O‘quvchilarning dasturlashga oid ko‘nikmalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning amaliy samaradorligi
Download 42.08 Kb.
|
Jumabaev Q.---
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar.
Tahlil va natijalar. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 9-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining “Dasturlash asoslari” bo‘limini o‘qitish samaradorligini oshirishda va o‘quvchilarning dasturlashga oid kompetensiyalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlari olib borildi. Tajriba-sinov ishlari yuqorida qayd etilgan pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish orqali samaradorlik darajasini aniqlashga qaratilgan. Keltirilgan pedagogik dasturiy vositalarning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida Qoroqolpog‘iston Respublikasining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar tajriba va nazorat sinflariga ajratildi. Tajriba va nazorat sinflari uchun jami 123 nafar o‘quvchi jalb etildi. Tajriba guruhiga ajratilgan o‘quvchilarga yuqorida keltirilgan pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish asosida “Dasturlash asoslari” bo‘limidam darslar va o‘quvchilarning mustaqil ta’limi tashkil etildi. Nazorat sinfiga esa an`anviy ravishda tashkil etildi. Ushbu tajriba-sinovga jalb etilgan o‘quvchilarning natijalari tahlil etilib, ishonchliligini tekshirish maqsadida Styudent-Fisher kriteriyasi asosida matematik-statistik tahlil qilindi. Mazkur kriteriyadan foydalanishda tanlanmalar uchun mos o‘rta qiymatlar , tarqoqlik koeffitsiyentlarini , o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlashda esa А % formulalardan foydalanildi. Hisoblash natijasiga ko‘ra, tajriba sinfining o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi nazorat sinfiga nisbatan yuqori ekanligi, ya’ni 7,5 % ga oshganligi ma’lum bo‘ldi.
Xulosa va takliflar. Bugungi kunda zamanaviy dasturlash tillari takomillashuvchi tufayli, ushbu daturlash tillarini o‘rganishda raqamli texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi. Raqamli texnologiyalar yordamida yangi bilim olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Raqamli texnologiyalar darslardan foydalanish uzluksiz ta’lim olishga va o‘zini-o‘zi rivojlantirishga xizmat qiladi. Raamli texnologiyalardan foydalanib, kerakli materialni qisqa vaqt ichida va qo‘shimcha kuch sarflamasdan o‘zlashtirish mumkin. Download 42.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling