Oraliq nazorat ishi


Download 164.73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.11.2021
Hajmi164.73 Kb.
#173465
Bog'liq
Mahmud



1

X.T.Odilqoriyev Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent Adolat nashri. 2018. – 528 b.

Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent TDYU nashri. 2011.-170 b.

  

                               ORALIQ NAZORAT ISHI



                                       Davlat va huquq nazariyasidan

                                                  2.12.2020 yil




2

X.T.Odilqoriyev Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent Adolat nashri. 2018. – 528 b.

Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent TDYU nashri. 2011.-170 b.

Muammoviy savol:

3. Davlat va huquqning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariyalarning xilma-xilligini

asoslang. Ularning o’xshash va farqli jixatlarini atroflicha muhokama qiling.

Javob:

Davlatning  paydo  bo‘lishi  haqida  quyidagi  nazariyalar  mavjud:  sinfiy



nazariya,  diniy  nazariya,  patriarxal  nazariya,  shartnoma  nazariyasi,  zo‘rlik

nazariyasi, psixologik nazariya, irrigatsiya nazariyasi.

Birinchi  navbatda  aslida  tepada  qayd  etilgan  nazariyalar  nima  degan  savolga

javob olsak.                                                                                                                

Sinfiy nazariya

.  Bu  nazariya  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  G‘arbiy  Yevropada

vujudga  kelgan  bo‘lib,  XX  asrning  90-yillarigacha  hukmronlik  qilgan.  Mazkur

nazariya vak, ortiqcha mahsulot va xususiy mulkning vujudga kelishi, jamiyatning

qarama-qarshi  iqtisodiy  manfaatlarga  ega  sinflarga  ajralishi  tufayli  vujudga  illari

K.  Marks,  F.  Engels  va  V.  Lenin  hisoblanadi.  Ularning  fikricha,  davlat  iqtisodiy

sabablar, ijtimoiy mehnat taqsimoti kelgan deyiladi.

Diniy nazariya

 – o‘rta asrlarda hukmron bo boshqa nazariyalar bilan birgalikda

Yevropa va boshqa qit’alarga tarqalgan. Mazkur nazariya vakillari A. Avgustin, F.

Akvinskiy,  Mariten,  Marselar  hisoblanib,  davlatni  xudo  tomonidan  yaratilganligi

xususida o‘z fikrlarini bildiradilar. Ular butun hokimiyat xudoniki, degan g‘oyani

ilgari  suradilar.  Davlatni  boshqarayotgan  ‘lgan.  Hozirgi  davrda  shaxs,  ya’ni

hukmdor podsho, xudoning yerdagi vakili hisoblanib, uning amriga itoat qilmaslik

xudoga shak keltirish bilan bab-barobar, deb tushunadilar.

Patriarxal  nazariyaning

  mohiyati  shundaki,  uning  mualliflarining  fikricha

davlat  oila  andozasi  bo‘yicha  vujudga  keladi.  Mazkur  nazariya  tarafdorlarining

ta’kidlashicha, davlat – oilaning taraqqiy etishi natijasida paydo bo‘lgan. Dastavval

oila paydo bo‘lgan, so‘ngra oila o‘sib urug‘ga, urug‘ qabilaga, qabila esa davlatga

aylangan,  deyiladi.  Monarx  hokimiyati  esa  go‘yo  oilaning  barcha  azolariga

rahbarlik qiladigan otadan meros bo‘lib o‘tgan, deb hisoblaydilar. Ushbu nazariya

Yunonistonda  (qadimgi  Gretsiyada)  paydo  bo‘lgan  va  Aristotel  asarlarida  asoslab

berilgan,  XVII  asrda  yashagan  ingliz  olimi  Filmerning  «Patriarx»  asarida

rivojlantirilgan. Muallif Injilga asoslanib, Odam atoning hokimiyatni xudodan olib,

o‘zining  katta  o‘g‘li  patriarxga,  u  esa  o‘zining  avlodlari  bo‘lga  qirollarga

berganligini isbotlashga harakat qilgan. 

Shartnoma  nazariyasi

  XVII  va  XVIII  asrlarda  vujudga  kelgan  bo‘lib,  ushbu

nazariya vakillarining ta’kidlashicha, hokimiyat xalq tomonidan, xalqning monarx




3

X.T.Odilqoriyev Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent Adolat nashri. 2018. – 528 b.

Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent TDYU nashri. 2011.-170 b.

bilan  bitishuvi  natijasida  o‘rnatiladi,  deyilgan.  Gollandiyada  ushbu  nazariyani

Gugo  Grotsiy  va  Spinoza,  Angliyada  Lokk  va  Gobbs,  Fransiyada  Jan  Jak  Russo,

Rossiyada  A.N.  Radishchev  rivojlantirgan.  J.  Russo  ushbu  nazariya  bo‘yicha

«Ijtimoiy shartnoma» nomli kitob yozgan bo‘lib, mazkur kitobda u «Agar monarx

hokimiyatni  suiiste’mol  qilsa,  xalq  qo‘zg‘alon  ko‘tarishga  va  monarxni  taxtdan

ag‘darishga haqli bo‘lgan», deydi. 

Zo‘rlik  nazariyasi

  vakillari  fikriga  ko‘ra  (Gumplovich,  Kautskiy)  davlatning

kelib chiqishida zo‘rlik harakati, bir xalqning boshqa xalq tomonidan bosib olinishi

yotadi. Davlat g‘olibning hokimiyatini mustahkamlash uchun tuziladi.

Psixologik  nazariya  tarafdorlari

  G.  Tarrd,  Z.  Freyd  va  L.I.  Petrajitskiylardir.

Bu nazariya davlatning kelib chiqishini kishilarning hukmronlikka va bo‘ysunishga

ehtiyoji bilan izohlaydi. Rus olimlari Korkunov va Petrajitskiylar davlat insonning

bo‘ysunishga  intilishi  orqasida  paydo  bo‘ladi,  deb  hisoblaydilar.  Psixologik

nazariya xalqni alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan kishilarga bo‘ysunishni istovchi

passiv omma, deb ataydi. 

Irrigatsiya nazariyasi

 davlatlarning kelib chiqishi ularning ilk shakllari Sharqda

ulkan  irrigatsiya  inshootlarini  qurish  va  ulardan  foydalanish  bilan  bog‘liqlikni

ifodalaydi.  Ushbu  nazariya  nemis  olimi  Vittifogelning  «Sharq  istibdodi»  asarida

ifodalab  berilgan.  Shuningdek,  O‘zbekiston  hududida  davlatning  paydo  bo‘lishi

ham  bevosita  irrigatsiya  nazariyasi  bilan  bog‘liqdir.  Huquqning  paydo  bo‘lishi

haqida olimlar turli xil nazariyalarni ilgari suradilar:

Tabiiy  huquq  nazariyasi

  –  ushbu  huquq  nazariyalarining  eng  qadimiy  turi

hisoblanadi.  Ushbu  nazariya  vakillari  huquqning  o‘zida  adolatning  mutlaq,

o‘zgarmas  ibtidosini  mujassam  etganligidan  kelib  chiqadilar.  Huquq  tabiatan

mavjud, uni hech kim o‘ylab topmagan, u xuddi inson kabi tabiiydir.

Huquqning  tarixiy  nazariyasi

  –  mazkur  nazariya  vakillari  huquqni  tabiatan

mavjudligini  inkor  etishadi,  ya’ni  huquq  aslo  tabiatan  paydo  bo‘lmagan,  balki

huquq  tarixan  paydo  bo‘lgan  va  rivojlangan,  deb  hisoblaydi.  Yerga  ekilgan  urug‘

kabi, u xalqning ongida o‘sib boradi va adolat qonunlar shaklida namoyon bo‘ladi.

U yoki bu xalqning tarixiy hayoti huquqni qanday ko‘rinishga keltirsa, u shunday

bo‘lib qoladi. 

Huquqning  psixologik  nazariyasi

  vakillarining  ta’kidlashicha,  huquqning

kelib  chiqishi  va  rivojlanishi  shaxs  yoki  shaxslar  guruhining  psixologiyasi  bilan

izohlanadi.  Huquq  psixologik  yo’nalishlar,  turli  kechinmalar,  hissiyotlar  va

instinktlarning mahsulidir, deb uqtiriladi.




4

X.T.Odilqoriyev Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent Adolat nashri. 2018. – 528 b.

Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent TDYU nashri. 2011.-170 b.

Huquqning  diniy  nazariyasi

  XVII–XVIII  asrlarda  vujudga  kelgan  bo‘lib,

asosiy  vakili  Foma  Akvinskiy  hisoblanadi.  Uning  davrida  amaldagi  huquqning

asosini  ilohiy  qonunlar  va  tabiiy  huquqlar  tashkil  qiladi,  deb  e’lon  qilingan.  Bu

nazariyani  islom  dini  va  katolik  cherkov  namoyandalari  qo‘llaydilar.  Huquqning

kelib  chiqishini  tushuntirishda  teologik  nazariya  tarafdorlari  asosiy  qonunlar

insonga  xudo  tomonidan  beriladi,  deb  ko‘rsatilgan  diniy  kitoblarga  tayanganlar.

Masalan, Qur’on, Injil, Tavrot. 

Huquqning  sinfiy  nazariyasi

  vakillarining  ta’kidlashicha,  huquq  tabiiy  ham,

tarixan ham, hatto psixologik holda ham vujudga kelmagan, balki huquq hukmron

sinfning manfaatini himoya qilish uchun davlat bilan bir vaqtda unga siyosiy qurol

sifatida  maydonga  chiqqan,  deyiladi.  Ularning  fikricha,  huquqning  paydo

bo‘lishida  uchta  bosqich  mavjud  bo‘lgan:  birinchi  bosqich  –  odatning  mutlaq

hukmronligi  davri;  ikkinchi  bosqich  –  odat  bilan  huquqning  bir  vaqtda  amalda

bo‘lish  davri;  uchinchi  bosqich  –  huquqning  mutlaq  hukmronlik  davri.  Mazkur

nazariya vakillari huquqning tezda odat o‘rnini egallamaganligi, balki asta-sekinlik

asosida,  vaqt  o‘tishi  bilan  odat  huquqqa  o‘z  o‘rnini  bo‘shatib  berganligini

isbotlashga harakat qilganlar. Sinfiy nazariya vakillari huquqni paydo bo‘lishining

asosiy sababi sifatida odat normasiga asosan hamma teng huquqli bo‘lganligini, bu

esa  iqtisodiy  jihatdan  hukmron  sinfga,  ya’ni  quldorlarga  to‘g‘ri  kelmaganligi

tufayli odat normalaridan voz kechilganligi va buning o‘rniga quldorlar tomonidan

huquq normalarining shakllantirilganligini ta’kidlaydilar.                                   

  Yuqorida  sanab  o’tilgan  nazariyalarning  o’zaro  o’xshash  va  farqli  tomonlariga

keladigan  bo’lsak  har  bir  nazariyaning  o’z  yo’nalishi  mavjud.  Ularni  hech  birini

xato  deb  bo’lmaydi  chunki  bularning  barchasi  dunyoning  eng  mashhur

namoyondalari  tomonidan  isbotlab  berilgan.  Misol  uchun:  Diniy  va  patriarxal

nazariyalarinig  o’xshash  tomoni  ikkala  nazariyada  ham  barcha  xudoning

amirlariga  bo’ysungan  degan  fikr  ilgari  surulgan.  Zo’rlik  va  psixologik

nazariyalarining  o’xshash  tomoni  esa  ikkalasida  ham  insonlar  bir-birlarining

ustidan hukm o’tkazishga intilishi yani bir-birlarini boshqarishg intilishi aks etgan.

Bu  nazariyalarning  farqli  tomoni  esa  bir  nazariyada  davlat  va  huquq  insonlarning

bir biri bilan jangda g’olib chiqishi deyilsa boshqa nazariyada esa shaharlar barpo

etilishi  insonlarning  xudoga  va  uning  amirlariga  boysunishidan  degan  fikrlar

mavjud.



5

X.T.Odilqoriyev Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent Adolat nashri. 2018. – 528 b.

Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent TDYU nashri. 2011.-170 b.

Kazus


2. Yevropada davlatlarning vujudga kelishida asosiy omil bo’lgan xususiy 

mulkning shakllanishi munosabati jamiyatda mulkiy tengsizlikning va shu asosda 

tabaqalanishning yuzaga kelishiga xizmat qilgan. Osiyoda esa sug’orma 

dehqonchilikning rivojlanishi natijasida yirik irrigatsion tarmoqlarini tashkil etish 

yuzasidan ommaviy ishlarni yolga qo’yishning zarurati asos bo’lgan. Shu bilan 

birga, turli xalqlarda davlatning yuzaga kelishida yuqoridagi omillar bilan bir 

qatorda boshqa omillar ham muhim o’rin tutgan.

     Davlatning vujudga kelishiga tasir qilgan omillarni muhokama qiling.

Javob:

Davlatning vujudga kelishini oddiygina qilib quyidagicha tushunish



mumkin. Davlatni vujudga kelishi uchun ijtimoiy tabaqalashuv vujudga kelgan.

Ijtimoiy tabaqalashuv esa turli xil sinflarni vujudga keltirgan, ya'ni hukmron va

qaram sinflarni. Dastlabki, qaram sinflarning vujudga kelishi uchun faqatgina

moddiy ehtiyoj sabab bo'lgan xolos. Ya'ni, bir guruh odamlar (hukmron sinf) turli

xil yo'llar bilan ortiqcha mulk evaziga boyiy boshlaganlar va shu mulki orqali

boshqa bir guruh odamlar (qaram sinf)ni boshqara olganlajj Endi bu ijtimoiy

tabaqalashuv qanday sodir bo'lgan? Buning sabablari turli xil bo'lib, bir necha

nazariya asosida tushuntirilgan. Shu o'rinda savol tug'iladi: qaysi nazariya

to'g'riroq? Agarda tarixga nazar tashlasak turli xil davlatlarning vujudga kelishidagi

tabaqalashuv turli xil omillar asosida sodir bo'lgan. Davlatning kelib chiqishi

to'g'risidagi masala ko'p asrlar davomida ko'plab mutafakkir faylasuflar,

huquqshunoslar, tarixchilarni o'ylantirib kelgan. Davlat va huquqning kelib

chiqishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Ilohiy (teologik) nazariya. Bu nazariya

asoschilari vakillari davlatning xudo tomonidan yaralilganligini uqtiradilar, butun

hokimiyat xudoniki» degan qoidani ilgari suradilar. Bu nazariya qadimda paydo

bo’lgan va o'rta asriarda keng tarqalgan. Ushbu nazariya teokratik, ya'ni davlat.

Ilohiy (teologik) nazariya. Bu nazariya asoschilari vakillari davlatning xudo

tomonidan yaralilganligini uqtiradilar, butun hokimiyat xudoniki degan qoidani

ilgari suradilar. Bu nazariya qadimda paydo bo’lgan va o'rta asriarda keng

larqalgan. Ushbu nazariya teokratik, ya'ni davlat boshlig'i ayni paytda uning diniy

rahnamosi bo'ladigan davlat qaror topgan davrdagi jarayonlarni aks ettiradi.

Sharq davlatlarining «Podshoh xudoning yerdagi soyasi» degan fikri ham buni

ifodalaydi. Islom nazariyasi. Bu nazariya islomda fiqh fani doirasida VIII- X asrlarda



6

X.T.Odilqoriyev Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent Adolat nashri. 2018. – 528 b.

Saydullayev Sh. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent TDYU nashri. 2011.-170 b.

tarkib


topgan.

Uni


tariflashda

klassik


musulmon

huquqida


hokimiyat

munosabatlarini tartibga soluvchi Qur'on va Sunna qoidalari ko'p emasligini

nazardan qochirmaslik muhimdir. Bundan tashqari «daviat» atamasining o'zi ular

tomonidan qo'llanilmaydi. Faqat «imomat» (dastlabki ma'nosi namozga imomlik)

va «xalifalik» (vorislik) tushunchalari mavjud. Ular keyinchalik musulmon davlatini

ifodalashda qo'llana boshlagan.Davlatning kelib chiqishi haqidagi Islom ta'limoti

asosida eng yirik huquqshunoslardan biri al-Mavardi (974-1058) qarashlari yotadi.

U davlatga dinni himoya qilish va dunyoviy ishlarga rahbarlik bo'yicha Payg'ambar

(S.A.V.) vazifalarini bajarishda voris deb qaraydi.

Irrigatsiya nazariyasiga ko'ra, davlatlarning kelib chiqishi, ularning ilk

shakllari Sharqda ulkan irrigatsiya (suv) inshootlarini qurish va ulardan foydalanish

bilan bog'liq. Ushbu nazariya nemis olimi Vittfogelning «Sharq istibdodi»

(«Восточный деспотизм») asarida ifodalab berilgan. Psixololgik nazariya. Bu

nazariya asoschilari davlatning paydo bo'lish sabablarini insonning ruhiy holati,

biopsixik instinktlari bilan bog'laydilar. Taniqli rus olimi L.I.Petrajitskiy go'yo inson

ruhiyati (psixikasi)ga «buyuk» shaxslarga tobelik, bo'ysunish ehtiyoji mavjud.

degan g'oyani o'rtaga tashlaydi. Nemis psixoanalitigi Z.Freyd esa davlatni tashkil

etish zaruriyatini insonning psixikasiga quyidagicha bog'laydi. Alohida hirsiy va

biopsixik instinktlar ta'siri ostida harakat qilayotgan isyonchi o'g'illar tomonidan

boshlig'i o'ldirilgan avval mavjud bo'lgan patriarxal o'rdadan insonning tajovuzkor

mayllarini bostirib borish maqsadida davlat paydo bo'lgan.Davlat va shaharlarning

vujudga kelishida yana bir qancha malumotlarni aytib o’tish lozim, bular qadim

zamonlarga borib taqaladi ya’ni qadim zamonlarda odamlar urug’, qabila shaklida

hayot kechirgan yani odamlar bir qancha oilalarga bolinib yashagan va buning

natijasida bir biriga yaqin qarindosh bo’lgan insonlar o’rtasida nigoh qurilgan bu

holat hammaga malumki yaqin qarindoshlar turmush qursa ulardan nimjon, aqli

zaif, nogiron va shunga o’xshash farzandlar dunyoga kela boshlagan. Oradan

vaqtlar o’tib insonlarning ongi rivojlanib borgan va ular buning sababini tushunib

yetgandan so’ng boshqa oilalar bilan yaqinlashishga majbur bo’lganlar shu tarzda

oilalardan- qabilalar, qabilalardan-qabilalar ittifoqi va shahar davlatlar vujudga



kela boshlagan. 

Download 164.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling