O’quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to’g’ri kasb-hunar tanlashlariga ko’maklashish


-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish tartibi


Download 53.92 Kb.
bet9/11
Sana23.04.2023
Hajmi53.92 Kb.
#1385669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
577 12.07.2019-Низом-қарор лотинча

5-bob. Attestatsiya natijalari yuzasidan murojaat qilish tartibi
51. Attestatsiya komissiyalari qaroridan norozi bo’lgan psixolog kadrlar attestatsiya natijalari e’lon qilingan kundan boshlab o’n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
52. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya boshlangandan keyin uch kun ichida psixolog kadrlarning arizalarini ko’rib chiqish uchun tegishliligiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining buyrug’i bilan besh kishidan iborat tarkibda Respublika tashxis markazi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida tashkil etiladi.
53. Apellyatsiya komissiyasining ish tartibi apellyatsiya komissiyasini tashkil etish to’g’risidagi buyruqda belgilanadi.
54. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga attestatsiya komissiyalari tarkibidan a’zo kiritilmaydi.
55. Apellyatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish maqsadida jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
56. Apellyatsiya komissiyasi yig’ilishida komissiya a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega bo’ladi.
57. Ariza (shikoyat) ro’yxatga olingan kundan boshlab o’n besh kun muddatda ko’rib chiqiladi.
58. Murojaat etuvchi psixolog kadr apellyatsiya komissiyasi tomonidan arizasi (shikoyati) ko’rib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin.
59. Apellyatsiya komissiyasi attestatsiya komissiyasi qarorini o’zgartirishsiz qoldirish yoki uni bekor qilib, qayta attestatsiya tashkil etish haqida qaror chiqaradi.
60. Apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi psixolog kadrga va tegishli attestatsiya komissiyasiga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran besh kun muddatda taqdim etiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
61. Attestatsiya komissiyasi yoki apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(61-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 y., 09G’22G’153G’0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(62-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 y., 09G’22G’153G’0266-son)
Umumiy o’rta va o’rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomga
1-ILOVA

Download 53.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling