O`quvchilarni tarbiyalashda rivoyat va hadislardan foydalanish mundarija kirish I bob. Boshlang`ich sinflarda rivoyat va hadislarni o`quvchilarga o`rgatish pedagogik muammo sifatida
Download 37.51 Kb.
|
O`QUVCHILARNI TARBIYALASHDA RIVOYAT VA HADISLARDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Halollik va rostgo‘ylik
Insonparvarlik – insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqligi to‘g‘risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart- sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga ko‘ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun borliq uning baxt saodatiga xizmat qilishi lozim. Insof – adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi; ishda, kishilar munosabatida halollik, to‘g‘rilikni anglatadigan tushuncha. Insofli kishi ezgulik, yaxshilik, savob ishga tashna bo‘lib yashaydi.
Sabr – g‘am-kulfat, azob-uqubatlarga chidash, toqat qilish; o‘z ixtiyori bilan nafsni tiyish, qanoatli bo‘lish. Qur’onning bir necha oyatlarida musulmonlarning sabrli bo‘lishiga da’vat bor. Hadislarda inson uchun sabrdan yaxshiroq va ulug‘roq ne’mat ato etilmagani bayon qilingan. Kamtarlik – insonning ma’naviy qiyofasini belgilaydigan ijobiy hislatlardan biridir. Kamtar kishi doimo el hurmatida bo‘ladi, uni hamma qadrlaydi. Kamtarlik hayotda o‘z mavqei, qobiliyati, imkoniyatiga yarasha faoliyat ko‘rsatish, o‘zini odobli tutish demakdir. Halollik va rostgo‘ylik – insonning ma’naviy go‘zalligidir. Halollik o‘z mehnati bilan kun ko‘rish birovning haqiga xiyonat qilmaslikda, vijdonan poklikda namoyon bo‘ladi. Rostgo‘ylik esa hayotda doim rost so‘zlashdir. Vatanparvarlik – bu tushuncha juda keng tushuncha. Vatanparvarlik deganda biz odatda o‘z yurti, diyori uchun jon fido qilishga tayyor turishni o‘z elini sevishni, unga sadoqatli bo‘lishni tushunamiz. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida yuqoridagi mavzudagi asarlar juda ko‘p va ular o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda juda qo‘lkeladi. Ma’lumki, inson barkamolligi uning ma’naviy qadriyatlar haqidagi xalq og‘zaki ijodi yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirishda, kundalik faoliyatlarida doim amalga oshirib borishlari uchun eng qulay vositadir. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi materiallarida axloq-odobga oidlari, insonning ma’naviy dunyosini aks ettiradi. Ularda ijtimoiy vamaishiy hayotning turli sohalari qamrab olingan, xalqning asrlar davomida to‘plangan, tildan-tilga, dildan- dilga ko‘chib kelayotgan insoniy qadriyatlar ibratli satrlardaifodalangan. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganishga mo‘ljallangan xalq og‘zaki ijodi namunalari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga, ongi va tushunchalarining rivojlanishi darajasiga mosligi, ularda hosil bo‘lib boshlagan axloqiy sifatlarning mohiyatlariga uzviy bog‘langan bo‘ladi. Xulosa qilib aytganimizda, boshlang‘ich sinflarda ta’lim mazmunining salmoqli qismi sanalgan xalq og‘zaki ijodining har bir turi ma’lum ta’limiy va tarbiyaviy vazifani hal etishga qaratilgandir. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etilishi o‘qituvchining mahoratiga, bilimdonligi va fidoiyligiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Boshlang‘ich sinflarda o‘qiladigan, darsdan tashqarida eshitadigan, televidenie orqali namoyish etiladigan xalq og‘zaki ijodi namunalari shubhasiz o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashning vositasi bo‘lib xizmat qilibkelmoqda. Download 37.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling