Oraliq nazorat ishi bajardi: bha 01. 21 guruh talabalari Adhamov Bobirbek


Download 31.96 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi31.96 Kb.
#1369517
  1   2   3   4
Bog'liq
moliyaviy hisob


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUTI
BUXGALTERIYA IQTISODIYOT
fakulteti
Moliyaviy Hisob Nazariyasi fanidan
Daromadlar va xarajatlar hisobi mavzusida
ORALIQ NAZORAT ISHI
Bajardi: BHA 01.21 guruh talabalari
1. Adhamov Bobirbek
2. Keldiyorova Shoxista
3. Xushboqov Murodali
Mavzu: Daromadlar va xarajatlar hisobi

Reja:

        1. Kirish

        2. Asosiy qism:

        • Asosiy faoliyat daromadlari va xarajatlari hamda ularni hisobga olish

        • Davr xarajatlari hisobi

        • Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi

        • Moliyaviy daromadlar va moliyaviy xarajatlar hisobi.

        1. Xulosa

        2. Foydalanilgan adabiyotlar va normativ huquqiy hujjatlar



Kirish


Daromad – bu tashkilot tomonidan ma’lum vaqt davomida o’z tijorat faoliyatini amalga oshirishdan, shuningdek moliyaviy operatsiyalardan olgan mablag’larning yig’indisi.
Har qanday kompaniyaning faoliyati ham xarajatlar bilan bog’liq. Binolarni ijaraga olish, tovarlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalarni sotib olish, xaridorlarni jalb qilish bo’yicha marketing majmuasining narxi, yollangan xodimlarning mehnatiga haq to’lash – bu kompaniya o’z faoliyatini davom ettirish uchun sarflanishi kerak bo’lgan xarajatlarning kichik ro’yxati. Boshqa yo’l bilan, ular xarajatlar deb nomlanadi.
Daromad va xarajatlarni hisobga olish O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonunining 18-moddasi bilan tartibga solingan. Daromadlar va xarajatlar to‘langan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq aks ettiriladi.

Xarajatlar va daromadlar hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:



  • Buxgalteriya hisobida daromadlar va xarajatlar sifatida baholangan xo’jalik faktlarini identifikatsiya qilish

  • Xarajatlar va daromadlarning vujudga kelish, tan olinish vaqtini aniqlash

  • Daromadlar va xarajatlar miqdorini aniqlash

  • Daromadlar va xarajatlarni moliyaviy natijalar aniqlanadigan tegishli hisobot davriga olib borish

Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning xo’jalik faoliyatini amalga oshirishi natijasida olinadigan daromadlari xisobotga quyidagi asosiy bulimlar buyicha kiritiladi:

  • Sotishdan olingan sof tushum

  • Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar

  • Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar

  • Favqulodda olingan daromadlar


Download 31.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling