3.Xulosa. Taklifingizga xulosa yasang. Auditoriyaga siz qo‘ygan maqsadni tushungan kishilarga qaragandek murojaat qiling.
4.Savollarga javoblar. Qarama-qarshiliklarni bartaraf eting. Taklifingizni afzal tomonlarini yana bir bor qaytaring.
Taqdimotning asosiy qismi
Kirish
-murojat
-tanishtirish
-yoddan birinchi so‘zlar
-taqdimot maqsadi
-ritorik savollar
|
Asosiy qism
-uchta qism
-uchta asosiy tezis
-ishontirish modeli
-faktlar, statistik ma’lumotlar, misollar
|
Xulosa
-asosiy xulosalar
-harakatga undash
-minnatdorchilik bildirish
|
Savol-javoblar
-qiyin savollar
-siz bilmaydigan narsalar
-kutilgan savollar
|
O‘z haqingizda yaxshi fikrni uyg‘otish texnikasi
O‘zingizni erkin tuting. Agarda siz o‘zingizni noqulay sezsangiz o‘z haqqingizda birinchi tasavvurni buzib yuborasiz. Biroq odobsiz bo‘lmang. Haddan tashqari jiddiy bo‘lishga harakat qilmang. Ishtirokchilar buni darrov sezishadi. Doimiy ravishda tinglovchilar bilan qiziqib qolganingizni namoyish eting. Lekin oshirib yubormang. Umumiylikni qo‘llab-quvvatlang. Taqdimotingizni barchaga ma’qul keladigan tartibda o‘tkazishga harakat qiling. Auditoriya bilan taqdimotchi o‘rtasida umumiy qiziqishlar bo‘lsa taqdimot yaxshi o‘tadi.
Taqdimotchining vazifasi – uning so‘zini eshitishlari uchun barcha sharoitlar yaratishdir.
Tinglovchilarni qo‘llab-quvvatlang, ularni sitqidildan maqtang.
Maqtov hammaga yoqadi. Birinchi galda ishtirokchilarning sizga yoqqan jihatlariga e’tibor bering. Ular yutuqlari haqida gapiring. Ko‘proq kompliment ayting. Ishtirokchilarni maqtasangiz ular aynan siz tasvirlab bergan kishilarga o‘xshashga harakat qiladilar. Har qanday suhbat, jiddiy uchrashuv yoki taqdimotni ishtirokchilarga kompliment (maqtov) aytib boshlash maqsadga muvofiqdir. Ammo ularni avval tayyorlab qo‘yganingiz ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |