Oracle pdf


M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid


Download 194.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana03.02.2023
Hajmi194.1 Kb.
#1151271
1   2   3   4   5
Bog'liq
oracle (2)

M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid 
tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarningnomlangan to‘plamidir. 
Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib 
hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini 
engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu
tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat 
vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi 
ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi 
mumkin.
Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega 
bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle
Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i n i b o sh q a r i sh t i z i m i – bu ma’lumotlar 
bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni 
topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til 
vositasidir.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar 
bilan chambarchas bog‘liq .


2.1. ORACLE NIMA?
Oracle (Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) – katta hajmdagi 
ma'lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma'lumotlarni so'rov orqali istalgan 
ko'rinishda chiqarib olish, ma'lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi
ma'lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o'rnatish, ma'lumotlar 
asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma'lumotlar ustida juda katta 
ko'lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini 
server va klient ko'rinishida o'rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish
mumkin.
Bu dastur asosan katta xajmdagi ma'lumotlar bilin ishlaganligi uchun , asosan yirik
korxonalarda ishlatiladi. Bu dasturning asosini ma'lumotlar bazasi tushunchasi 
tashkil etadi.
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarini o‘rganishda biz 
avalam bor iqtisodiy sohalarda qo‘llanilayotgan MBBTni o‘rganishimiz lozim. Bu 
MBBT Oracle va My SQL hisoblanadi. Oracle MBBT AQSHning Oracle 
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u jahon borzoi orqali sotib olinadi.
Unda yaratilgan MB integrallashgan tizimlarda foydalanish imkoniyati juda katta 
va xavfsizligi taminlangan hisoblanadi.
Bazada saqlanayotgan ma'lumotlarni xafsizligini saqlash maqsadida 
Oracle(MBBT) da juda ko'p ishlar amalga oshirilgan, biz ularni keyingi 
maqolalarda ko'ramiz. Ma'lumotlar bazasini tashkil etgan fayllarni: ma'lumotlar 


bazasi fayllari va ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllar ko'rinishida 
ajratishimiz mumkin. Ma'lumotlar bazasi fayllarida ma'lumotlar saqlanadi, 
ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllarda har xil protokollar, sozlashlar 
kabi qo'shimcha ma'lumotlar saqlanadi. Bu ma'lumotlar bilan Oracle 
administratorlari ruxsat bergan foydalanuvchilargina ishlay oladi.
Oracle ning juda ko'p utilitlari(Rman, Oracle Data Guard, Oracle Data Grid,… ) 
mavjud bo'lib, ular ham ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko'rinishda 
taqdim etish(boshqarish, nazorat qilish) uchun ishlatiladi. Misol tariqasida Rman 
utilitasini oladigan bo'lsak, bu utilita bazani to'liq yoki qisman zahira nusxalarini 
juda katta xajmga kamaytirib(siqib) hosil qiladi va saqlash uchun o'zi chunarli 
bo'lgan kodlarga aylantiradi. Bazaga shikast etganda shu zahira nusha orqali bazani
qayta tiklash mumkin bo'ladi.
Oracle SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so'rov tili ma'lumotlar 
bazasini yuklash, uni to'xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o'chirish, 
o'zgartirish, ma'lumotlar ichidan kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar 
uchun ishlatiladi. Bu til juda ko'p 
Download 194.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling