O‘quvchilarning harakat kun tartibini shakllantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya texnologiyasi Reja: O’quvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish


O’quvchilarga individual yondoshish


Download 34.94 Kb.
bet10/13
Sana05.04.2023
Hajmi34.94 Kb.
#1276373
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
O‘quvchilarning harakat kun tartibini shakllantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya texnologiyasi 23

O’quvchilarga individual yondoshish: Bolalar bilan ishlashda o’qituvchilarning o’z o’quvchilari individual xususiyatlarini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega, chunki, har bir sinfda zukko va parishonxotir, faol va sust: jismoniy madaniyat va sportga qiziquvchi va qiziqmaydigan o’quvchilar bo’ladi. O’qituvchi har bir o’quvchining sog’ligini va jismoniy rivojlanganlik darajasini yaxshi bilish kerak.
Har bir sinfda o’z sinfdoshlaridan jismoniy tayyorgarligiga ko’ra yaqqol ajralib turadigan o’quvchilari bor. Ulardan ba’zilari mashqlarni bajara olmaydilar, boshqalari esa, aksincha, jismoniy mashqlarni bajarishda yuqori natijalar ko’rsatadilar. Jismoniy mashqlarni va harakatlarni bajarishda qiynaladigan, bo’shang o’quvchilarga o’qituvchi doimo dalda berishi, ularni ma’naviy jihatdan ko’mak berishi kerak. Ularga jismoniy mashqlarni egallashning sirlari, jismoniy tayyorgarlik asoslari haqida to’liq tushunchalar berishi va kelajakda ular ham mohir sportchi yoki jismoniy barkamol bo’lib etishlariga ishonch tug’dirishi lozim.
Shuningdek yaxshi tayyorgarlikka ega bo’lgan bolalar ham o’zlariga individual yondoshishga ehtiyoj sezadilar. Ular uchun ko’proq jismoniy yuklamalar berish kerak aks holda oddiy mashqlar ularni etarlicha jismoniy rivojlantirmaydi, hamda ularni darsga bo’lgan qiziqishlarini so’ndiradi. Bunday o’quvchilardan mashg’ulotlarni tashkil etish va mashqlarni o’zlashtirishga orqada qolayotgan o’quvchilarga yordam berish maqsadida foydalanish mumkin.
Qat’iylik va botirlikni talab etadigan mashqlar, muvozanat saqlash mashqlari tayanib sakrash, yugurib kelib balandlikka sakrash mashqlarini ko’pchilik o’quvchilar ishonchsizlik bilan bajaradilar. Mashqlarini texnikasini egallashda ularga o’qituvchi ma’naviy ko’magi zarur bo’ladi. Shuningdek mashqlarni o’rganishda qo’rqinch hissini bartaraf etish kerak.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o’quvchilarga individual yondashish uslubi o’quvchilarning tibbiy guruhlarida mashg’ulotlar tashkil etishda ham keng foydalaniladi. O’qituvchilar kasal o’quvchilarga ularning kasallik darajasiga muvofiq, ruxsat etilgan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni tashkil etadi. Shuningdek jismonan zaif o’quvchilarni jismoniy rivojlantirish choralarini belgilaydi. Bunday guruhda jismoniy tarbiya tadbirlarini olib borishda o’qituvchi mashqlar miqdorini, takrorlashlar sonini cheklashi, bajarish sharoitini engillashtirish, maxsus mashqlar bilan shug’ullanish, mashqlar ko’rsatkichlariga e’tibor berish kerak bo’ladi. Tibbiy guruhlarda mashg’ulotlar olib borishda o’qituvchilar shifokorlar bilan doimiy hamkorlikda bo’lishlari kerak. Bolalarga individual yondoshishda ularning sog’ligini, yoshini, jinsini va jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy qobiliyatini albatta hisobga olish kerak.



Download 34.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling