O‘quvchilarning sport sektsiyalarida qatnashishi Gimnastika zaliga bo`lgan gigienik talablar Dars oldidan o'tkaziladigan gimnastika
Download 41,13 Kb.
|
1 2
Bog'liqDars oldidan o\'tkaziladigan gimnastika
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchilarning sport sektsiyalarida qatnashishi
Dars oldidan o'tkaziladigan gimnastika Reja: O‘quvchilarning sport sektsiyalarida qatnashishi Gimnastika zaliga bo`lgan gigienik talablar Dars oldidan o'tkaziladigan gimnastika Maktabda dars oldidan o`tkaziladigan gimnastika. Dars boshlanishidan oldin hamma o`quvchilar gimnastika mashg’ulotlarini bajarishlari shart. Uning programmasini jismoniy tarbiya o`qituvchisi maktab vrachi hamkorligida tuzadi. Gimnastika boshlang’ich sinf o`quvchilari uchun 5—8 minut, o`rta sinf o`quvchilari uchun 8—10 minut, yuqori sinf o`quvchilari uchun 12—15 minut davom etadi. Havoning issiq kunlari gimnastika maktab hovlisida, sovuq kunlari — koridor yoki sport zalida o`tkaziladi. Fizkulg’t minut va fizkulg’t pauza. Boshlang’ich sinf o`quvchilarida darsning 3—4soatlarida aqliy mehnat charchash yuzaga keladi. Ularda aqliy charchash belgilarini yo’qotish va darsga e’tiborinn oshirish, ish qobiliyatini yaxshilash uchun 3—4soatlarning o`rtasida 1—2 minutda dars to`xtatiladi va o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar parta yonida turib timnastika harakatlarini bajaradilar. Bu vaqtda deraza framugasini ochib, sinf havosini yangilash kerak. O`rta va yuqori sinflarda 3—4 soat darslaridan. keyin tanaffus paytida sinfkom, sinf komsorgi yoki fizkulg’tura o`qituvchisi rahbarligida hamma o`quvchilar maktab hovlisida, sinfda yoki koridorda 5—6 minut gimnastika mashg’ulotlarini bajaradilar. O‘quvchilarning sport sektsiyalarida qatnashishi O‘quvchilar sinfdan tashqari mashg’ulot sifatida sportaing turli sektsiyalarida qatnashishlari mumkin. Bu sektsiyalarda qatnashuvchilar uchun gigiena talabi shundan iboratki sektsiya mashg’ulotlari haftasiga 2 martadan oshmasligi kerak, mashg’ulot 3—4sinf o`quvchilari uchun 45—60 minut, 5— 6sinf o`quvchilari uchun 60—90 minut, 7—10 sinf o`quvchilari uchun 90—120 minutdan ko`p davom etmasligi kerak. Sektsiyaga qatnashish uchun vrachning ruxsati kerak. Maktabda dars oldidan o`tkaziladigan gimnastika. Sog’lom, jismoniy baquvvat sport sektsiyalariga qatnashadigan o`quvchilar sport mueobaqalariga jalb qilinadilar. Maktabda o`tkaziladigan musobaqalarga 9 yoshdan katta o`quvchilar, rayrn, shahar musobaqalariga 11 yoshdan katta, oblastg’, o`lka musobaqalariga 13 yosh-dan katta, respublika musobaqalariga 15 yoshli va undan katta, O`zbekiston miqyosidagi musobaqalarga 16—18 yoshli o`quvchilar qatnashishi mumkin. Jismoniy mashg’ulotlarning bahzi turlarini bajarganda qo`l qavarishining oldini olish uchun mashg’ulotdan oldin qo`lga magneziya poroshogi surtiladi, mashgulotdan keyin qo`lni sovun bilan yuvib, so`ngra glitserin surtishadi. Download 41,13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling