda.
Kompetentli yondashuv A.A.Abdiqodirov [4], B.S.Abdullaeva [21], M.E.Mamarajabov [6], Q.M.Abdullaeva, N.A.Muslimov, Sh.S.Sharipov, M.B.Urazova, O.A.Quysinov, B.Z.To‘raev [3] va boshqalar, MDH olimlari V.A.Bobotov [7], A.I.Gorыlev [8], A.A.Verbiskiy [9], A.I.Kukiev [10], A.N.Dannыx [11], I.A.Zimnyaya [12], I.G.Gaysina [13], xorijiy mamlakatlar olimlaridan B.Andresen, M.Henderson, G.Romeo, S.Mishra, C.Ramesh, M.Burns, T.Muras, T.Vaughan, W.N.Chambers, E.L.Cowen, U.Mangal, E.Johnson, J.M.Spector, J.Locard, F.Raymond, M.Rosenberg, D.Kegan, G.Kulanthaivel va boshqalar kabi olimlarning ishlarida aniq belgilab berilgan. Ularning ishlari umumlashgan bilimlar, malakalar va faoliyat usullarini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan. Shuni takidlab o‘tish kerakki, o‘qitishda ularning rivojlantiruvchi modellarida ushbu umumlashgan o‘qitish birligining shakllanish texnologiyalari va o‘quv materiallarining mazmuni taqdim etilgan. Ushbu muammo bo‘yicha tadqiqotlarni umumlashtirib, I.A.Zimnyaya[12] kompetentli yondashuvning rivojlanishni uchta bosqichga ajratadi.
Birinchi yondashuv (1960-1970) ilmiy kompetensiyalarga "kompetensiya" toifasini kiritilishi, kompetentlik, kompetensiya tushunchalarini farqlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan tavsiflanadi.
Ikkinchi bosqich (1970-1990 yy.) Asosan ona tilini o‘qitish nazariyasi va amaliyotida, shuningdek, boshqaruv va menejment sohasida kompetensiya toifalaridan foydalanish bilan tavsiflanadi. Turli xil faoliyat turlari uchun xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar turli xil kompetensiyalarni ajratib ko‘rsatishadi. Shunday qilib, J.Raven zamonaviy jamiyatda talab qilinadigan 37 ta kompetensiyani ajratdi.
Kompetensiyaga asoslangan yondashuvni tasdiqlashning uchinchi bosqichi (1990-2001 yillar) ta’limda kompetensiyalar toifasidan faol foydalanish bilan tavsiflanadi. 1996 yil 27-30 mart kunlari Yevropa Kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan anjumanda, samarali ishlash va oliy ta’limni davom ettirish uchun ta’lim oluvchi ega bo‘lishi lozim bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni (key compitencies) belgilash, ta’limni isloh qilish uchun muhim ahamitga ega ekanligi ta’kidlangan.
N.A.Muslimovning ilmiy qarashlarida, «Kompetentlik» (ingl. «competence» –«qobiliyat») – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olishdir. «Kompetensiya» - esa kasbiy faoliyatni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarning integrallashgan yaxlitligi, insonning o‘z kompetentligini amaliyotda ro‘yobga chiqara olishi deb ta’kidlaydi. A.V.Xutorskoy [14] ta’rifiga ko‘ra, «Kompetensiya» - bu ma’lum sohadagi samarali va unumli faoliyati uchun zarur bo‘lgan kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan me’yoriy talabdir. «Kompetentlik» - esa muayyan ob’ektga nisbatan samarali faoliyatni amalga oshirish uchun zarur va yetarli bo‘lgan o‘quvchining shaxsiy sifatlari majmuidir.
Valo Xutmaxer [15] ning umumlashgan ma’ruzasida tayanch (key) kompetensiyalar sifatida tadqiqotchilar tomonidan belgilangan turlicha yondashuvlar mavjudligi ta’qidlangan. Ularning atigi ikkita-yozish va fikrlay olish (scriptual thoughp (writing) va rational thought), yoki yettita: o‘rganish (learning); tadqiqotlar olib borish (serching); fikrlash (thinking); munosabatda bo‘lish (communicating); jamoada ishlash (co-operating); ish bajara olish, ishni oxiriga yetkazish (getting things done); moslashish (adapting oneself) kabi bo‘lishi mumkin.
Kompetentli yondashuv quyidagi vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:

  • O‘quvchilarning o‘z maqsadlari bilan pedagoglarga qo‘yilgan, ta’lim maqsadini muvofiqlashtirish;

  • O‘qishda o‘quvchilarning mas’uliyatliligi va mustaqilligini oshirish hisobiga pedagogning mehnatini yengillashtirish;

  • Ta’lim mazmunini mexanik qisqartirish hisobi emas, balki induvidual mustaqil ta’lim ulushini oshirish hisobiga o‘quvchilar ishini yengillashtirish;

  • O‘quv va tarbiyaviy jarayonlar birligini nazariyotga emas, balki amaliyotda ta’minlash;

  • O‘quvchilarni ongli va mas’uliyatli ta’limga tayyorlash.

Umumta’lim maktablarida informatika ta’limi buyicha metodik tizimni rivojlantirishning pedagogik jihatlari, zamonaviy shakl va vositalari, o‘qitish sifatini takomillashtirishda didaktik vositalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishning tashkiliy-uslubiy jihatlari A.A.Abdukodirov [16], F.M.Zakirova [17], U.Yu.Yuldashev [18], M.E.Mamarajabov, U.Sh.Begimqulov [19], A.V.Mogilyov, N.I.Rыjova, G.I.Gaysina [20], M.A.Sokolskaya, shuningdek kompetentli yondashuvni amalga oshirish sharoitlarida umumkasbiy fanlarni o‘qitishning metodik tizimini loyihalash, o‘quvchilarning axborot va kommunikativ kompetentligini shakllantirishda metodik tizimdan foydalanish masalalari G.L.Abdulgalimov, N.A.Burmistrova, O.A.Kraynova, O.G.Smolyaninova kabi olimlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan.
Kompetentlik yondashuv pedagogik nazariya va ta’lim amaliyoti uchun prinsipial jihatidan qanday yangilik beradi?
Pedagogik nazariya va ta’lim amaliyoti uchun prinsipal yangiligi quyidagicha belgilash mumkin [8].




Download 71.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling