Tizim quyidagi ravishda ishlaydi:
1.Vazifani belgilang.
2.Taymerni o‘rnating (odatda 5 daqiqaga).
3.Bu vaqt ichida topshiriq ustida ishlang.
4.Taymer jiringlaganda ishni tugatib, qog‘ozga belgi qo‘ying.
5.Agar sizda 4 tadan kam belgi bo‘lsa, qisqa tanaffus qiling (3-5 daqiqa), keyin 2-bosqichga qayting.
6.4 ta pomodoradan so‘ng uzoqroq tanaffus qiling (10 daqiqa). Belgilashlar sonini 0 ga qaytaring va jarayonni qayta boshlash uchun 1-bosqichga o‘ting.
“Pomodoro uslubi” bu ishga sarflangan vaqt oralig‘idir. Vazifalar bajarilgandan so‘ng taymerda qolgan har qanday vaqt ortiqcha ishlashga sarflanadi - siz ishni erta yakunlay olmaysiz! Mazkur usulning maqsadi - ichki va tashqi omillarning e’tiborga ta’sirini kamaytirishdan iboratdir. Pomodoro vaqtida fikringizni bo‘lslar ham, buni e’tiborsiz qolidirishingiz lozim - yoki barcha ishni yangidan boshlashingizga majbur bo‘lasiz!
•Mashg‘ulotga keltirgan oddiy oshxona taymerini olib, ularga 5 daqiqa (“mini-pomoda”) vaqt berishingizni va bunday qisqa vaqt ichida ular qancha ish bajara olishlarini ko‘rishlari mumkin ekanligini tushuntiring
•Agar ular erta tugatsalar, orqaga qaytib, ishlarini ikki marta tekshirishlari va yoki qayta o‘qib chiqishlari lozim. Ular 5 daqiqa tugagunga qadar ishlashni davom ettirishlari shart.
• “Boshlang!” va “To‘xtang!” deyishni unutmang
19-Mavzu: “Barqarorlik” (Soft skills)
Mashg‘ulotning maqsadlari:
O‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
•Impulslarni kechiktirish uchun uzoq muddatli fikrlashni qanday qo‘llashni bilib olish va bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarga e’tibor qaratish
•Qisqa muddatli (impulsiv) fikrlashdan uzoq muddatli fikrlashni (barqaror fikrlash) farqlay olish.
•Barqarorlik haqida o‘qing va ular mashg‘ulotlar davomida barqarorlik bo‘yicha olgan ko‘nikmalarni aniqlang,
•So‘nggi 8 hafta ichida ularning xulq-atvori, munosabati va bilimlari qanday o‘zgarganligi haqida misollar ustidan fikr yuriting; o‘z misollarini sinfga taqdim etsinlar
Do'stlaringiz bilan baham: |