O‘quvchilarni kompetensiyalarini baholash, natijalarini tahlil qilish Reja


Download 496.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana28.12.2022
Hajmi496.28 Kb.
#1008947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fquixneiBK7Sg5NXaIICtHVLPzmoIih8AqWJeob0

Boshlang‘ich baholash: ta’lim jarayoni boshida ta’lim o‘quvchilarning 
dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi Bunday 
baholash natijalari talim jarayonining mazmuni va metodlari, shakllarini tanlash 


imkonini beradi.
Joriy baholash: muntazam ravishda o‘tkazilib boriladi. U ta’lim 
jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini tezkor aniqlab 
borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi 
o‘rtasidagi qayta aloqani ta’minlash imkonini beradi. 
Yakuniy baholash: ta’lim oluvchining ta’lim jarayonining ma’lum 
davridagi o‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob 
berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichi 
yakunida o‘tkaziladi.
Summativ baholash: muayyan o‘quv davri (chorak, o‘quv yili) oxirida, 
shuningdek, o‘quv rejasiga muvofiq amalga oshiriladigan baholash turi Oraliq 
nazorat, yakuniy nazorat, bosqichli imtihon va yakuniy davlat attestatsiyalari 
misol bo‘la oladi. Yakuniy baholash o‘quvchining o‘quv maqsadiga va kerakli 
milliy 
standartlarga 
tegishli 
vaqt 
bosqichining 
so‘nggida 
erishgan 
muvaffaqiyatlarini o‘zida umumlashtiradi. Baholash mavzuning, chorakning yoki 
yarim yillikning, yil va asosiy bosqichning oxirida, o‘quv 
dasturlariga mos 
topshiriqlar yordamida o‘tkazilishi mumkin. Summativ baholash yozma, test, 
nazorat ish, suhbat yoki amaliy topshiriq shaklida bo‘lishi mumkin.
Qanday 
usuldan foydalanilsa ham,
baholash muvaffaqiyatga erishiganligini ko‘rsatadi. 
Odatda, summativ baholashda diqqat bir odamga emas, aniq bir jamoaga 
aralashuvga ta’sir qilish sifatida o‘lchanadi. U o‘qituvchilarga, maktab 
ma’muriyatiga va ota-onalarga ta’lim standartlarni qanoatlantirish uchun 
foydalaniladigan materiallarning, o‘quv dasturlariga muvofiqligini baholashga 
imkon beruvchi mustaqil mezon sifatida foydalaniladi. Baholash uning 
mohiyatidan kelib chiqib 2 xil shaklda o‘tkazilishi mumkin:
1.Mezonga asoslangan baholash 
2.Meyorga asoslangan baholash

Download 496.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling