O’quvchilarni hamkorlikda ishlashga, ulardagi emotsional zo’riqishlarni bartaraf etishga doir trening mashg’ulotlari har bir mashg’ulot 4 bosqichdan iborat


Download 0.49 Mb.
bet6/11
Sana06.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1673290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
trening.mashklari

Mashq: «Quyoshli doira»
1-qism. Guruhning har bir ishtirokchisi qog’ozga Quyosh rasmini chizadi. Markazda o’z rasmini yoki ismini ifodalaydi. Quyosh nurlari orasida o’zining sifatlaridan ko’proq yozadi. Ular orasidan uchta eng yaxshi xislatni ajratishi lozim.
2-qism. Ilk o’spirinlar bir-birlaridan Quyosh rasmini kiyimlariga to’g’nag’ich bilan mahkamlab qo’yishni so’raydilar.
3-qism. Musiqa ostida ilk o’spirinlar xona bo’ylab ohista harakatlanadilar, bir-birlariga yaqinlashib, Quyosh nurlariga o’z xislatlarini yozadilar. Agar Quyosh nuri yetishmasa, yana chizadilar. Mashq bajarib bo’lingach, har bir ishtirokchi o’z varag’ini oladi va saqlab qo’yadi. Trener yakunlaydi «Bolalar, sizlarda qiyinchilik tug’ilgan bo’lsa, Quyoshingizni oling, u sizning qalbingizda yana iliqlik uyg’otadi».
Beshinchi mashg’ulot
Mashq: «Assalomu alaykum»
Ishtirokchilar xona bo’ylab erkin harakatlanadilar, bir-birlari bilan hol-ahvol so’rashadilar. Ularning biri o’ng qo’lini uzatadi, chap qo’li bilan salomlashayotgan ishtirokchisini qutlaydi.
Mashq: «O’rtaga vakil»
Tener ishtirokchilarga 5 minut vaqt ajratadi, bu vaqtda guruh a’zolari guruh vakiliga xos sifatlarni o’ylab chiqishlari lozim. So’ngra uch guruhga ajralib, vatman varag’i olib, «Bizning guruhimiz vakilining portreti» chiziladi.
Munozara va rolli o’yin
Birinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Men javobgarlikdan toliqdim. Nima qilish kerak?
Ikkinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Men shoshdim, boshqalar kuldi.
Uchinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Men o’zimni majburladim va nimadir bo’ldi.
Xayrlashuv rituali.
Trener mashg’ulot yakunlanganligini e’lon qiladi va ishtirokchilar aylana bo’lib o’tiradilar.
Trener: Biz ishimizni yakunlaymiz, hozir har bir ishtirokchi oldiga navbat bilan stul qo’yiladi, ular stulga o’zlari xohlagan o’ziga xos ko’rinishda o’tiradilar. Bunda ular muloqotga kirishishga yordam beruvchi biror sifatni aks ettirishlari lozim.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling