O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari (ALT-tizimlar)


Download 345 Kb.
bet20/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari (ALT-tizimlar). Ular loyiha-konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Mashinasozlik, asbobsozlik, me’morchilikda qo‘llaniladi. Chizmachilik-grafik ishlardan tashqari, bu tizimlar eng oddiy hisob-kitoblar (masalan, detallarni (mahkam) mustahkamligi hisob-kitoblari)ni o‘tkazish va ma’lumotlarning keng bazasidan tayyor konstruktiv elementlardan tanlash imkoniyatini beradi.
ALT- tizimlarining o‘ziga xos ajratib turuvchi xususiyati loyihalashtirishning hamma bosqichlarida texnik shartlar, me’yorlar va qoidalarning avtomatik ravishda ta’minlanishidir, bu konstruktor (yoki me’mor)ni ijodiy bo‘lmagan ishdan ozod qiladi. Masalan, mashinasozlikda ALT-tizimlari mahsulotni yig‘ish chizmasi bazasida detallarning ishchi chizmalarini avtomatik ravishda bajarish, zarur texnologik hujjatlarni mexanik ishlovdagi harakatlarning ketma-ketligini ko‘rsatgan holda tayyorlash, zarur asboblar, dastgoh va nazorat moslamalarni tayinlash, shuningdek, raqamli dasturiy boshqaruvli dastgohlar, sanoat robotlarni va moslashuvchan avtomatlashgan liniyalar uchun boshqaruv dasturlarini tayyorlashga qodir. Bugungi kunda avtomatik loyihalashtirish tizimlar zarur komponentga aylanib qoldi, usiz moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari va texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini qo‘llashning samaradorligi tushib ketadi.
Stol ustiga qo‘yiladigan nashriyot tizimlari. Bu sinf dasturlari matbaa nashrlarining sahifalash jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Dasturiy ta’minotning bu toifasi matn protsessorlari va avtomatik loyihalashtirish tizimlarining o‘rtasida oraliq holatni egallagan.
Nazariy jihatdan olganda, matn protsessorlari matnli hujjatga boshqa soha ob’ektlarini, masalan, vektor va rastr grafikasi ob’ektlarni joriy qilish uchun ishlatiladigan, shuningdek, matn parametrlari va kiritilayotgan ob’ektlar parametrlari o‘rtasidagi aloqa, o‘zaro ta’sirini boshqarishga imkon beradigan vosita sifatida taqdim etiladi. Lekin, amaliyotda esa matbaa mahsulotini tayyorlash uchun bu vositalar yo matbaa talablari nuqtai nazaridan olinganida, yo funksional jihatdan yetarli emas, yoki unumli ishlash uchun yetarli darajada qulay emas.
Stol ustiga qo‘yiladigan nashriyot tizimlari matn prosessorlaridan matn sahifalarining parametrlari bilan hamda grafik ob’ektlar bilan o‘zaro aloqasi va ta’siri boshqarishning kengaytirilgan vositalarga egaligi bilan ajralib turadi. Boshqa tomondan olganda esa, ular matnni kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirish bo‘yicha funksional imkoniyatlarning pastligi bilan farqlanadi. Stol ustiga qo‘yiladigan nashriyot tizimlaridan foydalanishning tipik misoli shundan iboratki, ular avval matn protsessorlari va grafik muharrirlarining ishlovidan o‘tkazilgan hujjatlarga nisbatan qo‘llanadi.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling