Oʻquvchining fish yoshi


Download 0.51 Mb.
bet1/8
Sana06.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1433984
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5409259259156244284



Oʻquvchining FISH ______________________________________________ Yoshi _____
1-test topshiriq. Subʼektiv lokal nazorat xususiyatlarini oʼrganish soʼrovnomasi
Mazkur soʼrovnoma S.R.Panteleev va V.V.Stolin tomonidan Dj.Rotter shkalasini modifikatsiya qilish asosida ishlab chiqilgan boʼlib, subʼektiv lokal nazoratning ustun turini aniqlash uchun xizmat qiladi. Ushbu berilgan a va b variantli tasdiqlardan qaysi biri siz uchun togri bolsa, shu javobni belgilang. Hurmatli oʻquvchi ushbu berilayotgan savollarga koʻp oʻylanmasdan javob berishga harakat qiling, bu javoblar ichida toʻgʻri yoki notoʻgʻri javoblar yoʻq. Bu Sizning fikringiz sanaladi.


1. a) bolalar tarbiyasidagi muammolar ota — onalarning xaddan tashqari qattiqqoʼlligi tufaylidir.

1. b) bolalar tarbiyasidagi koʼpchilik muammolar ota — onalarning yetarlicha qattiqqoʼl emasligidan kelib chiqadi.

2.a) hayotdagi koʼpchilik muvaffaqiyatsizliklar sababi omadsizlikdir.

2. b) odamning omadsizligiga uning oʼz xatolari sababdir.

3. a) aholiga xizmat koʼrsatish sohalaridagi koʼpchilik muammolar ular bilan yaxshi kurash olib borilayotganligimiz sababli roʼy bermoqda.

3. b) yaqin orada aholiga xizmat koʼrsatish sohalarini deyarli yaxshilab boʼlmaydi.



4. a) Odamning oʼzi nimaga arzisa, boshqalr unga shunday munosabatda boʼladilar.

4.b) afsuski, koʼp hollarda odamning ijobiy sifatlari eʼtiborsiz qoldiriladi.

5. a) oquvchi hayotining tinch boʼlishi uning talim dargohi bilan boʼlgan munosabatiga bogʼliq

5. b) masʼuliyatli va intizomli oquvchining oʼqish bilan bogʼliq muammolari boʼlmaydi.

6. a) oʼqituvchilarning adolatsizligi haqidagi shikoyatlar koʼpincha asossiz boʼladi

6. b) koʼpchilik talabalar ularning bahosi baxtli yoki baxtsiz tasodifga bogʼliq ekanini tushunmaydilar.

7. a) omadsiz hech kim hayotda muvaffaqiyatga erisha olmaydi



7. b) agar qobiliyatli inson hayotda koʼp narsaga erisha olmagan boʼlsa, demak, u bor kuchini ishga solmagan

8.a) harchand harakat qilmang baʼzi odamlarga baribir yoqa olmaysiz

8. b) boshqalarga yoqmaydigan odamlar shunchaki ularning tilini tushunmaydi

9. a) nasl — nasab inson hayotida koʼp narsani hal qiladi.

9. b) inson hayotining qanday boʼlishi uning oʼz harakatlariga bogʼliq

10. a) tajribamdan bilamanki, agar biror narsa roʼy berishi kerak boʼlsa, u roʼy beradi

10. b) men shunga amin boʼldimki, odamga ishongandan koʼra harakat qilgan afzal

11. a) darsga yaxshi tayyorlangan talaba koʼpincha yaxshi baxo oladi

11. b) imtixon — bu lotoreya va unga koʼp kuch sarflab tayyorlanish shart emas

12. a) muvaffaqiyat mashaqqatli mehnatdan keyin kelib, odamga deyarli bogʼliq emas

12. b) yaxshi joyga joylashish uchun zarur vaqtda zarur joyda boʼlishi kerak

13. a) oquvchining fikri asosli boʼlsagina eʼtiborga olinadi

13. b) oquvchilar maktab qarorlariga deyarli taʼsir oʼtkazmaydi

14. a) nimani rejalashtirmay men doim moʼljallangan narsalarni qila olishimga ishonaman

14. b) baʼzida ishni rejalashtirmagan maʼqul, chunki koʼp narsa vaziyatga bogʼliq

15. a) shunday odamlar borki, ulardan hech yaxshilik chiqmaydi

15. b) har qanday insonda qandaydir yaxshi jihat boʼladi

16. a) agar toʼgʼri qaror qabul qilingan boʼlsa, natijaga erishish vaziyatga unchalik bogʼliq boʼlmaydi

16. b) koʼp hollarda biz tavakkaliga qaror qabul qilamiz



17. a) kimning rahbar etib tayinlanishi omadga bogʼliq

17. b) odamlarni boshqarish uchun maxsus qobiliyatlar kerak

18. a) olamdagi voqealar bizning ixtiyorimizdan tashqarisidagi kuchlarga bogʼliq

18. b) siyosat va jamoat ishlarida qatnashib odamlar jahondagi voqealarni boshqarishi mumkin.

19. a) agar yotoqxonada hayot zerikarli boʼlsa, demak, talabalar qoʼmitasi yaxshi ishlamayapti

19. b) yotoqxonadagi hayotni qiziqarli qilish talabalarning oʼz qoʼlida

20. a) koʼpchilik odamlar ularning hayoti tasoddiflarga qanchalik bogʼliq ekanini tushunmaydilar ham

20. b) omad degan narsaning oʼzi yoʼq



21.a) odamning baʼzida xato qilishga haqqi bor

21. b) odatda yoʼl qoʼyilgan xatolarni bekitgan maʼqul.

22. a) nima uchun ayrim odamlarga yoqishimizni tushunishimiz qiyin

22. b) doʼstlar sonining koʼpligi oʼzining qanday inson ekaniga bogʼliq

23.a) hayotimda roʼy beradigan kungilsizliklar bilan muvaffaqiyatlar oʼzaro muvozanatda boʼladi

23. b) baxtsiz hayot insonda qobiliyatlarning yetishmasligi, uning dangasaligi natijasi

24. a) magistrant talaba — bu avvallari bakavlariat bosqichida yaxshi oʼqigan, qobiliyatli, mehnatsevar talabadir

24. b) magistraturaga kirish uchun tanish — bilish kerak

25. a) baʼzida oʼqituvchilar bahoni nima asosida qoʼyishini tushunaolmay qolaman

25. b) qanchalik koʼp harakat qilsam, shunchalik yaxshi baho olaman

26.a) bugun sidqidildan mehnat qilsam, ertaga ilmiy muvaffaqiyatlarga erishaman

26. b) koʼpchilik ilmiy kashfiyotlar kutilmagan tasoddiflar natijasidir

27.a) ixtiyoriy ravishda hozir ishlagan holda, men kelajakdagi ilmiy yutuqlarni kafolatlayman;

27.b) ko'pgina buyuk ilmiy kashfiyotlar oldindan aytib bo'lmaydigan tushunchalar natijasidir.

28. a) baʼzida hayotimda roʼy berayotgan hodisalarga men unchalik kuchli taʼsir koʼrsata olmayotganimni his etaman

28. b) hayotimda omad koʼp narsani hal qilishi mumkinligiga deyarli ishonmayman



29. a) odamning yolgʼizligiga uning oʼzi boshqalar bilan doʼstlashishni xohlamasligi sabab boʼladi

29. b) boshqalarga yoqish uchun harakat qilishdan foyda yoʼq, yoqsang ularga shunday ham yoqasan

30. a) maktabda keraksiz ravishda jismoniy tarbiyaga koʼp eʼtibor beriladi

30. b) sport bilan shugʼullanish harakter tarbiyasining eng yaxshi vositasidir

31.a) men bilan nima hodisa roʼy bersa, bunga avvalo oʼzim sababchiman

31. b) baʼzida menga hayotim oʼz — oʼzidan oʼtayotgandek boʼlib tuyuladi

32.a) oddiy oquvchining maktab mamuriyatining nima asosda har xil qarorlar chiqarishini tushunishi qiyin

32. b) maktab mamuriyatining qatʼiy choralar koʼrishiga oquvchilarning oʼzi sababchi boʼladi.

Kalit
Internal lokus nazorat: 2b, 3a, 4a, 5b, 6a, 7b, 8b, 10b, 11a, 12a, 13a, 14a, 16a, 17b, 18b, 19b, 20b, 22b, 23b, 24b, 25b, 27a, 28b, 29a, 31a, 32b.
Eksternal lokus nazorat: 2a, 3b, 4b, 5a, 6b, 7a, 8a, 10a, 11b, 12b, 13b, 14b, 16b, 17a, 18a, 19a, 20a, 22a, 23a, 24a, 25a, 27b, 28a, 29b, 31b, 32a.
Chalgʼituvchi bandlar: 1, 9, 15, 21, 26, 30.
Subʼektiv lokal nazorat koʼrsatkichi sinaluvchi internal lokus nazorat darajasini oʼlchashga xizmat qiluvchi bandlar boʼyicha toʼplagan ball asosida hisoblab topiladi. Bunda 26 ball maksimal darajadagi eksternal nazoratga muvofiq keladi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling