O‘quvchilarni kompetensiyalarini baholash, natijalarini tahlil qilish Reja


Baholash mezonlari bilan ishlash ketma-ketligi quyidagi bosqichlarni


Download 496.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana28.12.2022
Hajmi496.28 Kb.
#1008947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fquixneiBK7Sg5NXaIICtHVLPzmoIih8AqWJeob0

Baholash mezonlari bilan ishlash ketma-ketligi quyidagi bosqichlarni 
o‘z ichiga oladi: 


1. Baholash mezonlarini ishlab chiqish (o‘qituvchi yoki o‘quvchilar bilan 
birgalikda amalga oshiriladi). 
2. Ishni boshlashdan oldin o‘quvchilarga mezonning mazmunini taqdim 
etish va kerak bo‘lganda tushuntirish. 
3. Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida ishlarni bajarish. 
4. Ishning taqdimoti (o‘qish, qayta hikoya qilish, savollarga javob berish, 
taqdimot va h.k). 
5. O‘qituvchi, o‘quvchilar tomonidan o‘quvchilar ishini baholash 
mezonlariga muvofiq baholash (o‘zini o‘zi baholash, o‘zaro baholash). 
O‘quvchilarning o‘z bilimlarini o‘rganish jarayonida faol ishtirok etishining 
yana bir yo‘nalishi o‘qituvchining o‘qitish usullarini to‘g‘ri tanlashidir. O‘qitish 
texnikasi o‘qitish xususiyatlari bilan belgilanishi mumkin, bu muammoli 
vaziyatlarni belgilash, yoki aniq maqsadlarga erishish uchun o‘quvchilarning 
harakatlarini batafsil rejalashtirish va h.k. 
O‘qituvchining o‘yin, izlash, muammoli metodlardan foydalanishi 
o‘quvchilarni o‘quv jarayoniga faol jalb qiladi, bu ularga yuqori sifatli ta’lim 
natijalariga erishishga yordam beradi. 
O‘qitish jarayonini o‘zgartirishni baholash. Formativ baholash oraliq 
natijalar asosida o‘qituvchi o‘z faoliyati bilan bir qatorda o‘quvchilar faoliyatiga 
ham tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi. Sinfdagi o‘qituvchilar faoliyatini 
to‘g‘rilash va rivojlanish mashqlaridan foydalanish o‘quvchilarning yutuqlarini 
yaxshilashga yordam beradi. 
O‘quvchilar tomonidan o‘quv materialini maksimal darajada tushunishni 
ta’minlash uchun o‘qituvchi har doim o‘ziga quyidagi savollarni berishi kerak. 
- Hozir qaysi o‘quvchi mening e’tiborimga ko‘proq muhtoj? 
- Qaysi o‘quvchilarga materialni tushuntirishda boshqacha yondashuv, 
boshqa o‘qitish texnikasi yoki boshqa topshiriq kerak? 
- Qaysi o‘quvchilar yangi materialni o‘rganmayapti? 
1–misol. O‘qituvchi uchta mezon bo‘yicha o‘zaro baholashni kuzatish 
asosida (“O‘quvchi teatri” mashqlari) 25 o‘quvchidan 10 nafari o‘z ssenariylarini 
ifodasiz o‘qiganligini, 7 o‘quvchi o‘qish paytida tinish belgilariga ahamiyat 
bermaganligini aniqladi. 
O‘qituvchi ushbu mashq quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga olgan tayyorgarlik 
ishlarini talab qiladi degan xulosaga keldi. 
1. O‘qituvchi va o‘quvchilar “O‘quvchi teatri” mashqini baholash 
mezonlarini yana bir bor ko‘rib chiqadilar. 
2. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan ifodali o‘qishda tinish belgilariga rioya qilish 
qoidalarini takrorlaydi. 
3. O‘qituvchi o‘quvchilarga ikkita mezonga muvofiq namunaviy o‘qishni 
namoyish etadi. 
4. O‘quvchilar rollar bo‘yicha juftlikda o‘qiydilar. Matnni o‘qib bo‘lgach, 
O‘quvchilar bir-birlariga ikkita mezon bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildiradilar. 
5. O‘qituvchi o‘tgan darsda qiyinchiliklarga duch kelgan 17 o‘quvchining 
ishini nazorat qiladi va natijalarni yaxshilash uchun qo‘shimcha topshiriqlar beradi. 



Download 496.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling