O’quvchilarning kitob bilan ishlashi
Fan ijtimoiy ishlab chiqarish turlaridan biridir
Download 82 Kb.
|
Fan ijtimoiy ishlab chiqarish turlaridan biridir
Ilmiy tadqiqotlar samarasi turlicha bo’ldi : - iqtisodiy samaradorlik (milliy daromadning oshishi, ish samaradorligi va mahsulot sifatining oshishi, ilmiy tadqiqotlarga bo’lgan xarajatning kamayishi); - ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik (og’ir mehnat sharoitini bartaraf etish, atrof muhitni tozalash, tibbiy-gigiyena sharoitini yaxshilash va h. k.); - mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash; - mamlakat ilmiy salohiyatining obro’si. Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini baholash uchun ular natijasi qay darajadaligini tasvirlovchi turli mezonlar qo’llanadi. Fundamental nazariy tadqiqotlarni samaradorlikning 'miqdoriy ko’rsatkichlari bilan baholash qiyin. Ular, odatda, ishlamalar boshlangandan so’ng ancha keyin samara bera boshlaydi. Bundan tashqari, ular natijasidan iqtisodiyotning gurli sohalarida foydalaniladi. Shuning uchun kutilayotgan samarani baholash qiyin. Bunday tatqiqotlar uchun, qoidaga ko’ra, sifat mezonlari belgilanadi: hodisaning yangiligi, mamlakat fanining obro’si, ish xalqaro miqyosda keng tan olinishi, mamlakat mudofaa imkoniyotiga qo’shilgan xissa: monografiyalar va ular olimlarining ishlaridan turli mamlakatlarda foydalanilishi va b. Amaliy ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar turli miqdoriy mezonlar bilan baholanadi, shulardan asosiysi - iqtisodiy samaradorlik Bu joriy etishga bo’lgan xarajat, joriy etish ko’lami, muddati va h.k. omillarga bog’liq. Ilmiy xodimning ish samaradorligi ishlanmaning yangiligi, e’lon qilingan maqolalar soni, ishdan ko’chirmalar olish va h.k. bilan baholanadi. Yangilik mezoni - bu,avtorlik guvohnomasi va patentlar miqdori, ko’chirma (ishtiboh) lar olish - ilmiy xodim ishlariga havolalar soni. Iqtisodiy baholash esa kamdan-kam qo’llanadi. Ilmiy-tadqiqot guruhi (yoki tashkilot) mehnat samaradorligi quyidagi mezonlar bo’yicha baholanadi: mehnat samaradorligi, joriy etilgan mavzular miqsori, ilmiy mahsulotni tadbiq etishdan kelgan iqtisodiy samara, olingan avtorlik guvohnomasi va patentlar soni, sotilgan lisenziyalar soni va b. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling