O’quvchilarning kitob bilan ishlashi


Download 82 Kb.
bet1/7
Sana20.06.2023
Hajmi82 Kb.
#1630788
  1   2   3   4   5   6   7

O’quvchilarning kitob bilan ishlashi. O’quv-uslubiy adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish

Reja:


  1. O’quv jarayonining uslubiy ta’minoti

  2. O’quv-uslubiy adabiyotlarga qo’yiladigan asosiy talablar

  3. O’quv-uslubiy adabiyotlar mazmuni va tuzilishi

  4. Asosiy darslik, o’quv qo’llanma, qo’shimcha adabiyotlar, spravochniklar va har xil texnikaviy hujjatlar

  5. Kitob bilan mustaqil ishlash



O`quv uslubiy adabiyotlar ularning turlari.
Reja

1. Ilmiy mahsulotni buyurtmachi yoki iste’molchiga taqdim etish usullari


2. Fan ijtimoiy ishlab chiqarish turlaridan biridir.
3. Ilmiy tadiqiqotlar iqtisodiy samaradorligini hisoblash.

Ilmiy mahsulotni buyurtmachi yoki iste’molchiga taqdim etish usullari 
Ilmiy mahsulot buyurtmachi yoki iste’molchiga hisobotlar, yo’riqnomalar, metodika, muvaqqat ko’rsatmalar, texnikaviy shartlar, texnikaviy loyiha va h. k. lar tarzida beriladi. Iqtisodiyotning ko’pgina sohalarida undan mavjud mahsulotni raqobatbardoshligini ta’minlash uchun takomillashtirish yoki yangisini yaratishda foydalaniladi. Bunday holda joriy etish jarayoni ikki bosqichda joriy etiladi: birinchi bosqich tajribaviy-ishlab chiqarishga joriy etish, ikkinchisi seriyali.
Birinchi bosqichda konstruksiyalar, mashinalar, materiallar va h. k. larning tayyorlangan tajriba namunalari rejalashtirilgan turlicha ishlab chiqarish sharoitlarida, shuningdek, tasodifiy tabiiy omillar ta’sirida qunt bilan o’rganiladi. Ekspluatasiya ko’rsatkichlari va xarajatlar, ishonchlilik va uzoq muddatlilik, tayyorlash va ekspluatasiya qilishning texnologiyaviyligi, ekologik va antropotexnik ko’rsatkichlar va h.k. larga alohida e’tibor qaratiladi.
Tajriba-ishlab chiqarish natijalari bo’yicha turli hujjatlar bilan tushuntirish xati tayyorlanadi. Bularda tajriba-namunalarga konstruksiyaviy, texnologik, ekspluatasiyaviy, iqtisodiy, ekologik, ergonomik, tibbiy-gigiyenik, yong’inga qarshi va boshqa xususiyatlari bo’yicha baho beriladi. Hujjatlar buyurtmachining va ITI ni bajargan ilmiy-tadqiqot tashkilotining vakillari tomonidan imzolanadi.
Joriy etishning birinchi bosqichi katta moliyaviy xarajatlarni talab etadi. Chunki tajriba namunasini tayyorlash ko’p mehnat talab qiladi va ko’pincha to’rrilash qayta o’zgartirishlar qilishga majbur bo’linadi.
Yangi mahsulot namunasi tajriba-ishlab-chiqarish sinovidan so’ng ikkinchi bosqichda seriyani ishlab chiqarishga joriy etiladi. Bunda joriy etish hajmi buyurtmachi tomonidan xaridor bozori talabidan kelib chiqilgan holda belgilanadi.
Ilmiy mahsulotni joriy etishni tezlashtirish uchun ilmiy-tadqiqot tashkiloti loyihalash tashkiloti bilan birlashadi. Bunday vaziyatda barcha ishlarga bitta markaz rahbarlik qiladi. Natijada joriy etish muddati qisqaradi, mahsulot sifati va raqobatbardoshligi oshadi. Rivojlangan mamlakatlarda mazkur muammo texnoparklar yordamida hal etiladi. Texnopark bir yoki bir necha ITI bilan yaqin aloqaga ega, ilmiy va informasiya muhitini rivojlantirish bilan shug’ullanuvchi, ilmiy mahsulot yangi texnologiyalar bozoriga jadal kirib borishi uchun ilmiy mahsulot ishlab chiqarish bazasini o’zlashtirishga baza yaratuvchi tashkilot (yuridik shaxs)dir. 90- yillarning boshlarida jahonda 340 ga yaqin texnopark tuzilgan edi.

Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling