O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholashda diagnostik, formativ va summativ baholash usullaridan foydalanish


Download 24.42 Kb.
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi24.42 Kb.
#1126151
1   2   3
Bog'liq
SAMDU uchun

-formativ baholash;
-summativ baholash.
Dastlabki bosqich- diagnostik baholashda joriy qilingan vositalar va usullar orqali xulq-atvor talabalarning bilim va qobiliyatlarini baholash, har tomonlama tahlil qilish maqsadga muvofiqdir
Diagnostik baholashning asosiy maqsadi bilim va malaka darajasini aniqlashdan iborat. O`quvchining bilim darajasi haqida ma'lumot to'planishini ta'minlash bu talaba tomonidan yangi bilimlarni o'zlashtirishga yo`l ochadi.
Diagnostik baholash quyidagi savollarga javob topadi:
-o`quvchilar qanday bilimlar va qobiliyatlarga ega?
-o`quvchilar yangi o`quv yilida o`qituvchi tomonidan beriladigan yangi bilimlarni o`zlashtira oladilarmi?
-o`quvchilarda rivojlanish qaysi darajada?
-o`quvchilarda o`tilgan mavzulardan tog`ri xulosa chiqarishganmi?
-o`quvchilarga bilim berishda qaysi vositalar va metodlardan foydalanish ularda samarali natija beradi?
O'qituvchining yuqoridagi savollarga tayangan holda o`quvchilarni tahlil qilishlari kerak.
Diagnostik baholash turli usul va vositalar orqali ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi,tahlil qilinadi. Olingan natijalar bo`yicha monitoring bo'limida muhokamalar olib borildi.
"Test" - baholash usullaridan biri hisoblanadi,bilimlarni va qobiliyatlarini baholash uchun foydalaniladi. Bu usul diagnostik baholashda eng samarali va tezkor usul hisoblanadi.
Diagnostik baholashda o`quvchilarning olgan baholari sinf jurnallarida qayd etilmaydi. Lekin o`qituvchi maxsus qayd etib borishlari lozim. Diagnostik baholash o`z navbatida formativ baholashga yo`l ochadi.
Formativ baholash- o``quvchilarni o`quv yili davomida kuzatish, o`rganayotgan bilimlarini tahlil qilish, yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash va kamchiliklarni to`g`irlashga ko`mak beradi.
Formativ baholashning maqsadi doimiy o'quvchilarning o`zlashtirishlarini nazorat qilishdir. Formativ baholashda o'qituvchilar va o`quvchilar ta'lim va o'rganishlarini yaxshilash fikr-mulohazalar yuritiladi. Formativ baholash, shuning uchun o`qituvchi va o`quvchi tomonidan ikki tomonlama davom etadigan baholash jarayonidir. Formativ baholashda o'quv jarayonida o'quvchilar faoliyati haqida ma'lumot to'plash, ularning o`quv rejadagi mavzular qanday o`zlashtirilayotganligini bilish, qaysi metodlar samarali natija berayotganligini aniqlash amalga oshiriladi. Formativ baholash uyga vazifani bajarishi, dars vaqtidagi topshiriqlarni bajarishi, dars paytidagi nazorat ishlarida qatnashi, darsda faol qatnashishlariga qarab baholanadi. Formativ baholashda o`quvchilardan olingan baholar joriy qayd etib boriladi. Lekin bu baho yakuniy baho hisoblanmaydi. Yakuniy baho o`quvchilarga summativ baholash orqali aniqlanadi.
Summativ baholash- yakuniy va rasmiy baholash hisoblanadi. Summativ baholashning maqsadi- har bir chorak yoki semestr va o`quv yili oxirida o`quvchilarning o`zlashtirgan bilim ko`nikma va malakalarini aniqlashda, berilgan bilimlar va qo`llanilgan metodlar qanchalik samarali bo`lganligini aniqlashda yakuniy xulosa hisoblanadi.
Summativ baholash vositalariga quyidagilar kiradi:
-test;
-yozma ish;
-og`zaki so`rov;
-loyiha;
-portfolio.
Summativ baholashga oraliq va yakuniy nazoratlar, yakuniy davlat imtihonlari misol bo`la oladi.
Summativ baholash:
-ta`lim oluvchiga yakuniy baho berish
-ta`lim beruvchiga yakuniy baho berish bilan yakunlanadi.
Yuqorida sanab o'tilgan barcha uch turdagi baholash bir-biri bilan mustahkam bog'langan bo'lishdan tashqari, bir xil maqsadga xizmat qiladi. O`quvchilarning bilimlarini to`g`ri baholash, ularning bilim ko`nikma va malakalari qanday darajada ekanligini aniqlash ta`lim sifatini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. O`quvchilarni baholashda turli vositalar va metodlardan foydalalanish ularning fanga bo`lgan qiziqishini yanada oshiradi va yangi bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan ishtiyoqini uyg`otadi.



Download 24.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling