25. Tirsakli val qanday vazifani bajaradi ?
1. Porshen orqali shatundan kelayotgan kuchni qabul qiladi va uni aylanma harakatga o’zgartirib beradi.*
2. Issiqlik energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib beradi.
3. Mexanik energiyani aylanma harakatga aylantirib beradi.
4. 1 va 2 javob to’g’ri.
5. 2 va 3 javoblar to’g’ri.
26. Tirsakli val posangilari qanday vazifani bajaradi ?
1. Porshen orqali shatundan kelayotgan kuchni qabul qiladi va uni aylanma harakatga o’zgartirib beradi.
2. Issiqlik energiyasini mexanik energiyasiga aylantirib beradi.
3. Valning o’zak bo’yinlariga ta’sir etuvchi kuchlarni kamaytirib , bu kuchlarni muvozanatlash uchun xizmat qiladi.*
4. 1 va 2 javob to’g’ri.
5. 2 va 3 javoblar to’g’ri.
27. Maxovik qanday vazifani bajaradi ?
1. Porshen orqali shatundan kelayotgan kuchni qabul qiladi va uni aylanma harakatga o’zgartirib beradi.
2. Dvigatelning ishlashi jarayonida tirsakli valning bir tekis aylanishini ta’minlaydi.
3. Dvigatelni yurgizish paytida dvigatelga starterdan ma’lum miqdorda mexanik energiya uzatadi.
4. 1 va 2 javob to’g’ri.
5. 2 va 3 javoblar to’g’ri.*
28. Klapanlarning vazifasi nimadan iborat ?
1. Silindrning kiritish yoki chiqarish teshiklarini ochib-yopib turadi.*
2. Dvigatel tarmoqlariga kiruvchi asboblarni harakatga keltiradi.
3. Taqsimlash valining mushtchalaridan harakatni shtangalarga uzatadi.
4. 1 va 2 javob to’g’ri.
5. 2 va 3 javoblar to’g’ri.
29. Shtangalarning vazifasi nimadan iborat ?
1. Silindrning kiritish yoki chiqarish teshiklarini ochib-yopib turadi.
2. Klapanlar yuqorida joylashganda harakatni turtkichdan koromislo orqali klapanga uzatib beradi.*
3. Klapanlar berkligida ularni o’rindiqqa jips siqib , yopiq holda ushlab turadi va keyinchalik tashqi kuchlar ta’sirida klapanlarni ochish uchun xizmat qiladi.
4. 1 va 2 javob to’g’ri.
5. 2 va 3 javoblar to’g’ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |