O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi turlaridan foydalanish imkoniyatlari
Download 280,01 Kb. Pdf ko'rish
|
oquvchilarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda xalq ogzaki ijodi turlaridan foydalanish imkoniyatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ALPOMISH” DOSTONI
- TOPISHMOQLAR
- TEZ AYTISHLAR
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1
foydalanish imkoniyatlari L. Berdiyeva Pedagogika –psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi o’qituvchisi
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab o’tgan vaqt mobaynida o’zbek xalqi siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Ba’zan tezlik bilan o’zgarayotgan dunyo qiyofasini oldindan bashorat qilish mumkin bo’lgan bir davrda, xalqimiz ertangi kuniga ishonch bilan intilayotgan, to’g’ri tanlangan taraqqiyot yo’li ilk samarasini ko’rsatayotgan, yangicha tafakkur, g’ayrat va shijoat bilan yangi avlod vakillari maydonga kirib kelayotgan O’zbekiston zaminida mustaqillikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyotni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni asrab – avaylashga ma’naviy tarbiyaning ahamiyati yanada kuchaymoqda. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek:“…. Inson yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xalqi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog’lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog’liqdir”. Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va tashqi olami mavjud. Tashqi olami uning bo’y–basti, ko’rinishi, kiyinishi va hatti–harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu–istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shunday ichki olami ma’naviyatdir. Ma’naviyat va axloq bir- biri bilan bog’liq bo’lib bir-birini to’ldiradi.
2 Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi O’zbekistron Respublikasi milliy istiqlol mafkurasiningf asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi. Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi.
Ma’naviyat- shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir. Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” – ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra iltimoiy taraqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi. Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo’nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi. Jamiyat ma’naviyatini shakllantiruvchi omillar: madaniyat, ma’rifat, mafkura. Madaniyat (“cultura”- so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar majmui. Ma’rifat- shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim va tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish, ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi. Mafkura (arabcha- “mafkura”-nuqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar majmui. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat ma’naviyati yuksaladi.
3 Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekistron Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “ Bu sohadagi asosiy vazifamiz –milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni aniqlash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash, o’zligimizni anglash”.
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma’lum hatti- harakatlar, qoidalar yig’indisidir. Axloq odamlarning bir- birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga, ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlariga munosabatini muayyan tartibga solinadigan hatti – harakat qoidalari tizimida namoyon bo’ladi. Odob- odamlarning jamoat, el-yurt orasida o’zini tutishi, boshqalar bilan qay yosin muomalada qilishi, o’z turmush, bo’sh vaqtini qanday tashkil etish, xullas, shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish- turishi, hatti – harakatlari qanday bo’lishi lozimligi xususida bahs etadi. Aniqrog’i, axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa, odob shaxsning ko’zga tashlanayotgan mulozamati, xulq- atvori, muomala munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi. Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo’l tutish kerakligini yaxshi o’ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o’z qoidalarining odat tusiga kirishini, ya’ni har qanday vaziyatda shu odatni namoyon qilishini taqozo etadi. Har bir odam xususida, odatda, uning faoliyatiga va ishi axloq talablariga, turmush qoidalariga, jumladan, davlat qonunlariga muvofiq yoki xilof ekanligiga asoslanib muayyan fikr yuritiladi. Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo’lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo’lgani kabi uning axloq – odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki, shaxsning zohiriy va botininy olamin, ayniqsa, qalb olamini o’rganish, bilish, tahlil etish g’oyatda qiyin. Bu ruhiyat bilan bog’liq holatdir. Axloqli, odobli komil insongaodamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr- muhabbat, rahm- shafqat, adolat, diyonat, hayo, iffat, vafo, sadoqat, himmat, 4 saxovat, iymon, e’tiqod kabilar mujassam bo’ladi. Ayni holda shu xislatlarning aksi- beburd, axloqsiz kishilar fe’lida ko’rinadi. Prezident I.Karimov mustaqilligimizning dastlabgi yillaridan boshlab axloq tarbiyasiga alohida e’tibor qaratdilar. Shu bilan birgalikda, ta’lim tizimini isloh etish masalariga diqqat qaratib kadrlar tizimining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillarini belgilab berar ekanlar, o’quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonli munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashni asosiy vazifalardan biri sifatida ko’rsatib o’tdi. Shuningdek, Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida “ Biror, bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongiga ma’naviy–axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”, - degan edi. “Ma’naviyat- insonni ruhan yuksalish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki olamini, irodasini baquvvat, iymon- e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch va uning barcha qarashlarining mezonidir ” 1
bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarda xazinasida saqlanayotgan ming- minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo, astrronomiya, me’morchilik sohalariga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalaik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan – kam topiladi. Tarixiy yodgorliklar namunalari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ularda ifoda etilgan teran fikr va g’oyalar, ma’naviy- axloqiy qarashlar, hayot falsafasi bizni bugungi zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganiga amin bo’lamiz.
1
.
5 Asrlar davomida axloq-odob mavzusida qanchadan-qancha kitoblar, hikmatnomalar, ibratli rivoyatlar yaratigan. Qadimgi faylasuflar, donishmandlar axloq-odobga juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori deb ataganlar. Shuning uchun ham jamiyat a’zosining xulqi- odobiga alohida e’tibor berilishi bejiz emas. Bu meros namunalari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ularda ifoda etigan teran fikr va g’oyalar, ma’naviy-axloqiy qarashlar bugungi zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Misol uchun eng qadimiy, eng navqiron “Avesto”ni olib ko’raylik.Uning tub mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal ” degan tamoyilini oladigan bo’lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal, so’z va ish birligi jamiyat hayotining ustuvor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechog’liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e’tiborlidir. “Bu nodir kitob bundan o’ttiz asr muqaddam ikki daryo oralig’ida mana shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy – tarixiy merosidir”- deb ta’kidlagan edi Prezident I. Karimov. 2
bilan uyg’unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchars bog’liq holda ko’rsatilganligi ko’p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyosini shakllantirishda atrof – muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli tra’sir o’tkazib kelganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb etadi. “Avesto” o’zbek, umuman O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrlardagi hayoti, dini, tasavvurlari, ma’naviyati, madaniyatini o’rganishdagi muhim manba. “Avesto” dan quyidagi namunalarni keltiramiz: - Tarbiya hayotning muhim tirgagi (tayanchi) - Yaxshilik va ezgulik urug’ini yaratish uchun, kishi noz – ne’matlarni o’zi yaratishi lozim
2
6 - Ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishlar bilan ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishni alqayman. O’zimni bari ezgu o’ylarga, ezgu so’zlarga, yaxshi ishlar amaliga baxshida qilaman. Barcha yomon o’ylardan, yomon so’zi yomon ishlardan yuz o’giraman. Xalq og’zaki ijodida ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishi O’zbek xalq ijodi qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo tushunchadir. U xalqning paydo bo’lishi bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi. Unda xalqning orzu-umidlari, qarashlari, hayoti keng bayon etiladi. O’zbek xalq og’zaki ijodi namunalaridan maqol, topishmoq, tez aytish, qo’shiq, ertak, dostonlarda bola tarbiyasining ma’lum bir xususiyatini o’zida aks etadi. Doston–qissa, hikoya, ta‘rif, sarguzasht ma‘nolarini anglatadi. U keng tarqalgan etnopedagogik janr bo’lib, xalqning ma‘naviy-maishiy qiyofasi, kurashi, axloqiy-estetik qarashlari, adolat, ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, do’stlik kabi tarbiyaviy sifatlarni targ’ib etadi. Dostonlarda komil shaxs tarbiyaviy sifatlari umumlashgan holda beriladi. Oliy insoniy sifatlar bo’rttiriladi. Shuning uchun tinglovchida doston qahramonlaridan o’rnak olish hissi tug’iladi. Dostonlarni baxshilar kuylashadi. “Baxshi” mo’g’ulcha va buryatcha “baxsha”, “bag’sha” so’zlaridan olingan bo’lib, “ustod”, “ma‘rifatchi” degan ma‘nolarni anglatadi. Yoshlarni mardlik, halollik, jasurlik ruhida tarbiyalashda , ma’nan pok va barkamol qilib voyaga yetkazishda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “ALPOMISH” DOSTONI bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga. O’z yurtini, oilasi, qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti, or- nomusini, ota- bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzlardan saqlashga, ma’naviy- axloqiy pok bo’lishga o’rgatadi. “Alpomish”dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning yorqin namunasi bo’lib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur ekani, xalqimiz qanday muhitda shakllanib, rivojlangani, qiyinchiliklarni qanday yengib chiqqanini yorqin tasvirlab beradi.
7 Biz “Alpomish” timsolida ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning qay darajada ekanligini, ma’naviy barkamol axloqan pok, vijdonli o’g’lonlarimizning qiyofasini ko’ramiz. O’zbek xalq og’zaki ijodida dostonlardan tashqari MAQOLLARning o’rni beqiyosdir. Maqollar odamlarning hayoti va turmushi jarayonida to’plagan tajribalari, dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabati, o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va orzularini ifodalaydi. So’z san’atining mahsuli sifatida maqollar ifodalanadi. Maqollar xalq og’zaki ijodining bir turidir. Maqollarda xalqning turmush davomida to’plagan tajribalari natijasida yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan. Alisher Navoiy o’zining ijodiy faoliyatida xalq og’zaki ijodini o’rganib, kishilar hayotida maqolning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida to’xtalib shunday baytni yozadi: Kishiga necha mushkul hol, Hikmatu aql anga erur halol. Kimki bilay desang maqolin angla, Asli bilay desang oni angla. Rus yozuvchisi L.N. Tolstoy maqollarni xalq orasida naqadar yuksak qadr- qimmatga ega ekanligiga to’xtalib shunday deydi: “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko’raman”. “Maqol” atamasi arabcha “kavlun” – gapirmoq, aytmoq so’zlaridan olingan bo’lib, ommaning muayyan voqea-hodisalar, voqelik haqidagi lo’nda xulosalarini ifodalaydi. Ularda fikr aniq, muayyan mantiqiy izchillikda, ba‘zan to’g’ri, ba‘zan ko’chma ma‘noda ifodalanadi. Maqollardagi berilgan fikrlar faqatgina bitta shaxsga tegishli emas, balki keng xalq ommasiga qaratilgan. Maqollar ixcham, lekin mazmuni bir olam. Maqollarda xalqning orzu-umidlari, ma’naviy-axloqiy qarashlari, muhabbat va nafrat, tarbiyaning barcha qirralari ifodalanadi. Shuning uchun ham bola tarbiyasida, xususan axloq- odobiga ijobiy ta’sir etadi. * Odob – kishining zebu ziynati * Odob – oltindan qimmat
8 * Bola aziz - odobi undan aziz. * Odob bozorda sotilmas. * Odobni beodobdan o’rgan. * So’z kishining o’zagi, * Odob kishining bezagi. Yaxshi boladan rahmat,
Yomon boladan la’nat.
Buzishga o’rganma, tuzishga o’rgan. Yaxshi bola nom keltirar, Yomon bola g’am keltirar. Onangni boshingni xam qil, Otangga gapingni bosh qil. Odobli kelinning supurgisi xashak ostida turar. Yaxshi xulq – kishining husni.
Tegmaganga tegmagin.
Rohatini ko’rgan azobiga chidaydi. Otasi siylamaganni bolasi siylamas.
Elning mehri qochar. Folklor materiali bo’lgan maqollarda bolalarni barkamol qilib tarbiyalashning usul va vositalari uyg’unlashadi. Maqollarda pand-nasihat, eslatish, rag’batlantirish, ogohlantirish kabi metodlardan foydalaniladi.
Topishmoq–deb, bir-biriga o’xshash ikki predmetdan jumboq yasalib, ikkinchisiga xos o’xshash belgilar asosida uni topishga mo’ljallangan she‘riy yoki nasriy topshiriqqa aytiladi. Masalan: “Bir parcha patir, olamga tatir” topishmog’ida eng to’yimli ozuqa – patir “Oy” ga o’xshatilgan. Oy ham go’zal, tunda olamni
9 munavvar qiladi. Topishmoqlarning mazmunidan kelib chiqqan holda ularda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishini o’rganishimiz mumkin: 1. Tom ustida bir anor, hadding bo’lsa ushlab ol. 2. Uzoq tog’da o’t yonar. 3. Uxlab yotar kunduzi, Shomda ochilar ko’zi. 4. To’rt oyoqli, temir tuyoqli. 5. Ustida bukrisi bor, Oyoqda tuflisi bor. 6. Soqoli bor, aqli yo’q.
8. Kichkinagina bo’yi bor, qo’ng’irgina to’ni bor. 9. Do’stim sherik bo’ladi, uyni qo’rib turadi. 10. Uyday joyda yotadi, sichqon ko’rsa qochadi. 11. Tuya desam, kattakon, Usti keng-u, bir makon. 12. Tokchama-tokcha, Azamat xo’ja. 13. Suv tagida oltin baldoq. 14. Emaklagan toshni ko’rdim, Toshdan chiqqan boshni ko’rdim. 15. Ovoz berar azonda, mazasi bor qozonda. 16. Xafa bo’lsa, koptok bo’lib, Igna ko’rpa yopadi. Zumda ko’z ochib kulib, ilgarilab chopadi. 17. Makonidir dalalar, pushtalarda bolalar, To’ni yo’l-yo’l beqasam, go’shti suvli va asal (tarvuz) 18. Bo’lar sariq yo qizil, Yer tagida yetilar. Tupida yakka hosil, Sochi yashil, selkilar.
Ertaklarda mo’jiza yoki sarguzasht ma’lum voqea-hodisalarni hayot bilan bog’lab, haqiqat, ozodlik, to’g’rilik, odamiylik, oliyjanoblik g’oyalarini targ’ib etadi. Shuning uchun ular bolani o’ziga ko’proq jalb etadi. Ertaklar ham didaktik, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Jumladan: “Chol bilan kampir”,
10
“Bulbuligo’yo”, “Ur to’qmoq”, “Uch og’a-ini botirlar”, “Bo’ri bilan qo’zichoq”, “Baxtli kal” singari ertaklar shular jumlasidandir. Ertaklarning hayvonlar, qushlar haqidagi turlari, mitti polvonlar (“No’xatvoy”, “Quloqvoy”, “Handalak polvon”, “Yapaloqpolvon”) haqidagi turlari, bir yoki ikki epizodli satirik ifoda vositasida salbiy tarbiyaviy sifatlarni tanqid, masxara qiluvchi etnopedagogika turidir. o’zbeklarda latif qaytarish, so’zga chechanlik musobaqasi shaklida o’tkaziladi. Ma’naviy –axloqiy tarbiya masalalari ifodalangan ertaklardan namunalar keltiramiz: Shirin uyqu (ertak) Bir donishmandning uchta o’g’li bo’lib, ota o’limi oldidan o’g’illarini o’z oldiga chaqirib shunday vasiyat qilibdi: “Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng”. Ikki aka ota vasiyatiga amal qilib, ko’rpachalarni qavat-qavat qilib to’shabdilar. Har xil ovqatlarni qildirib, ustma-ust yeb yota beribdilar. Mehnat bilan shug’ullanmabdilar. Yegan ovqatlari singmabdi. Ko’zlariga uyqu kelmabdi. Borgan sari mol-dunyolari kamayib qashshoqlashib keta beribdilar. Uchinchi o’g’il esa ertadan kechgacha mehnat qilar ekan. Borgan sayi davlati ko’payib, uyqusi shirin bo’lib, ovqati mazali bo’lib boribdi. Demak, ertakdan shunday xulosa chiqadi, barcha rohatlarning otasi –mehnatdir. Aka-ukalar buni hammalari har xil tushunibdilar. Ota nasihatini to’g’ri tushungan kenja o’g’il o’z murod- maqsadiga yetibdi. “Qumursqa” ertagida dunyodagi eng zo’r mavjudot mehnatkash inson ekanligi maktab yoshidagi bolalar ruhiyatiga mos holda bayon etiladi. Muz, bulut, kun, yomg’ir, yer, ot, mol, bo’ri, sichqoncha, mergandan “kim zo’r?” deb so’raganda, biri ikkinchisini ko’rsataveradi. Oxirida qumursqa: “otangning olti yuz botmon oshirib yeganman; pochchangning yuz botmon buydoyini yeti tog’dan oshirib yeganman. Men zo’rman, men zo’r deydi.” Bu yerda qumursqalarning mehnatsevar qilib ko’rsatilishi, xalq og’zaki poetik ijodida xos mubolag’a va xayoliy lavhalarda bolalarga qiziqarli bayon qilingan. Bunday usul bolalarning asar mazmuni va g’oyasini osonlik bilan o’zlashtirib olishga yaqindan yordam beradi. 11
O’zbek xalq ijodida mehnat va mehnat ahlini hamisha ulug’lab, unga mehr- muhabbat bilan qarashga, do’stlikni qadrlashga chaqirib kelgan. “Qumursqa” ertagida ham shu g’oya ertakka xos uslubda, ajoyib o’xshatishlarda kulguga boy quyidagicha suhbatda bayon etilgan: - Qorning nima uchun katta? - Jigarim zo’r, -dedi qumursqa. - Beling nima uchun ingichka? - Mehnatim zo’r! - Kallang nima uchun katta? - Davlatim zo’r! Mehnatim zo’r, savlatim zo’r, men zo’r, men zo’r,- javob beradi qumursqa.
Tez aytishlar- bola tafakkuri va xotirasini takomillashtiradi, topishmoqlar esa aqliy faoliyatni rivojlantiradi. Maqollar odob-axloq tarbiyasini, qo’shiqlar bolalarni estetik didlarini shakllantirish, ertak va dostonlarda esa tarbiyaning barcha qirralarini tarbiyalashda o’z o’rnini topgan. Lekin har bir janrni alohida chuqurroq tahlil qilib ko’rilsa, barcha tarbiyalar qatori mehnat tarbiyasi yuzasidan juda ko’p tarbiyaviy manbalar uchratish mumkin. Nonvoy nonni yopar, Nonni novvot deb sotar. Jamila jiydani joyiga joyladi. Ikki ayiq qayiqqa qaradi, Oq ayiq oldin qaradimi Qarg’a qag’illar qar-qar, Qirni qalin qor qoplar Soli arralaydi, Lola allalaydi Toshmat tog’dan tosh tashidi kabi tez aytishlarda gapdagi so’zlar ma’nosini tez anglab olish va ishlatish, bolalar nutqini to’g’ri va burro talaffuz qila olish ko’nikma va malakalarini hosil qilishda katta rol o’ynaydi. Bolalarda uzluksiz
12
mashqlar natijasida hamda mashaqqatli mehnat orqasida tez aytishni yodlab olishga erishishlik xususiyatlari takomillashadi. AFSONA – arabcha so’z bo’lib, sarguzasht, sehr-jodu va uydirmaga asoslangan hikoya ma‘nosini anglatadi. Afsonada xalq orzusidagi qahramonlar vositasida dushmanlarni, tabiat stixiyalarini daf etishga mifologik obrazlar yordamida erishiladi. Ular o’quvchini ushbu qahramonlarga o’xshashga, ularga xos tarbiyaviy sifatlarni egallashga undaydi.
etnopedagogik manba bo’lib, unda tarixiy voqealar, ayrim shaxslar va geografik joy bilan bog’liq voqealar, ularning bunyod yoki vayron etilishi hikoya qilinadi. Rivoyat o’quvchida Vatanga, ajdodlarga, xalqqa muhabbat, zulmga nafrat, do’stlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ma‘naviy va jismoniy kamolotga intilish hissini uyg’otadi. Xalqimiz odob va axloqni qadimdan ulug’lab kelgan. Chunki, axloq va odob insonga husn, latofat va nazokat bag’ishlagan. O’rta Osiyo mutafakkirlarining o’z asarlarida axloqiy g’oyalarni doimo tarannum etib, insonni komillik, fozillik, komillik darajasiga ko’tarishga chorlaganlar.
13
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: O’zbekiston, 1992. 48-bet 2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. /Barkamol avlod orzusi./- T.: O’zbekiston, 1998.-20-29-b. 3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. /Barkamol avlod orzusi/.- T.: O’zbekiston, 1998.-31-33-b. 4. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.- T.: Sharq, 2008. 82-b. 5. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.- T.: - Sharq. 2000 y. 6. Zunnunov A. Xayrullayev M. O’rta osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan manbalar. T.: 1996y. 350-b. 7. Mavlonova R va boshqalar. Pedagogika T.: O’qituvchi. 2010 y. 254-263 b. 8. Nishonova S. Sharq uyg’onish davri pedagogic fikr tarqqiyotida barkamol inson tarbiyasi.T.: 1998. 288-b. 9. Pedagogika. Pedagogika oily o’quv yurtlari uchun darslik. A. K. Munavvarov tahriri ostida. T.: O’qituvchi. 1996. 10. O’zbek xalq maqollari – T.: “Sharq” 2003y 136-138b 11. O’quvchi ma’naviyatini shakllantirish. O’quv metodik qo’llanma. T.: O’qituvchi, 45-47-b. 12. www. Pedagog. Uz 13. www. Ziyonet.uz 14. www. Edu.uz Download 280,01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling