O‘quvchining maktabga, bilim olishga va sinfdoshlarining unga bo‘lgan munosabatini aniqlash Ko‘rsatma


Download 36.5 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1366538
Bog'liq
4 5 sinflar O‘quvchining maktabga, bilim olishga va sinfdoshlarining


O‘quvchining maktabga, bilim olishga va sinfdoshlarining unga bo‘lgan munosabatini aniqlash


Ko‘rsatma: o‘quvchiga jadvalda berilgan savollarga o‘ziga ma’qul bo‘lgan javoblarning faqat bittasini tanlab belgilashi taklif etiladi.



T.r

Savollar

Javoblar

1.

Maktabda o‘qish senga yoqadimi?

Ha
Bilmadim
Yo‘q

2.

Sen har doim ta’lim muassasasiga bajonidil borasanmi yoki uyda qolishni istaysanmi?

Bajonidil boraman
Har doim har xil
Ko‘proq uyda qolishni xohlayman

3.

Agar o‘qituvchi ertaga hamma o‘quvchilar maktabga kelishi shart emas deb qolgudek bo‘lsa, sen qanday yo‘l tutasan?

Maktabga borar edim
Bilmadim
Uyda qolar edim

4.

Senga ma’lum sabablarga ko‘ra darslarning qoldirilishi yoqadimi?

Yoqmaydi
Har doim ham emas
Yoqadi

5.

O‘qituvchi uy vazifasi bermasligini xohlarmiding?

Xohlamas edim
Bilmadim
Xohlar edim

6.

Maktabda faqatgina tanaffus bo‘lishini xohlarmiding?

Yo‘q
Bilmadim
Xohlar edim

7.

Ota-onangga va do‘stlaringga o‘qishing, maktab haqida gapirib berasanmi?

Doim
Kamdan-kam
Yo‘q gapirmayman

8.

Sen o‘qituvchining fe’lini yumshoqroq bo‘lishini xohlarmiding?

Menga o‘zimning o‘qituvchim yoqadi
Aniq aytolmayman
Xohlar edim

9.

Sinfda do‘stlaring ko‘pmi?

Ko‘p
Kam
Do‘stlarim yo‘q

10.

Senga sinfdoshlaring yoqadimi

Yoqadi
Unchalik emas
Yoqmaydi

Natijalar tahlili
Har birinchi javob uchun – 3 ball. Oraliq javob uchun -1 ball, oxirgi javob uchun – 0 ball.
Eng yuqori ball – 30 ball.
25-30 ball. O‘qishga faolligi yuqori, o‘quvchining maktabga va bilim olishga munosabati yaxshi.
20-24 ball. Maktabga nisbatan munosabati ijobiy.
15-19- ball. Maktabga munosabati ijobiy, lekin o‘quv jarayoni uni qiziqtirmaydi.
10-14 ball. O‘zini o‘quvchi sifatida his etmaydi.
10 balldan past. Maktabga, o‘qishga munosabati salbiy
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling