Umumlashtiruvchi baholashni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor berish
lozim:
–Ta’lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun o‘tkazilishi
haqida ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Bu uning
baholashga tayyorgarlik
ko‘rishiga olib keladi;
-baholashni o‘tkazish shartlari unga jiddiy yondashishga;
-baholash o‘tkazish sharoitida ta’lim oluvchi o‘zini
erkin tutishi va
noxushlik his etmasligiga imkoniyat yaratish kerak;
-baholovchi va ta’lim
oluvchi baholash nima maqsadda,
u qachon, kim
tomonidan va qanday o‘tkazilishini bilishlari muhim ahamiyatga egadir;
-qo‘yilgan baho o‘quv natijasiga qay darajada erishganlikni tushunish va uni
mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir;
-ta’lim oluvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi
lozim;
-rejalashtirilmagan baholashni o‘tkazish maqsadga muvofiq emas.