O’quvchilarning kitob bilan ishlashi
Ilmiy texnikaviy informasiyani izlash
Download 82 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy texnikaviy informasiyani yig’ish
Ilmiy texnikaviy informasiyani izlash
Har qanday ilmiy tadqiqot tadqiqot o’tkazilishi mo’ljallanayotgan yo’nalishga bag’ishlangan ilmiy texnikaviy informasiyalarni izlashdan boshlanadi. Ilmiy texnikaviy informasiya manbai bo’lib quyidagi hujjatlar hisoblanadi: - kitoblar (darsliklar, o’quv qo’llanmalar, monografiya, broshyuralar); - davriy matbuot (jurnallar, byulletenlar, institutlarning ishlari, ilmiy to’plamlar); - me’yoriy hujjatlar (standartlar, texnikaviy shartlar, yo’riqnomalar, me’yoriy jadvallar, muvaqqat ko’rsatmalar va b.); - katalog va preyskurantlar; - patent hujjatlari; - ilmiy tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlari haqidagi hisobotlar; - informasiyaviy nashrlar (ITI to’plamlari, analitik narxlar, informasiyaviy varaqalar, ekspress informasiya, ko’rgazmalarning prospektlari va b.); - xorijiy ilmiy-texnikaviy adabiyotlar tarjima va asl nusxalari; - dissertasiyalar, avtoreferatlar; - ilmiy-texnikaviy konferensiyalar va ishlab chiqarish yig’ilishlarining ilmiy-texnikaviy materiallari; - ikkilamchi hujjatlar (referativ sharxlar, bibliografik katalog, referativ jurnallar va b.) Ilmiy texnikaviy informasiyani yig’ish Sanab o’tilgan hujjatlar ulkan informasiya oqimini hosil qiladi, uning sur’ati yildan yilga oshib boradi. Bo’sh yuqorilama va quyilama axborot oqimi bir-biridan farqlanadi. Informasiyaning yuqorilama oqimi ijrochilar (ITI oliy o’quv yurtlari, TKB va b.) dan qayd etuvchi idoralarga tomon yo’naladi, quyilama oqim esa bibliografik, sharhlar, referativ va boshqa ma’lumotlar ko’rinishida ijrochilar ularning talabiga ko’ra yo’naladi. Informasiya «eskirish» xususiyatiga ega. Yangi ilmiy va Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar jadal o’sib borishi munosabati bilan informasiya «eskiradi». Uning «eskirish» qonuniyati 4.01-rasmda keltirilgan. Chet elli tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, informasiya qimmatining pasayish («eskirish») jadalligi taxminan gazetalar uchun bir kunda 10%, bir oyda jurnallar uchun 10% bir yilda kitoblar uchun 10%ni tashkil etadi. Shuning uchu ulkan informasiya oqimida yangi, ilg’or, muayyan mavzuni masalani hal qilishda ilmiysini topish faqat bitta ilmiy xodim uchungina emas, balki katta jamoa uchun ham ancha murakkabdir. Zarur informasiyani izlash - ijodiy jarayon, shunga ko’ra uni formallashtirish va demak avtomatlashtirish murakkabli kelib chiqadi. Informasiya oqimi - tanlangan mavzuni ishlab chiqish uchun zarur hujjatlarni izlash bo’yicha operasiyalar majmui. Qo’lda, mexanik tarzda, mexanizasiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Ko’lda izlash odatdagi bibliografik varaqchalar, kartotekalar va nashr ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi. Mexanik izlashda informasiya yetkazuvchilar bo’lib perfokartalar hisoblanadi. Mexanizasiyalashtirilgan izlash hisobli perforasion mashinalarni, avtomatlashtirilgani esa EHMni qo’llashga asoslanadi. Informasiyaviy izlash sistemalarida informasiyaviy izlash tilining turli talqinlari qo’llanadi. Optimal natijaga erishish uchun izlash zarurdir, chunki bunda u yoki bu darajada mavzuni ishlab chiquvchi (yoki ishlab chiqaruvchilar)ning o’zi ishtirok etadi. Izlashni amalga oshira borib, ishlab chiquvchi izlash ko’lamini bamisoli tadqiq etadi va o’z informasiyaviy so’rovi ifodasini aniqlaydi. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling