O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


-Mavzu: “Qaror qabul qilish”


Download 414.05 Kb.
bet48/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

13-Mavzu: “Qaror qabul qilish” (Soft skills)

Mashg‘ulotlar maqsadi:
O‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
•Yuragingiz, ongingiz, ijtimoiy ta’sirlar va maqsadlaringiz asosida qaror qabul qilish o‘rtasidagi farq
•PAUSE deb nomlangan qaror qabul qilish jarayoni
•PAUSE qarorlarini ыabul ыilish bosыichlarini gipotetik va real vaziyatlarda qo‘llash
Mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan jihozlar:
•O‘qituvchi o‘quvchilarni joylashtirishni rejalashtirib qo‘yishi zarur bo‘lib (mashg‘ulot ko‘rsatmalariga qarang), buning uchun "bu yerda o‘tirmang", "band qilingan" va hokazolarni bildiruvchi belgilardan foydalanish talab etiladi.
•Guruh qoidalari aniq yozilgan plakat
Mashg‘ulotning borishi:
-Bugungi mashg‘ulot avvalgilaridan sezilarli darajada farqlanadi. Ishtirokchilar tayyor bo‘lishlari bilan siz tajriba boshlashingiz mumkin.
1-mashq: “Orzularingiz va maqsadlaringiz nima?”
•O‘rindiqqa tosh qo‘yilgan kursi.
•Sinf markazida yoki oldingi qatorda joylashtirilgan kursi
• “Zaxiralangan”, “bu yerda o‘tirmang” yoki “bu kursini band qilmang” yozuvli kursilar
•Burchakda yoki chekkada va mashg‘ulot maydoni tashqarisiga qarata joylashtirilgan kursi
•Ishtirokchilarga odatdagidek kirishlari va o‘tirishlariga ruxsat bering.
•Qanday qilib ko‘p hollarda o‘ylamasdan qarorlar qabul qilishimizga e’tibor qarating.
Boshlovchi: “Biz har kuni nima yeyishdan tortib, nima kiyim kiyishgacha hamda qaysi do‘stlarimiz bilan vaqt o‘tkazish kabi son-sanoqsiz qarorlar qabul qilamiz. Qaror qabul qilish bizning kundalik hayotimizning shu qadar ko‘p qismini qamrab oladiki, ko‘pincha biz bironta qaror qabul qilganimizni xayolimizga ham keltirmaymiz. Aslida, men xonaga kirganingizdan so‘ng ko‘pchiligingiz o‘zingiz anglamagan holda qaror qabul qilganingizni ko‘z oldimga keltira olaman. Masalan, toshlar qo‘yilgan kursi.
Nima uchun unga hech biringiz o‘tirmadingiz?”
Extimoliy javob: “U noqulay yoki kir ko‘rinadi”.
Mantiqiy sabablar borki, hech kim ustiga tosh qo‘yilgan kursiga o‘tirishni istamaydi.
-Nima uchun hech kim oldinda turgan kursiga o‘tirishni istamadi?
Extimoliy javob: “Barcha menga qarab o‘tirishini istamayman”.
Diqqat markazida bo‘lish kimgadir noqulaylik tug‘dirishi mumkin, shuning uchun bu erda o‘tirmaslikni tanlashga hissiy sabablar bor.-
Boshqa kursi ustiga zaxiralangan yozuvi qo‘yilgan.

Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling