114. Huquq nima?
a) jamiyatda shaxs erkinligini ta’minlovchi tadbirlar;
b) kishilarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini aniq belgilab olish uchun belgilab qo‘yilgan xatti-xarakatlar normasi;
v) kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun siyosiy hokimiyat tomonidan belgilangan zaruriy xatti-xarakatlar dasturi;
g) xukmron siyosiy kuchlarning qonun darajasiga ko‘tarilgan irodasi.
115. Huquqiy munosabatlar nima?
a) jamiyat a’zolariga hukmron siyosiy kuchlar manfaatlari va irodasiga zid bo‘lmagan, ruxsat etilgan hatti-xarakatlar majmuasi, faoliyat doirasi;
b) xukmron siyosiy kuchlar tomonidan ruxsat etilgan xatti-xarakatlar majmuasi;
v) jamiyatning erkin fuqarosi bo‘lishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan xokimiyat tomonidan ruxsat etilgan daxlsiz xatti-xarakatlar doirasi;
g) a, b va v hollarda.
116. Huquqiy davlat nima?
a) muayyan ijtimoiy sinflar yoki tabaqalar irodasining qonun darajasiga ko‘tarilishi;
b) qonun ustuvorligi ta’minlangan jamiyat;
v) shaxs erkinligini qonunlar bilan chegaralab qo‘yadigan jamiyat;
g) a va b hollarda.
117. Huquqiy ong qachon paydo bo‘lgan?
a) jamiyatda siyosiy munosabatlar shakllangan davrda;
b) jamiyatda chuqur ijtimoiy mehnat taqsimoti amalga oshgan paytda;
v) jamiyatda xukmron sinflar va tabaqalar shakllangan davrda;
g) a, b va v xollarda.
118. Jamiyat taraqqiyotining qaysi bosqichida kishilarda axloq normalari shakllangan?
a) kishilik jamiyatining ilk bosqichlarida; b) eng qadimgi va qadimgi davrlarda;
v) dunyoviy dinlar vujudga kelgandan keyin; g) ibtidoiy davrning o‘rta va so‘nggi davrlarida.
119. Axloqiy ong qachon paydo bo‘lgan?
a) kishilik jamiyatining ilk bosqichlarida;
b) aqliy va jismoniy mehnat ajralib chiqqandan so‘ng;
v) dunyoviy dinlar vujudga kelgandan so‘ng;
g) ibtidoiy davrning o‘rta va so‘nggi bosqichlarida.
120. Axloq nima?
a) ijtimoiy muhit talabi va ehtiyojlari asosida shakllangan kishilarning xatti-xarakatlari va o‘zaro munosabat normalari;
b) mifologik dunyoqarash asosida vujudga kelgan urf-odat va rasm-rusmlar;
v) jahon dinlarining vujudga kelishi bilan shakllangan e’tiqod va ibodat qilish usullari, qoidalari;
g) diniy tasavvurlar orqali shakllangan kishilarning iloxiy qudrat va o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan qonun qoidalar, rasm-rusm, ibodat qilish uslublariga asoslanib kechilgan hayot tarzi.
Do'stlaringiz bilan baham: |