Brouzerlar (sharhlovchilar, Webni ko‘rib chiqish vositalari). Bu toifaga HTML (bu formatdagi hujjatlar Web-hujjatlar sifatida ishlatiladi) formatidagi elektron hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun mo‘ljallangan dasturiy vositalar kiradi. Zamonaviy brouzerlar faqat matn va grafikani aks ettirmaydi. Ular musiqani, inson nutqini aks ettirishi, internetdagi radio eshittirishlarni eshitishni, videokonferensiyalarni ko‘rib chiqishni, elektron pochta xizmati, telekonferensiyalar (yangiliklar guruhlari) tizimi bilan ishlashni va ko‘plab boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin.
Ish yuritishning integratsiyalashgan tizimlari - rahbarning ish joyini avtomatlashtirishning dasturiy vositalaridan iborat. Bunday tizimlarning asosiy vazifalariga eng sodda hujjatlarni tuzish, tahrir qilish va formatlashtirish, elektron pochta, faks va telefon aloqalari vazifalarini markazlashtirish, korxonaning hujjatlar aylanmasini dispetcherlashtirish va monitoring qilish, bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ma’muriy xo‘jalik faoliyatini optimallashtirish va so‘rovga binoan tezkor hamda ma’lumotnoma axborotini taqdim etish vazifalari kiradi.
Buxgalterlik tizimlari. Bular o‘zlarida matn va jadval muharrirlari, elektron jadvallar va ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarining vazifalarini biriktiruvchi ixtisoslashtirilgan tizim. Ular korxonaning boshlang‘ich buxgalterlik hujjatlarini tayyorlash va ularni hisobga olishni avtomatlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy faoliyat yakunlari bo‘yicha ma’lum vaqt oralig‘ida doimiy topshiriladigan hisobotlarni soliq idoralari, byudjetdan tashqari fondlarga va statistika idoralariga taqdim etish uchun qabul qilingan shakllarda avtomatik ravishda tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Nazariy jihatdan olganda, buxgalterlik tizimlari uchun xos bo‘lgan hamma vazifalarni yuqorida sanab o‘tilgan dasturiy vositalar bilan bajarish mumkin bo‘lishiga qaramay, bir tizimda turli vositalarning integrallangani tufayli buxgalterlik tizimlaridan foydalanish qulayroq.
Korxonada avtomatlashtirilgan buxgalterlik hisoboti tizimi joriy qilinayotganida unda me’yoriy-huquqiy baza o‘zgarganida tizimni moslashtirish vositalarni hisobga olish zarur. Rossiyada huquqiy-me’yoriy baza barqaror emasligi munosabati bilan tez-tez o‘zgarib turishi sababli, bunday tizim foydalanuvchidan yuqori malaka talab etsada, tizimni moslashtirib, qayta sozlash vazifasi majburiy bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |