O‘quvchilarni kompetensiyalarini baholash, natijalarini tahlil qilish Reja
Download 496.28 Kb. Pdf ko'rish
|
fquixneiBK7Sg5NXaIICtHVLPzmoIih8AqWJeob0
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy baholash
- Yakuniy baholash
Boshlang‘ich baholash: ta’lim jarayoni boshida ta’lim o‘quvchilarning
dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi Bunday baholash natijalari talim jarayonining mazmuni va metodlari, shakllarini tanlash imkonini beradi. Joriy baholash: muntazam ravishda o‘tkazilib boriladi. U ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini tezkor aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi qayta aloqani ta’minlash imkonini beradi. Yakuniy baholash: ta’lim oluvchining ta’lim jarayonining ma’lum davridagi o‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. Summativ baholash: muayyan o‘quv davri (chorak, o‘quv yili) oxirida, shuningdek, o‘quv rejasiga muvofiq amalga oshiriladigan baholash turi Oraliq nazorat, yakuniy nazorat, bosqichli imtihon va yakuniy davlat attestatsiyalari misol bo‘la oladi. Yakuniy baholash o‘quvchining o‘quv maqsadiga va kerakli milliy standartlarga tegishli vaqt bosqichining so‘nggida erishgan muvaffaqiyatlarini o‘zida umumlashtiradi. Baholash mavzuning, chorakning yoki yarim yillikning, yil va asosiy bosqichning oxirida, o‘quv dasturlariga mos topshiriqlar yordamida o‘tkazilishi mumkin. Summativ baholash yozma, test, nazorat ish, suhbat yoki amaliy topshiriq shaklida bo‘lishi mumkin. Qanday usuldan foydalanilsa ham, baholash muvaffaqiyatga erishiganligini ko‘rsatadi. Odatda, summativ baholashda diqqat bir odamga emas, aniq bir jamoaga aralashuvga ta’sir qilish sifatida o‘lchanadi. U o‘qituvchilarga, maktab ma’muriyatiga va ota-onalarga ta’lim standartlarni qanoatlantirish uchun foydalaniladigan materiallarning, o‘quv dasturlariga muvofiqligini baholashga imkon beruvchi mustaqil mezon sifatida foydalaniladi. Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib 2 xil shaklda o‘tkazilishi mumkin: 1.Mezonga asoslangan baholash 2.Meyorga asoslangan baholash Download 496.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling