Oradan uch kun o‘tdi xamki, Mahmuda na birovga biron ish aytdi, na murodu maxsadini surushtirdi. Ushbu gapda necha o‘rinda imloviy xatolik uchraydi? A ta b ta c ta d 4 ta 2
Download 299.9 Kb. Pdf ko'rish
|
@ona tili haydarov b
1. Oradan uch kun o‘tdi xamki, Mahmuda na birovga biron ish aytdi, na murodu maxsadini surushtirdi. Ushbu gapda necha o‘rinda imloviy xatolik uchraydi? A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta 2. Quyidagi qolipga mos keluvchi bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang. A) Har bir narsa aqlga muhtoj, lekin aql tajribaga muhtojdir. B) Tovus chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa sharaf-u shonini saqlaydi. C) G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. D) Hunar ado bo‘lmas boylikdir, shu sababli yoshlik chog‘ingdan boshlab biron- bir hunarni o‘rganish payida bo‘l. 3. Ajratilgan aniqlovchi qatnashgan gapni aniqlang. A) Adolatli, fanni sevuvchi aqlli hukmdor insonparvarlik munosabatlarini adolat talablariga moslashtirib turishi kerak. B) Bugun sizni yana, ikkinchi marta, kechirishdi. C) Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag‘-dag‘ titraydi. D) O‘g‘lim, qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapti, – dedi ona. 4. Quyidagilardan asosi ham, yasama so‘z ham bir xil turkumga mansub bo‘lmaganlarini aniqlang. 1) achitqi – tutatqi, 2) kechki – tepki 3) bugungi – sezgi, 4) elak – chirik, 5) chizg‘ich – yulg‘ich 6) yasama – bostirma; 7) unumdor – mulkdor A) 2, 3 B) 1, 4, 5, 6 C) 2, 3, 5, 7 D) 3, 4, 6 5. Bosh gap qismida qo‘shimcha qo‘shilishi ta’sirida tovush almashishi yuz bergan va shunday yozilgan so‘z qatnashgan ergashgan qo‘shma gapni toping. A) Bola ularni ko‘rgandi, shuning uchun ularga yordamlashishga shoshilgandi. B) Toleyim shuki, men mustaqil O‘zbekiston farzandiman. C) Hayotingda kim uchundir foydali inson bo‘lsang, mana shu sening eng katta yutug‘ingdir. D) Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg‘aysa, kuz erta keladi. 6. To‘rt o‘rinda so‘z yasovchi qo‘shimcha qatnashgan gapni aniqlang. A) Atrofdagi hovlilardan ko‘tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi. B) Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor jang qildi. C) Bu dunyoda uning qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q: duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik – hammasini eplaydi. D) Tuproq qatlami qalin, sersuv yerlarda o‘sgan archalar yo‘g‘on va bo‘ydor bo‘ladi. 7. Insonni butun borliq: odamlar, buyum va narsalar, voqea-hodisalar, ammo, eng avvalo va aksar hollarda, odamlar tarbiyalaydi. Ushbu gapda tinish belgilarining qo‘llanilishi bilan bog‘liq hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri emas? A) Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganligi uchun ikki nuqta qo‘llangan. B) Ushbu gapda uyushiq bo‘laklarning orasida vergul qo‘llanilishi kuzatiladi. C) Kiritma vergul bilan ajratilgan. D) Uyushiq bo‘laklardan va umumlashtiruvchi so‘z orasiga ikki nuqta qo‘llangan. 8. Ayol borki, bola kulgisi, bola ingasi kabutar kabi olam uzra qanot qoqib jahon kezadi. Ushbu gap haqida to‘g‘ri hukmni toping. A) Ushbu gapda ikkita sof ko‘makchi ishtirok etgan. B) Ushbu gapda imloviy jihatdan xato yozilgan ot so‘z turkumiga oid so‘z qatnashgan. C) Ushbu gapda 3 ta shaxs nomi qatnashgan. D) Ushbu gapda modal so‘z ishtirok etmagan. 9. “Muhammad ibn Urva Yamanga voliy bo‘lib kirib borganida Yaman ahliga shunday xitob qilgan ekan: “Ey ahli Yaman! Mana bu mening ulovim”. Ushbu gapda qatnashgan paronim juftiga ega bo‘lgan so‘zning ma’nodoshi qaysi gap tarkibida hol vazifasida kelgan? A) Oramizdagi rasmiy munosabat xiyla arib, qandaydir inoqlik paydo bo‘ldi. B) Hammasi bilan juda totuv ishladik, birortasi menga na ogohlantirish, na vigovor bergan! C) Ko‘p bilgan oz so‘zlar, oz so‘zlasa ham, soz so‘zlar. D) Qishloq odamlari mehnatkash va ahil ekanlar. 10. Tasavvur qila olasizmi, butun koinot igna uchidan ham kichkina narsaning portlashidan vujudga kelgan. Mazkur gap haqida berilgan ma’lumotlardan qaysilari to‘g‘ri? 1) Ushbu gapda qaralmishlarning vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib kelishi kuzatiladi; 2) Ushbu gapda harakat nomining qo‘shma fe’lga tobelanishi kuzatiladi; 3) Ushbu gapda qatnashgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining ko‘makchi qismi qo‘shma fe’l sanaladi; 4) Ushbu gapda sifatlanmishning qaratqich aniqlovchi bo‘lib kelishi kuzatiladi. A) 1, 2 B) 3, 4 C) 2, 4 D) 2, 3 Download 299.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling