O’quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to’g’ri kasb-hunar tanlashlariga ko’maklashish


-bob. Psixolog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish tartibi


Download 53.92 Kb.
bet7/11
Sana23.04.2023
Hajmi53.92 Kb.
#1385669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
577 12.07.2019-Низом-қарор лотинча

2-bob. Psixolog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish tartibi
15. Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida o’tkaziladi.
16. Psixolog kadrlarning attestatsiyasini tashkil etish va o’tkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo’yicha amalga oshiriladi.
17. Psixolog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish quyidagi tartibda tashkil qilinadi:
oxirgi ikki yil davomidagi ilmiy va metodik, amaliy psixologik xizmat faoliyatining natijaviyligi, tadbirlarda faol ishtirok etishni o’rganish;
psixologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi va kasbiy bilim ko’nikmalari yuzasidan malaka sinovlarini o’tkazish;
xorijiy tillar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ijtimoiy-siyosiy bilimlarni egallaganligi bo’yicha suhbat.
Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, tikilgan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi.
18. Attestatsiyadan o’tuvchi psixolog kadrlar o’tkazilishi belgilangan attestatsiyadan bir oy oldin ta’limning tegishli boshqaruv organiga va ta’lim muassasasi rahbariga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:
ma’lumotnoma-tarjimai hol;
mehnat daftarchasi, ma’lumoti, malaka toifasi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni to’g’risidagi (agar bo’lsa), malaka oshirganligi va qayta tayyorlash kurslaridan o’tganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
nashr etilgan ilmiy ishlari, maqolalari, psixologik yo’nalishlar bo’yicha o’tkazilgan psixologik tashxis metodikalarining natijaviyligi, maslahat tadbirlarida faol ishtirok etganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar va hisobot (ta’lim muassasasi muhri bosilgan);
psixologik xizmatni rivojlantirish bo’yicha istiqboldagi rejalari to’g’risidagi qisqacha ma’lumot.
Noto’g’ri yoki buzib ko’rsatilgan ma’lumotlar uchun attestatsiyadan o’tuvchi javobgar hisoblanadi.
3-bob. Attestatsiyani tashkil etish va attestatsiya komissiyalarini tuzish tartibi
19. Psixolog kadrlar asosiy ish joyi bo’yicha attestatsiyaga jalb etiladi. Ta’lim muassasalarida o’rindoshlik asosida ishlayotgan va asosiy ish joyi bo’yicha psixologik faoliyat bilan shug’ullanmaydigan psixolog kadrlar (O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi boshqaruv idoralaridagi psixolog kadrlar bundan mustasno) o’rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasida attestatsiyadan o’tadi.
20. Ta’lim muassasalari rahbarlari attestatsiyadan o’tuvchilarning har biri uchun alohida hujjatlar yig’majildini tayyorlaydi.
Hujjatlar yig’majildida attestatsiyadan o’tuvchining pasporti, diplomi, attestatsiyadan o’tganligi to’g’risidagi va amalda foydalanayotgan sertifikati (agar mavjud bo’lsa), malaka oshirganligi haqidagi sertifikati nusxalari, so’nggi bir yil davomidagi psixologik yo’nalishlar bo’yicha o’tkazilgan psixologik tashxis metodikalarining natijaviyligi, trening mashg’ulotlari, o’qituvchilar darslarining psixologik tahlillari, o’z faoliyati yuzasidan amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuqlari (agar mavjud bo’lsa) haqidagi ma’lumotlar to’planadi.
21. Attestatsiya Respublika tashxis markazi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti attestatsiya komissiyalari (keyingi o’rinlarda attestatsiya komissiyalari deb ataladi) tomonidan psixolog kadrlarning malaka talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
22. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarining oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor psixolog kadrlar attestatsiyasini o’tkazish uchun Respublika tashxis markazida attestatsiya komissiyasi tuziladi va komissiya tarkibi O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
23. Oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi attestatsiya komissiyasi tuziladi hamda komissiya tarkibi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
24. Kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi psixolog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish uchun Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti attestatsiya komissiyasi tuziladi va komissiya tarkibi O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
25. Quyidagilar attestatsiya komissiyalarining vazifalari hisoblanadi:
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor psixolog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish;
oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali psixolog kadrlarga sertifikatlar olish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi» davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga buyurtma berish hamda attestatsiya o’tkazilgandan so’ng bir oy muddatda psixolog kadrlarni ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi sertifikatlar bilan ta’minlash;
attestatsiya komissiyasining oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasiga talabgor psixolog kadrlarning attestatsiyasi yakunlari bo’yicha hisobotlarini tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.
26. Attestatsiyadan o’tuvchi psixolog kadrlar attestatsiya komissiyalari tarkibiga kiritilmaydi.
27. Komissiyalar raislari va a’zolari attestatsiya jarayonining ushbu Nizom talablari va tasdiqlangan jadvalga muvofiq o’tkazilishi uchun mas’ul hisoblanadilar.
28. Attestatsiyani o’tkazish attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Attestatsiya komissiyasi qoshida 5 kishidan iborat ekspert guruhi tuziladi. Ekspert guruhining asosiy vazifalari taqdim etilgan ma’lumotlar asosida attestatsiyadan o’tuvchi psixolog kadrlarning kasbiy faoliyatini baholashdan iborat.
Ekspert guruhi a’zolari attestatsiyadan o’tuvchilarga qo’yilgan baholar uchun javobgardirlar.
Ekspert guruhining tarkibi:
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari psixolog kadrlari uchun — hududiy xalq ta’limi boshqarmalari;
akademik litseylar psixolog kadrlari uchun — tegishli oliy ta’lim muassasasi;
kasb-hunar ta’limi muassasalari psixolog kadrlari uchun — Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining rahbarlari buyrug’i bilan tasdiqlanadi.

Download 53.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling