Namuna Uyning 12 ta xonasi bor. Har bir xonada 2 tadan oyna va 1 ta chiroq oʻrnatilgan. Tunda chiroq yoqilganda, har bir xonaning 2 ta derazasida ham yorugʻ koʻrinadi. Hozir jami 18 ta derazada yorugʻ koʻrinib turgan boʻlsa, nechta chiroq yonmay turganini aniqlang.
12 ∙ 2 = 24
24 – 18 = 6
6 : 2 = 3
|
18 – 12 = 6
6 : 2 = 3
|
18 : 2 = 9
12 – 9 = 3
|
12 : 2 = 6
18 : 6 = 3
| Test kerak, Teeest Test kerak, teeest Faoliyatim davomida oʻqituvchilar mendan eng koʻp soʻraydigan narsa – TEST! Judayam koʻp TESTLAR! AMMO, bitta darsda bitta mantiqiy misolni ishlash – men uchun normal holat! Test kerak, teeest Faqat aniq imtihondan 7-10 kun oldin bolani holatga tayyorlash uchun ishlatiladigan repetitsion testlar bundan mustasno. Xulosa Darsda lotareya oʻynamang! - Darsda bolalarni musobaqalashtirishdan meʼyordan ortiqcha foydalanmang!
- Oldinroq ishlab boʻlgan oʻquvchi (tavakkalchi) ragʻbatlantirmang!
- Topshiriqni bajargan oʻquvchining uni QANDAY ishlagani soʻrang!
- Topshiriqni berishdan maqsad uning qay tartibda ishlashini tushuntirish emas, ishlangan topshiriq sonini oshirish boʻlmasin!
- Doimo har bir topshiriqdan keyin Qanday? Nima uchun? Qay tartibda? Nimaga toʻgʻri? Nimaga xato? kabi savollar soʻralsin!
- Topshiriqni tushintirish uchun vaqtni ayamang!
Oʻquvchini dasturlamang, u kompyuter emas! - Kichik sinf bolasi bilan ishlaganda iloji boricha abstraktlikdan qoching!
- Bolaga aktiv fikrlashni oʻrgating!
- Bola har bir topshiriqni tushinishni, unda nima soʻralayotganini aniq tasavvur qilishni, topshiriqni bajarish uchun qanday bosqichlarni bosib oʻtish kerak ekanligini va olingan javobni tekshirishni bilishini taʼminlang!
Do'stlaringiz bilan baham: |