Ko‘p o‘lchamli jadvallar. Yuqorida ikki o‘lchamga (qator va ustun) ega bo‘lgan jadval misolini ko‘rib chiqdik, lekin hayotda ko‘pincha, o‘lchovlari soni ko‘proq bo‘lgan jadvallar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Mana, o‘quvchilarni hisobga olishni tashkil qilishga yordam berishi mumkin bo‘lgan jadval misoli:
Fakultet raqami 3
Kurs raqami (fakultetdagi) 2
Ixtisoslik (kursdagi) raqami 2
Guruhning bir ixtisoslik oqimidagi raqami 1
O‘quvchining guruhdagi raqami 19
Bunday jadvalning o‘lchamliligi 5 ga teng va bunday tuzilmadan o‘quvchi haqida aniq (ikki xil talqin qilib bo‘lmaydigan) ma’lumotlarni izlab topish uchun besh parametr (koordinatlar)ning hammasini bilish kerak bo‘ladi.
Ma’lumotlarning ierarxik tuzilmalari. Ro‘yxat yoki jadval turida tasavvur qilish qiyin bo‘lgan nomuntazam ma’lumotlar ko‘pincha, ierarxik tuzilma tarzida taqdim etiladi. Kundalik hayotda biz bu tuzilmalar bilan juda yaxshi tanishmiz. Pochta manzillari tizimi ierarxik tuzilmaga egadir. Shuningdek, bunday tuzilmalar, ilmiy tizimlashtirish va turli xil tasniflashda ham keng qo‘llaniladi.
1.2-rasm.
Ierarxik tuzilmada har bir elementning manzili tuzilmaning (tepasidan berilgan elementga olib boruvchi yetish yo‘li (yo‘nalish, marshrut) bilan aniqlanadi.
Ma’lumotlarning dixotomiyasi. Ierarxik tuzilmalarning asosiy kamchiligi kirish yo‘li hajmining kattaligidir. Ko‘pincha, yo‘nalishning uzunligi olib boriladigan ma’lumotlar uzunligidan ortiqroq bo‘ladi. Shuning uchun informatikada ierarxik tuzilmalarni tartibga solishning kirish yo‘lini ixchamlashtirish imkonini beruvchi usullari qo‘llaniladi. Bunday usullardan biri dixotomiya nomini olgan.
Dixotomiya usulida tuzilgan ierarxik tuzilmada istalgan elementga kirish yo‘lini chap (0) yoki o‘ng (1) tarafga burilishlari bo‘lgan ratsional labirint orqali o‘tgan yo‘l sifatida tasavvur qilish va shunday tarzda kirish yo‘lini ixcham ikkilik yozuv shaklida ifodalash mumkin. Bizning misolimizda Word 2000 matnli protsessorga kirish yo‘li quyidagi ikkilik son 1010 bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |