28. Odam bo‘ldimmi menam?
Ha, odam sanashar meni elimda.
Senga qilolmagan xizmatim,
Sen deb chekolmagan zahmatim –
Jindak zehnim, jindak she’rim, jindak g‘azalxonligim,
Onalik mehriga to‘ymagan mehrim, jindak yaxshilik va yomonligim,
Meni odam sanagan elimga baxshida.
Yuqoridagi misralar muallifi kim?
A)
Mirtemir
B)
Anvar Obidjon
C)
Shavkat Rahmon
D)
Halima Xudoyberdiyeva
29. Qaysi javobdagi asarlar Asqad Muxtor qalamiga mansub?
A) “Bong”, “Poytaxt”, “O‘ch”
B) “Zar qadri”, “Jar yoqasidagi chaqmoq”,
“Daryolar tutashgan joyda”
C) “Mahmud Tarobiy”, “Opa-singillar», “Karvon
yo‘llarida”
D) “Chinor”, “Amu”, “Dilbar davr qizi”
30. Sensiz bu jahon ayshi alamdur manga, ey do‘st,
Shodlig‘i ham mehnat-u g‘amdur manga, ey do‘st.
Ushbu misralarga oid noto‘g‘ri mulohazani aniqlang.
A) Nido san’ati qo‘llangan.
B)
G‘amdur, alamdur so‘zlaridagi
“m” tovushi raviy bo‘lib kelgan.
C) Tanosub san’ati qo‘llangan.
D) Qofiyasi – muqayyad qofiya.