O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Download 345 Kb.
bet14/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Dasturiy ta’minot

Dasturlar - bu buyruqlarning tartibga solingan ketma-ket (izchil)ligi. Har qanday kompyuter dasturining pirovard maqsadi - apparat vositalarini boshqarishdir. Hatto birinchi bor qaraganda dastur uskuna bilan o‘zaro aloqa qilmayotgandek, kiritish uskunasidan hech qanday ma’lumot kiritishni talab qilmayotgandek va chiqish uskunasiga hech qanday ma’lumot chiqarish amalga oshirilmagandek tuyulsa ham, baribir, uning ishi kompyuterning apparat uskunalarini boshqarishga asoslangan.


Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minotlari chambarchas aloqada, uzluksiz o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani (kategoriyani) alohida-alohida ko‘rib chiqayotganimizga qaramay, ular orasida dialektik aloqa borligini va ularni bir-biridan ajratgan holda ko‘rib chiqish shart ekanligini unutmaslik kerak.
Hisoblash tizimining dasturiy ta’minlash tarkibini dasturiy konfiguratsiya deb ataydilar. Dasturlar o‘rtasida tabiiy bo‘g‘inlar va bloklar bo‘lganidek o‘zaro aloqa mavjud - ko‘pgina dasturlar pastroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydilar, ya’ni bunday holatda biz dusturlararo interfeys haqida so‘zlashimiz mumkin bo‘ladi. Bunday interfeysning mavjud bo‘la olish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlarga va o‘zaro hamkorlik bayon (protokol)larining mavjudligiga asoslanadi, amaliyotda esa u dasturiy ta’minotning bir-birlari bilan aloqada va o‘zaro ta’sirda bo‘lgan darajalarga bo‘lish bilan ta’minlanadi. Dasturiy ta’minotning darajalari piramidasimon konstruksiyaga ega, har bir yangi daraja o‘zidan oldingi darajaning dasur ta’minotiga tayanadi. Bunday bo‘linish hisoblash texnikasi bilan ishlashning unga dastur o‘rnatishdan boshlab amaliy foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatkichgacha bo‘lgan hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga ahamiyat beringki, yuqori turuvchi har bir daraja butun tizimning harakatchanligini oshiradi. Masalan, bazaviy darajadagi dasturiy ta’minotli hisoblash texnikasi ko‘p vazifalarni bajarishga qodir emas, ammo tizimli dasturiy ta’minotni o‘rnatishga imkon yaratadi.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling