Oʼquvchilarni ishlab chiqarish amaliyotiga chiqarish toʼgʼrisida
Download 289.58 Kb.
|
Amaliyot buyrug\'i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аmaliyot rahbarlariga
Chоrtоq shаhri Buyruq № 103 o’ «6» dekabr 2022 yil “Oʼquvchilarni ishlab chiqarish amaliyotiga chiqarish toʼgʼrisida” BUYURАMАN: Oʼzbekiston Respublikasi oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standarti talablari asosida Chortok Аbu Аli ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida mavjud tayyorlov yoʼnalishlari boʼyicha kichik mutaxassislar tayyorlash oʼquv rejasiga muvofiq, belgilangan ishlab chiqarish amaliyotlarini davlat taʼlim standartlari asosida oʼtkazilishini taʼminlash maqsadida BUYURАMАN: 1.Texnikumning 3-bosqich, “Hamshiralik ishi” yoʼnalishi 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26-guruhlar, “Feldsher Аkusherlik ishi ” yoʼnalishi 10, 11, 12, 13, 14, 27-guruhlar va “Stomatalogiya ishi” yoʼnalishi 15, 16, 17- guruh oʼquvchilaridan quyidagilar V-semestrga belgilangan oʼquv soatlarni yakunlaganliklari va fanlardan (nazariy, amaliy) yakuniy nazoratlarni topshirib boʼlganliklari uchun 2022 yil 6 dekabrdan belgilangan kungacha ishlab chiqarish amaliyotiga chiqarilsin. (Ishlab chiqarish amaliyotiga chiqarilgan oʼquvchilar roʼyhati ilova qilinadi) 2. Korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan oʼquvchilar 1-ilovaga muvofiq amaliyot oʼtkazuvchi korxonalardagi (KTMP, OP, OShP) larga hamda 21 nafar o’quvchi Namangan viloyati Bog’i shamol ko’chasi 1-uyda joylashgan<< MERI MED>> FARM MCHJga 3-bosqich bo’lim boshlig’i Raxmanov Izzatilla ma’sulligida yuborilsin. 3. Chortoq tibbiyot texnikumi oʼquvchilari 2-ilovaga muvofiq shartnoma shartlarini bajarmaganligi, nazariy va amaliy fanlardan yakuniy baxolarini olmaganliklari sababli ishlab chiqarish amaliyotiga yuborilmasin.. 4. Аmaliyotga chiqarilgan oʼquvchilar uchun 3-ilovaga muvofiq amaliyot rahbarlari ishga qabul qilinsin va o’quvchilarga biriktirilsin. (Umumiy, uslubiy va bevosita amaliyot rahbarlari roʼyhati ilova qilinadi) 5. Аmaliyot rahbarlariga: - oʼquvchilarni amaliyot oʼtash joylariga borish kelish va amaliyot jarayonida mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligiga rioya qilish boʼyicha yoʼriqnomalar berib borish, - oʼquvchilarni oʼquv rejalarida belgilangan soatlarga moʼljallab davlat taʼlim standartlari talablari asosida, korxonani ichki imkoniyatlarini xisobga olib ishlab chiqilgan dastur asosida amaliyotni yuqori saviyada oʼtilishini taʼminlash, - korxona xodimlari bilan hamkorlikda oʼquv tarbiyaviy ishlarni olib borish, - oʼquvchilarni amaliyot kundaliklari bilan taʼminlash, ularni toʼldirib borilishini nazorat qilish, xafta davomida amalga oshirgan ishlari boʼyicha xisobotlarini qabul qilib borish - Oʼquvchilarni korxonalarda amaliyot oʼtashlari boʼyicha monitoringini oʼtkazish va raxbariyatga xisobot berib borish 6.Texnikum xisobxona boʼlimiga amaldagi qonunlar asosida umumiy, uslubiy va bevosita raxbarlarga oylik ish xaqlari xisob kitob qilib borish yuklatilsin. 7. Ushbu buyruq ijrosining nazorati texnikumning kasbiy taʼlim boʼyicha direktor oʼrinbosari vvb: R. Sodiqov zimmasiga yuklatilsin. Download 289.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling