Kommunikatsiya vositalari (kommunikatsiya dasturlari). Elektron aloqa va kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lishi bilan bu turdagi dasturlarning ahamiyati judayam oshib ketdi. Ular olib tashlagan (tarmoqdan ma’nosida) kompyuterlar bilan aloqa o‘rnatish (ulanish)ni amalga oshirishga imkon beradilar. Elektron pochta xabarlarining uzatilishi, telekonferensiyalar (yangiliklar guruhlari) bilan ishlashga xizmat ko‘rsatadilar, faksimil xabarlarni yuborishni ta’minlaydilar va kompyuter tarmoqlarida ko‘plab amallarni bajaradilar.
Kompyuter xavfsizligini ta’minlash vositalari. Bu ancha keng toifa ma’lumotlarini buzilishlardan faol va passiv himoya qilish vositalari bo‘lib, shuningdek, unga ma’lumotlarni ruxsat olmasdan yo‘llash, ularni ko‘rib chiqish va o‘zgartirishdan muhofaza qilish vazifalari ham yuklatilgan.
Zahira nusxalarini olish uchun mo‘ljallangan xizmat dasturlari passiv himoya vositalari sifatida ishlatiladi. Ba’zida ular arxiv dispetcherlari (arxivatorlar)ning bazaviy xususiyatlariga ham ega bo‘ladilar. Faol himoya vositasi sifatida virusga qarshi dasturiy ta’minot qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga ruxsat olmasdan yo‘llash, ularni ko‘rib chiqish va o‘zgartirishdan himoya qilish uchun printografiyaga asoslangan maxsus tizimlar xizmat qiladi.
Hisoblash tizimini axborot va matematik
ta’minlash haqida tushuncha
Ayrim hollarda hisoblash texnikasi vositalarini apparat va dasturiy ta’minlash bilan bir qatorda ularning axborot ta’minotini ham ko‘rib chiqish, hal qilish maqsadga muvofiq. Axborot ta’minoti deyilganida ushbu dasturlarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan, oldindan tayyorlangan ma’lumotlar va dasturlarning yig‘indisi, to‘plami tushuniladi.
Misol uchun tahrir qilinayotgan matndagi orfografiya (to‘g‘ri yozish)ni avtomatik tekshirish tizimini ko‘rib chiqaylik.
Uning ishi boshlang‘ich matndagi leksik birliklarni oldindan tayyorlangan ma’lumotlarning etalon massivi (lug‘at) bilan solishtirishdan iborat. Ushbu hollarda (to‘g‘rirog‘i ushbu holda) tizimning muvaffaqiyatli ishlashi uchun apparat va dasturiy ta’minotdan tashqari lug‘atlarning tashqaridan ulanadigan maxsus to‘plamlari bo‘lishi zarur. Bu hisoblash texnikasini axborot jihatdan ta’minlashga misoldir.
Ixtisoslashtirilgan kompyuter tizimlari (avtomobil, kema, raketa, samolyot, kosmik uchish apparatlarining bortlaridagi kompyuterlar)dagi dasturiy va axborot ta’minotining yig‘indisi matematik ta’minot deyiladi. Odatda, u PZU mikrosxema lariga qattiq qilib yoziladi va faqat PZUni almashtirish yo
Do'stlaringiz bilan baham: |