O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


Download 414.05 Kb.
bet46/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

Mashg‘ulotning borishi:
1-mashq: “Orzularingiz va maqsadlaringiz nima?”
Ba’zan biz o‘zimiz istagan narsani tasvirlashda, unga yetishish uchun nimadan voz kechishimiz kerakligini hayolimizga ham keltirmaymiz. Ushbu mashq sizga aynan shu haqida o‘ylay boshlashingizga mo‘ljallangan:
-Keyingi oyda, kelgusi yilda va besh yil ichida bajarishni istagan maqsadlar haqida o‘ylab, jadvalni to‘ldirishlari mumkinligini aytib o‘ting
•Shu bilan birga, ular o‘zlari voz kechishlari kerak bo‘lgan narsalarni yozadilar
•Ular o‘z yozganlari bilan bo‘lishishlari shart emas
"Biron narsadan voz kechish" deganda biz vaqt, sayohat qilish, hayot qulayliklari, ba’zida pul, munosabatlar, tungi uyqu, do‘stlar bilan uchrashish, video o‘yinlar o‘ynash, o‘zingizga bo‘lgan ishonch va shu kabi boshqa narslarni ko‘zda tutamiz. Bu moddiy yoki nomoddiy bo‘lishi mumkin”.
•Vazifani bajarish uchun o‘quvchilarga 5-10 daqiqa vaqt bering
•Ular boshqalar bilan bo‘lishilari shart emas - bu mashg‘ulot ularni o‘zlari istagan maqsadga qanday erishishlari mumkinligi haqida o‘ylashga undashdan iborat.
2-mashq: “Maqsadlarni samarali belgilash”.
Ba’zan o‘z istklarimiz haqida gapirganimizda bu bo‘yicha yetarli tafsilotlarni taqdim etmaymiz. Bizda “juda ko‘p pul”, “ajoyib yor” yoki “baxt” kabi umumiy yoki noaniq tushunchalar mavjud. Ushbu maqsadga erishish uchun biz yanada aniqroq va batafsilroq bo‘lishimiz kerak. E’tiborimizni muayyan jihatlarga qaratish orqali biz muhim aloqalarni, shuningdek, turli jihatlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rishni boshlashimiz mumkin.
Biz maqsadga erishish uchun nima qilishimiz kerakligini bilib olamiz. Biron bir "rejasiz", biz ko‘zlagan maqsadga erishishda omadga tayanamiz - ammo, bu bizning maqsadimizga erishish imkoniyatlarini kengaytirmaydi. Aniq maqsadni belgilay bilish juda muhim hayotiy ko‘nikmadir.
Bugun biz barcha tafsilotlarni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish va maqsadni aniq uslubiy ravishda belgilash orqali o‘z orzuingizga yetishish imkoniyatlaridan foydalanishni mashq qilamiz.
•Flipchartga yoki doskaga “Men universitetda o‘qishni istayman” deb yozing va ayting: "Men universitetda o‘qishni istayman" - bu yaxshi maqsadmi? (Bir necha javobni tinglang.). Buni orzu qilish juda yaxshi, lekin bu uni qanday amalga oshirish haqida hech qanday tushuncha bermaydi. Aniq yozib olingan maqsad o‘zingiz istagan narsaga qachon va qanday erishish yo‘lini ko‘rsatishi mumkin.”
• “Myen 22 yoshga to‘lgunimcha davlat universitetining qishloq xo‘jaligi bo‘limida kamida 2 yil o‘qiyman” deb yozing.
Mana shu maqsadning yana bir ko‘rinishi
“Men 22 yoshga to‘lgunimcha davlat universitetining qishloq xo‘jaligi bo‘limida kamida 2 yil o‘qiyman”- istagi nima uchun yaxshiroq maqsad sanaladi?
•Mumkin bo‘lgan javoblar quyidagilardan iborat: bu yerda odam nimani o‘rganishi, qayerda va qancha vaqt o‘qishi va qachon universitetga kirishi ko‘rsatib o‘tilgan.
•Ishtirokchilarni uchdan beshgacha a’zosi bo‘lgan guruhlarga bo‘ling.

Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling