O‘quvchilarning harakat kun tartibini shakllantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya texnologiyasi Reja: O’quvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish
Harakatni bo’laklarga ajratish bilan o’rgatish va o’qitishni individuallashtirish printsipi
Download 34.94 Kb.
|
O‘quvchilarning harakat kun tartibini shakllantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya texnologiyasi 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sistemalik printsipi
- Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish printsipi
- Harakatga o’rgatishning etaplari.
- O’rgatishning boshlang’ich etapi
Harakatni bo’laklarga ajratish bilan o’rgatish va o’qitishni individuallashtirish printsipi - kichik maktab yoshdagilarga qo’llanganda ayrim harakatlarni ajratib olish va uni aniq bajarishi qiyinroq kechadi. Ular tez charchaydilar va tez tiklana oladilar. Ayniqsa bir xil harakatlar tez charchashni tezlashtiradi. Bulardan tashqari tananing ayrim muskullarini ma’lum muddatga ushlab turish, statik holatdagi mashqlari tez toldiradi va shuningg uchun bunday mashqlarni qo’llashdan qochish lozim.
Birinchi sinfdan boshlaboq o’quvchilardan ayrim mashqlarni bajarish uchun bor imkoniyatlarni sarflashni talab qilish kerak bo’ladi. Chunki ularning jismoniy tayyorgarligi va nerv faoliyatinining tipologik xususiyatlariga katta e’tiborni talab qiladi. Sistemalik printsipi harakatga o’rgatishda rejalashtirilgan materialni qator mashg’ulotlarda ko’proq qaytarishni talab qiladi. Mavzu o’zlashtirilgandagina boshqa vazifaga o’tiladi. Kichik, o’rta va katta yoshdagilarni bir yoki bir necha darsni, trenirovkani o’tkazib yuborishi, qatnashmasligi, o’zlashtirish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi va ta’lim jarayoninin cho’zilishiga olib keladi. Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish printsipi bolani harakatga o’rgatishda asta-sekinlik bilan bajarilayotgan mashqni qiyinlashtirish, me’yoriga nisbatan lozim bo’lgan talablarni qo’yish, nerv - muskul jarayonida koordinatsion o’zgarishlar sodir bo’lishi bilan bog’liq qoidalarga rioya qilishni taqazo etadi. I-III sinflarda qo’llanadigan harakat turlarini tez-tez o’zgartirish maqsadga muvofiqdir. Biror mashqni bajarayotganda zo’riqqan muskul navbatdagi muskulga nisbatan dam berishi kuzatiladi. Muskullarni 5-8 sek. oshik zo’riqqan holda ushlab turish bu yoshdagilarda tavsiya etilmaydi. "Urinish" oldidan ko’p kuttirish mumkin emas. Navbat kutishda harakatlar tik turishdan iborat bo’lmay boshqa muskul guruhlari uchun zo’riqish beradigan harakatlar bilan almashinishi, qorin, ko’krak, bel muskullarini yaxshi rivojlantirib, normal nafas olish malakasini shakllantirishimiz lozim. O’smirlarda mashq metodlarini qo’llar ekanmiz daqqatni gavdani to’g’ri tuta bilish, ratsional ritmda nafas olish, ayniqsa yurish va yugurish mashqlarida qaratishimiz zarur. V-IX sinfdagilar ko’rganini ilib olish sifatiga ega bo’ladilar. Ular xar bir harakatini tez o’rganadilar. Ularda engil atletika mashqlariga qiziqish kattadir. Mashqlarni bajarishda o’sha mashq uchun keragicha kuch sarf qilish yoki mashqdan so’ng o’sha mashqni bajargan muskulni bo’shashtirishni bilishga o’rgatish, chiroyli, yuqori darajali kuch sarflashdagidek harakatlar qilishga o’rgatish kerak bo’ladi. Yuqori sinfdagi bolalarda jismoniy mashqlarni ko’prok kuch talab qiluvchilarini, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarni rivojlanishiga olib keladiganlarini berish tavsiya qilinadi Harakatga o’rgatishning etaplari. Jismoniy tarbiya darsida jismoniy mashqlarga o’rgatish jarayoni harakatga o’rgatishning asosini tashkil qiladi. Rasm, ashula darslarda bolalar diqqati juda aktiv bo’ladi. Jismoniy tarbiya darsida esa shuni teskarisi. Jismony tarbiya darslarida ham mashqlarni o’zlashtirish paytida ularni diqqatini yuqorida qayd qilingan darslardagidek bo’lishiga erishish kerak. O’rgatishning boshlang’ich etapi. Mashqni boshlanishi bilanoq tushuntirishga, diqqat bilan quloq solishga erishish, bajarilayotganini to’la tasavvur qilish uchun ijroni tahlil bilan kurib olish va uni bajarishga zo’r ishtiyoqni, intilishni paydo qilish lozimligi ta’limning shu etapini asosiy mazmunini tashkil etadi. Kichik yoshdagilarga iloji boricha o’yin tarzida harakatga o’rgatishni yo’lga qo’yish o’qitishning boshlang’ich etapni asosiy vazifasidir. Bolalarda o’sha faoliyatga kerak bo’lgan harakatni bajarmaslikka olib keladigan sabablarni ko’ra bilish, o’rgatishning samarali boshlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va o’qitishda yaxshi natija beradi. O’smirlar bilan shug’ullanish paytida birinchi bajarish o’sha harakatlarni bajarish uchun tanish sharoitda tashqi ko’zgatuvchi yoki chalg’ituvchi narsalarni yuq qilish muhimdir. Professor Kasoyanovni yozishicha bir tajriba maktabining darsi metodikasi bilan shug’ullangani bir guruh tekshiruvchilari kelgan. Uni ko’rib o’qituvchi, bolalarni yaxshi ko’rgan jihozlarida ularga tanish bo’lgan mashqlardan foydalanib mashg’ulot o’tkazgan. Hayron qoladigan joyi shundan iborat bo’lganki o’quvchilar o’zlari duppa-durust bajaradigan mashqlarni bajarishda ancha qiynalishgan. Darsda qatnashayotgan tekshiruvchilar ular uchun qo’shimcha ko’zgatuvchi bo’lgan, shunga kura o’quvchilar bosh miya sharlari po’stlog’ida yangi ko’zg’olish o’chog’i vujudga kelib mavjud shartli harakat reflekslarini normal o’tishga to’sqinlik kilgan. Yuqori sinfdagilar harakatlarini birinchi ko’rishdanoq yaxshi bajarishlari mumkin. Bunda albbatda ularni jismoniy tayyorgarligi va qabul qila bilish qobiliyatlarini yaxshiligi sabab bo’lishi mumkin. Harakatga o’rgatishda, o’rganilishi kerak bo’lgan mashqni boshlanishidan oz muskul kuch sarf qilinadigan bo’lsa va harakatlar sekinlashtirilib bajarilsa material oson o’zlashtiriladi. Bir xil harakatni uzoq bajarish harakatga o’rgatish samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun o’sha harakatga monand, bajarish texnikasi o’sha mashqga yaqin keladigan jismoniy mashqlar eki harakatli o’yinlardan foydalanishning samarasi katta. Ayrim materiallarni o’zlashtirish navbatida yangisini o’zlashtirishni osonlashtiradi. Uzunlikga sakrash, masofada tez yugurishni osonlashtiradi. Ammo mashg’ulotlar davomida bir darsda yuqoridagilarga o’xshash bir xil jismoniy sifatni rivojlantiruvchi mashqlarni tanlash bolalarga darsga qiziqish o’yg’otmaydi. Yuqori natijalarga erishish uchun ayrim mashqlarni ko’p marotabalab takrorlash kerak. Amaliyot shuni isbotladiki 60 m.ga IX sinf o’quvchisi 11.4 sek. natijasidan 0,9 Download 34.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling