Oraliq nazorat 1


Download 213.86 Kb.
bet2/3
Sana25.12.2022
Hajmi213.86 Kb.
#1065727
1   2   3
Bog'liq
Oraliq nazorat 1

Namunaviy o’quv reja – OTMlarining aniq bir ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun o’rnatilgan tartibda DTSga asosan tayanch OTMlarining tegishli kafedrasi tomonidan turdosh OTMlarining shu soha bo’yicha buyurtmachilarini jalb etgan holda ishlab chiqiladigan me’yoriy huquqiy hujjatdir.
Ishchi o’quv reja - oliy ta’lim muassasasining aniq bir ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun namunaviy o’quv reja asosida har o’quv yili uchun ishlab chiqiladigan va o’rnatilgan tartibda OTMning rektori tomonidan tasdiqlanadigan o’quv jarayonining asosiy me’yoriy hujjatidir.
O’quv rejada quyidagilar o’z ifodasini topadi

  • yo’nalshi (ixtisoslik) kodi va uning nomlanishi, o’qish muddati, o’qishni tugatgandan so’ng olinadigan akademik darajasi.

  • ta’lim shakli.

  • o’quv davrining taqsimoti (jadvali).

  • o’quv jarayonining rejasi.

  • o’rganiladigan o’quv predmetlari.

  • har bir o’quv predmetini o’rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdori.

  • o’rganish uchun ajratilgan vaqtni – nazariy, amaliy va tajriba mashg’ulotlari, seminarlar, kurs ishlari va mustaqil ta’limga qanday miqdorda taqsimlanganligi.

  • o’quv predmetini qaysi kurs, semestrlarda, haftasiga qancha soatdan o’rganish tartibi.

  • Davlat Attestatsiyasi.

  • tanlov fanlarinig ro’yxati

  • izohlar

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalariga qo‘yiladigan umumiy talablar:
Bakalavriatda o‘quv rejalari va fanlar dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini o‘zlashtirishini nazarda tutishi zarur:
gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va matematik hamda tabiiy-ilmiy;
umumkasbiy fanlar;
ixtisoslik fanlari;
❑ qo‘shimcha fanlar.

4. Masofadan turib yoki odatdagidek sinfxonalarida ta’lim olish - bu ko’plab abituriyentlarni qiynayotgan savol. Ko’pincha o’quvchilar masofaviy ta’lim olishni tanlashdan qo’rqishadi, chunki ular ushbu ta’lim usulining ijobiy va salbiy tomonlariga aniqlik kiritmaydilar. Agar siz bu tartibda bilim olishni xohlasangiz, masofaviy bilim olishning afzalliklari va kamchiliklarini tushunganingiz ma’qul.


 
Download 213.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling