Markaziy Osiyoda diniy bag`rikenglik


Download 35.92 Kb.
bet1/5
Sana14.10.2023
Hajmi35.92 Kb.
#1701766
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Markaziy Osiyoda diniy bag`rikenglik KURS ISHI


Markaziy Osiyoda diniy bag`rikenglik

Reja:




  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

    1. Diniy bag’rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni

    2. Markaziy osiyoda diniy bag`rikenglik

    3. O’zbekistonda dinlararo totuvlik umumbashariy qadriyat sifatida

    4. Dinlararo totuvlik va madaniyatlararo muloqot: O'zbekiston tajribasi

  3. XULOSA

  4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



  1. KIRISH

Markaziy Osiyo qadimdan turli madaniyatlar to‘qnashgan nuqta hisoblanib, ushbu hududda turli savdo yo‘llari va yirik markazlashgan davlatlar shakllangan. Yuqoridagi omillar, shu bilan birga, turli siyosiy jarayon va urushlar, missionerlik faoliyati tufayli yuz bergan migratsion jarayonlar hududda turli din vakillarining tarqalishiga sabab bo‘lgan. «Bugun.uz» kolumnisti Jahongir Ostonov Markaziy Osiyoda dinlarning tarqalish tarixi haqida hikoya qiladi.
Ibtidoiy shakldagi dinlar (fetishizm, totemizm va animizm) ning tarqalishiga oid turli arxeologik moddiy manbalar O‘zbekistonning ko‘plab manzilgohlaridan topilgan. Xususan, Teshiktosh g‘ori, Seleng‘ur, Ko‘lbuloq va boshqa obyektlarda bu kabi topilmalar aniqlangani fikrimizning dalilidir.
Mintaqada Islom dini kirib kelmasdan oldin ham zardushtiylik, yahudiylik, nasroniylik, shomonizm, buddaviylik kabi bir necha dinlar mavjud bo‘lgan va ular o‘zaro hamjihatlikda hayot kechirgan. Buddaviylikning maxayana yo‘nalishi aynan ushbu hududda yaralgan va Xitoy, Yaponiya kabi bir qator davlatlarga tarqalgan.



  1. ASOSIY QISM

    1. Diniy bag’rikenglikning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni

Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.
Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi, hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sirlalarining barcha usullari majmuidir.
Jamiyat paydo bo’lgan beri din eng muhim ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi. Dinning ijtimoiy fenomen sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi real vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishni anglatadi. Din ijtimoiy fenomen sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda kishilarga har qanday jamoatchilik instituti sifatida ta’sir o’tkazadi. Dinning jamiyatda bajaradigan bir qancha funksiyalar mavjud. Ba’zi mualliflar fikriga ko’ra dinning muhim funksiyalardan biri bu boshqaruv-nazorat funksiyadir.
Din ham jamoatchilik ongining boshqa shakli sifatida kishilar xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi. Din mazkur funksiyani muayyan qadriyat va me’yorlar tizimini yaratish asosida amalga oshiradi. Kishilar xulq-atvori boshqaruviga odat va an’analarni shakllantiruvchi diniy ibodatlar ham ta’sir ko’rsatadi. U ma’naviy va axloqiy qadriyat, marosim va udumlar tizimini o’z me’yoriga moslashtirib boradi. Boshqaruv-nazorat funksiyasining hayotiyligi muqarrardir. Mavjud funksiya doirasida asrlar davomida diniy axloq asoslari yaratilgan.
Dinning ikkinchi muhim funksiyasi bu jipslashtiruvchi (integrativ) funksiyasidir. Dinning integrativ vazifasi jamiyat a’zolarini – ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, millati kabi xususiyatlaridan qat’i nazar – birlashtiruvchi kuch ekanligida namoyon bo‘ladi. Integrativ yoki funksionalistik yondashuvning asoschilaridan biri E. Dyurkgeymning fikricha, din xuddi yelim kabi kishilarni umumma’naviy qadriyatlar, e’tiqod, urf-odat va an’analar asosida birlashtirishga, yaxlit bir majmuaga aylantirishga xizmat qiladi. E. Dyurkgeym, ayniqsa,diniy sig‘inish masalasiga alohida e’tibor beradi. Uningcha, din sig‘inish orqali jamiyatni bir butun qiladi, shaxsni ijtimoiy hayotga tayyorlaydi va itoat etishga undaydi, ijtimoiy yaxlitlikni mustahkamlaydi,an’analarni qo‘llab-quvvatlaydi, kishida qanoat hosil qiladi.1
Ushbu funksiyalarni to’liqligicha amalga oshirishi uchun jamiyatda birdamlik, hamjihatlik, o’zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlar shakllangan bo’lishi kerak. Bunday qadriyatlarni shakllantirishda esa diniy bag’rikenglik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, ko’p millatlik mamlakatlarda dinlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik jamiyat taraqqiyoti uchun birlamchi omillardan biri hisoblanadi.
Diniy bag’rikenglik jamiyat hayotida rivojida betakror rol o’ynashi hech kimga sir emas. Bunga bir nechta sabablar bor. Jamiyat barqaror rivojlanishi va unda tinch-totuv hayot ta’minlanishi uchun davlat nafaqat chegaralar daxlsizligi, shu bilan birga mamlakat ichidagi etnik mojarolarni oldini olish uchun diniy bag’rikenglikka alohida e’tibor berishi zarurdir. Chunki mojarolarning eng xavfli va tez avj oladigan diniy va etnik mojarolar hisoblanadi. Ularning yechimi uzoq vaqt talab etishi mumkin.
Ko’plab jamiyatlar bir nechta etnik guruhlarlardan, millatlardan tashkil topadi. Tabiiyki, ularning dinlari ham turlicha bo’ladi. Ana shunday jamiyatlarda eng ahamiyatli narsa shundan iboratki, insonlar bir-biriga nisbatan tolerantlik, diniy bag’rikenglikni namoyish etish, bir hududda yashab turgan boshqa xalqlarning urf-odatlarini, an’analarini hurmat qilishi ushbu jamiyat rivoji uchun asos bo’ladi. 
Aks holda shaxlarlar o’zaro iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlarga kirisha olmaydilar. Bu holat esa jamiyatning bir nuqtada qotib qolishga olib kelishi mumkin.
Dunyoning eng dolzarb muammolaridan biri bu – xalqlar va dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasidir. Ushbu tushuncha atrofida yer kurrasining barcha xalqlari, elatlarining jipslashish zaruriyati tug‘ildi. Chunki, faqat bag‘rikenglikkina dunyoni halokatdan, bo‘lajak fojealardan asraydi. Shu boisdan, YUNESKO 1995 yili Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi» ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan esa 1996 yildan buyon har yilning 16 noyabr sanasi «Bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qilindi. Ushbu deklaratsiyada diniy bag’rikenglikning ijtimoiy jihatlariga alohida urg’u berilgan.
Xususan, unda shunday deyilgan: “Bag’rikenglik bugungi kunda har doimgidan ham muhimroqdir. Biz iqtisodiy globallashuv jarayoni, aloqa vositalari tez rivojlanayotgan, integratsiya va o’zaro aloqadorlik, katta miqyosdagi migratsiya va aholining ko’chishi, urbanizatsiya va ijtimoiy tuzilmalar qayta shakllanayotgan asrda yashamoqdalar. Har bir mintaqa serqirradir va shuning uchun murosasizlik va nizolarning ko’payishi dunyoning barcha nuqtalariga tahdid qiladi. Bu tahdid global xarakterga ega bo’lgan sababli, uni milliy chegaralar doirasida cheklanib qolishi mumkin emas”.2
Dinlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, vijdon erkinligi kabi tushunchalar o’zaro uzviy bog’liqdir. Vijdon erkinligi masalasi ijtimiy hayotda har doim muhim va murakkab hodisa bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega.
Bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ochiga oladi. Xususan, ushbu normativ hujjatda: Har bir inson biror bir kamsitishlarsiz, irqi, tili, jinsi, dini, siyosiy qarashlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, moddiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlardan qat’iy nazar mazkur Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquqlar va erkinliklar sohibi bo’lishi kerak.3
Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisa – turli dunyoqarash, etiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi. Zero, odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashadiylar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z etiqodi bo’ladi.



    1. Download 35.92 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling