Oraliq nazorat savolnomasi “Jahon tarixi va geografiyasi” fanining maqsad va vazifalari Javobi


« M a h a b x o ra t» , « R am ayan a», «P an ch atan tra»


Download 143.94 Kb.
bet2/8
Sana21.06.2020
Hajmi143.94 Kb.
#120785
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
midterm tarx


« M a h a b x o ra t» , « R am ayan a», «P an ch atan tra» eposlari hamda boshqa asarlar ana shu tilda yozilgan, bizga qadar yetib kelgan. Xususan, «Mahabxorat» dostoni 2 0 0 m ing satrdan tashkil topgan, unda mamlakat shimolida yashagan qabilalar hayoti aks ettirilgan, qolaversa, har bir kastaning odob-axloq qoidalari va majburiyatlarini o'zida aks ettirgan. Buddavivlik. Yangi din Budda (Nurlangan) taxallusini olgan shahzoda Siddhartha Gautama nomi bilan bog'liq. Rivoyatda naql qilinishicha,

shahzoda Siddhartha Gautama 20 yoshgacha hukmdor otasi saroyida betashvish, farog'atli umr kechirgan. Kunlardan bir kuni sayr qilib yurgan chog'ida munkillagan cholga o'xshab qolgan, bedavo dardga yo'liqqan navqiron bir kishiga, keyin esa dafn marosimiga ko'zi tushadi. Bu to'qnashuvlar shahzoda hayotini butunlay o'zgartirib yubordi. U saroydagi farog'atli turmushdan voz kechdi, hayot mazmunini izlab topish maqsadida dunyo bo'ylab sayohatga otlandi. Bir kuni ma’rifatga erishgan orif Budda inson son-sanoqsiz marotaba tug'ilishi va vafot etishini tushunib yetadi. Keying! hayotda odamning kirn bo'lib tug'ilishi ham

uning sa’y-harakatlari va amallariga bog'liqdir. Budda va uning izdoshlari - buddaviylar inson yolg'on so'zlamasligi, mol-davlat to'plamasligi, tirik mavjudotlar qonini to'kmasligi lozim deb hisoblaydilar. Inson har qanday mayllardan voz kechishi zarur, negaki har qanday xohish-istak azob-uqubatga olib keladi. Buddaviylar Yer yuzida o'rmalab borayotgan

qurt-qumursqalarni tasodifan bosib olib ozor yetkazmaslik uchun hatto qishda ham oyoqyalang yurishgan.

Avvaliga buddaviylarda xudo bo'lmagan, chunki ular xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtirolm aydilar deb hisoblashgan. Ammo ko‘p o'tmay Buddaning o’zi xudoga aylandi. Bugun ham buddaviylik ibodatxonalarida Buddaning haykallarini ko'rish mumkin. Budda nilufar gulida teran o'ylarga cho'mgancha qilt etmas yuz ifodasi bilan qovoqlarini tushirgancha chordana qurib o'tirgan holatda tasvirlanadi. Yangi din oldingilaridan inson mavqeyi tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga

ham bog'liq bo'lmasligi bilan farqlanadi. Buddaviylar fikricha, hamma narsa insonning o'ziga bog'liq: uning mukammallikka intilishi, ortiqcha narsalardan voz kechishi ma’naviy yuksalish zaminidir. Mil. av. Ill asrda buddaviylik jahon diniga aylandi.__




Qadimgi Xitoy.

Javobi: Xitov sivilizatsivasi. Xitoyda ham ilk sivilizatsiyalar Xuanxe va Yanszi degan katta daryolar bo'ylarida

mil. av. 3 - 2-mingyilliklarda kurtakyoza boshladi. Qadimgi Xitoy davlati Xuanxe daryosining o'rta oqimida

vujudga keladi (xitoycha «Xuanxe» «Sariq daryo» ma’nosini anglatadi). Xitoyliklar «beqaror daryo», «minglab ofatlar daryosi» deb ham ta'riflaganXuanxe o'zanini tez-tez o'zgartirib turardi. O'rtacha har ikki-uch yilda bir marotaba kuchli va sertalafot suv toshqinlari bo'lardi. Mil. av. 3-mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqlari yuzaga kela boshladi. Mil. av. 2-mingyillik oxirida ittifoq-shaharlar yagona davlatga birlashdi, bu davlat nomi ham uning bosh shahri nomi bilan Shan deb atalgan. Mil. av. 2-mingyillik oxirida Shanga qo'shni chjou qabilasi bostirib kiradi, uning hukmdori Shan yerlarini o'zinikiga qo'shib oldi va Chjou degan katta davlatni bunyod etdi. Davlat ulkanligi bois, hukmdorlar uni «Zafaryor» yoki « 0 ‘rta podsholik» deb, o'zlarini esa «Osmon o'g'illari» deb atashadi. Butun Markaziy Xitoy ana shu davlat tarkibiga kirgandi.

Aholinina masha'ulotlari. Dehqonchilik Xitoyda azaldan e'tiborli va faxrli kasb hisoblangan. Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va bug'doy bo'lgan. Keyinchalik xitoyliklar sholi yetishtira boshladilar, sholi urug'I Hindistondan keltirilgan. Ko'kargan urug' ko'chati yerga o'tqaziladi. Xitoy aholisi keyinchalik «choy» daraxtini ham yetishtira boshladi, uning barglaridan shifobaxsh ichimlik bo'lmish choy tayyorlanadi. Choy tez orada butun jahonga tarqaldi. Tut daraxti yetishtirish Xitoy aholisining

asosiy mashg'ulotlaridan biri bo'lgan. Tut bargi bilan ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari pillalarga tolalarni o'raydi, pilladan esa nihoyatda yengil va tiniq mato - ipak tayyorlanadi. «Gala podsholiklar» davri. Mil. av. V III-V II asrlarda Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi. Ayrim viloyatlar noiblari podsho hokimiyatidan ozod bo'lishga intilardilar. Xitoyga ko'chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalanib qolgan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o'z davlatini tashkil eta boshladi. Shu taxlit mil. av. VII – V asrlardagi katta davr tarixda «gala podsholiklar» davri nomini olgan. Xitoyda, ayni mahalda, «Kurashayotgan podsholiklar» davri ham

boshlanadi. «Zafaryor» imperiyaning oliy hukmdorlari bilan ajralib chiqqan davlat hukmdorlari o'rtasida boshlangan urushlar 200 yildan uzoqroq davom etdi. Bu davr Sin davlati hukmdori o'zining barcha raqiblarini yo‘q qilib, mil. av. Ill asrda yagona davlat tuzishi bilan yakunlandi.
Qadimgi Misr xudolari.

Javobi: Misriiklarning xudolari. Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas birbo'lagi bo'lgan. Misrliklar xudolarning bir necha joni mavjud: ularning biri hayvon tanasida, boshqasi esa hayvon haykalida yashaydi

deb bilishardi. Misrliklar xonadonidagi mehrobda xudolarning haykalchalari o'rnatilgan. Kohinlar, ibodatxona ruhoniylari xudolarni dindorlar in'om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi deb hisoblashgan. Misrliklar o'z xudolariga butunlay ishonishar, har bir ishni bajarishga kirishishdanavval ulardan maslahat, madad yoki rozilik so'rashardi.

Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o'z xudosi – Ptax bo'lgan. Ptax, misrliklar e’tiqodicha, olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o'rgatgan. Xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko'rishning iloji yo'q. Shuning uchun R axning Yer yuzidagi qiyofasi Apis, u peshanasi va belida oq qashqasi bo'lgan qora ho'kiz timsolida tasavvur etilgan.

Mil. av. 2000-yildan Quyosh xudosi Am on-Ra degan iloh esa fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra bo'lgan, so'ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan. Geliopolda Quyosh xudosi Raning ibodatxonasi joylashgan. Xapi Nil xudosi - Misrdagi hayotning birlamchi manbayi va posboni, Osiris yer osti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilk podsholaridan biri bo'lib, o'z xalqini dehqonchilikka



o'rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o'ldiradi. Ammo Osirisning singlisi Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan. O'shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo'lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanadi. Osiris ibodatxonasi xarobalari Abides shahrida hozirgacha saqlanib qolgan. Shoqol yoki shoqol boshli inson qiyofasida ta sa w u r qilingan Anubis marhumlar saltanati hukmdori, mushuk qiyofasiga ega Bastet quvonch, musiqa va raqs ilohi, qiyshiq oyoqli dumli mitti odam qiyofasida tasvirlangan Bes esa oila va onalik homiysi hisoblangan.
Qadimgi Mesopotamiya xudolari.

Javobi: Panteon Xudolarning eng qadimiy panteoni Shumer deb hisoblanishi kerak. Undagi asosiy narsalar osmon xudosi edi Anu   va er ma'budasi Ki shuningdek ularning o'g'illari: havo xudosi Enlil   va suv xudosi Ea birinchi odamlarni yaratgan. Bu va boshqa ko'plab xudolar va ma'budalar bir-biri bilan murakkab munosabatlarga kirishdilar, ularning talqinlari hukmdorlar sulolalarining o'zgarishiga qarab vaqt o'tishi bilan o'zgarib turdi. Asta-sekin, Mesopotamiyaning ko'plab shaharlarida mahalliy darajada dinning rivojlanishi juda ko'p sonli kichik xudolarning paydo bo'lishiga olib keldi, ularning ko'plari bir-birlarini ko'paytirdilar yoki bir-biriga o'xshash edilar. Ularning aksariyat ismlari faqat maxsus tuzilgan xudolar ro'yxatlaridan ma'lum. Asosiy xudolar ham edi Shamash   (Shumer Utu) va Xing   (Shumer Nanna) - quyosh va oy xudolari. Ularning ikkalasi Mesopotamiyada ikkita asosiy markazga ega edi: Shamash - Lars va Sipparda, Sin - Ur va Xarranda. Ikkala xudo ham Mesopotamiya sivilizatsiyasi tarixi davomida hurmat qilingan. Shamash ajoyib mavqega ega edi. U nafaqat Quyoshning xudosi, balki oliy sudya - erdagi va samoviy edi, kambag'allarga g'amxo'rlik qildi va xafa bo'ldi va kelajakni bashorat qildi, insoniyatni o'rgatdi va himoya qildi.Asosiy xudolarga qo'shimcha ravishda, Ikkinchi Panteonda 12 boshqa asosiy xudolar va 30 ta kichik xudolar vakili bo'lgan.Mesopotamiya xalqlarining eng aziz va eng aziz xudosi bo'lgan Ishtar, sevgi xudosi, unumdorlik, kechqurun yulduz va o'lim, xudoning qizi Anu yoki xudo Sina.


Qadimgi Hindiston diniy e’tiqodlari.

Javobi: Dini va e'tiqod. Shumerlar ko'plab xudolarga e’tiqod qilganlar. Dastlab har bir shaharning o'z xudosi bor edi. Mil. av. 3-mingyillikda shaharlarning birlashishi bilan xudolarning umumiy panteoni vujudga keldi. Xudolar otasi va osmon xudosi An bosh ilohga aylandi. Uning o'g'li Enlil yer va havo xudosi hisoblangan. Xammurapi davrida Marduk bosh xudoga aylangan. Suvlar hukmdori bo'lgan Enki insonni yaratgan va unga homiylik qiladi deb tushunishgan. Quyosh xudosi Shamash alohida ehtiromga sazovor bo'lgan. Shamash oliy hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan. Shuningdek, Oy xudosi Sina, suv xudosi Ea qadrlangan, hosildorlik va sevgi, urush va g'alaba ilohasi

Qadimgi Misr. Javobi: Misr - Nil in ’omi. Nil vodiysi har ikkala qirg'oq bo'ylab 3 dan to 22 km gacha kenglikdagi va 6 ming km uzunlikdagi sug'oriladigan yerlardir. Misrliklar Nil daryosini ilohiylashtirishgan, yangi yil uning toshqinidan boshlangan. Misr atrofini o'rab turgan cho'llar tabiiy himoya to'sig'I bo'lgan, qolaversa, cho'ldan qimmatbaho metallar, toshlar qazib olingan. Vodiyliklar yurtga « M is r» - «Qora tuproq» deb nom berganlar. Mil.av. 4-mingyillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg'oqlaridagi yerlarni

o'zlashtirishga kirishdilar.

Misr davlatinino tashkil tooishi. Mil. av. 4-mingyillik oxirida tarqoq manzilgohlar «nom» deb atalgan ilk davlatlarga birlashdi. Olimlar Misr tarixini Ilk (taxm. mil. av. 3000 - 2800), Qadimgi (mil. av. 2658 - 2150), 0 ‘rta (mil. av. 2100 - 1750),

Yangi (mil. av. 1550 -1 0 7 6 ) va So'nggi podsholik (mil. av. 1070 - 332)davrlariga ajratishgan. Bu vaqt davomida

Misrda 30 ta sulola hukmronlik qildi, fir’avnlarning soni esa 200 dan ortadi. Dastlab Misrda ikkita podsho hukmdorlik qilgan: bittasi Quyi Misrda, boshqasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. av. 3000-yili ikkala davlat o'rtasida boshlangan urushda Yuqori Misr podshosi Menes g'alaba qozondi. Menes birlashgan mamlakatning birinchi hukmdori, ya’ni fir'avn bo'ldi. Yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt - Memfis shahri barpo etildi. Menesdan keying! barcha

fir’avnlar yoki oq toj (Yuqori Misr ramzi), yoki qizil toj (Quyi Misr ramzi) yoxud ikkala rangdagi toj (ikki hudud biriigi ramzi) kiyishgan. Vaqt o'tishi bilan «nom»lar hukmdorlari o'z mol-mulkini ko'paytirib oldi. Misr tag'in mustaqil davlatlarga aylangan alohida «nom»larga parchalanib ketdi. 200 yildan so'ngra mamlakatning qayta birlashuvi ro'y berdi. Shu tariqa O'rta podsholik hukmronligi davri boshlandi. Bu davlatning poytaxti Fiva shahri edi.
Qadimgi Xitoy dini va madaniyati. Javobi: Markazlashaan davlatnino tashkil tooishi. Xitoyni yagona davlatga birlashtirish jarayoniga Xitoy davlatlaridan biri Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi. Sin davlati hukmdori raqiblarini tor-mor etdi, Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Shundan keyin u Sin Shixuandi (mil. av. 246 - 210) nomini qabul qilgan, bu nom «Sinning birinchi hukmdori» degan ma'noni bildiradi. O'z davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga imperator noiblarini rahbar etib tayinladi. Sin Shixuandi hali tirikligidayoq o'ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi.

Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalaribilan bellasha oladi. Maqbarani 720 ming odam 37 yil davomida bunyod etgan. Maqbara tubi bir necha kvadrat kilometr maydonni egallagan. Sin Shixuandi qabridan imperatorni «qo'riqlash» uchun o'rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykalchalari ham topilgan.

Qadimai Xitov madanivati. Qadimgi Xitoyda miloddan 1500 yillar avval iyeroglif yozuvi yuzaga kelgan va hozirgacha ishlatib kelinadi. Awaliga xitoyliklar bambukka yozishgan. Xitoyliklar bambukni uzun-uzun taxtachalarga bo'laklab, uchi o'tkirlangan yog'och tayoqcha yordamida daraxt sharbatidan tayyorlangan siyoh bilan yozishardi. Ingichka va uzun taxtachalarga faqat ustun tariqasida yozish imkoni bo'lgan, shuning uchun yuqoridan pastga qarab yozish shakli keyinchalik ham saqlanib qoldi.

Bambuk taxtachalarining yuqori qismida teshik parmalanib, ularni bir dasta qilib bog'lashgan. Bambuk taxtachalar bog'lami, ayni mahalda, eng qadimgi Xitoy kitoblari ham edi. Bundan 2,5 ming yil muqaddam bambuk o'rnida ipakdan foydalanishga o'tildi. Ipakka tayoqcha bilanmas, mo'yqalam bilan yozilardi. Endi kitob uzun ipak parchasiga o'xshar, uni o'rama tarzida tayoqchaga o'rashardi. Mil. av. 105-yili Say Lun qog'ozni ixtiro qiladi. Ilk qog'ozlar nasha o'simligi tolasidan qilingan, keyinchalik



tut daraxti po'stlog'i, bambuk, sholi poxolidan foydalanishgan.Xitoyliklarning eng ajoyib kashfiyotlaridan biri kompas bo'lgan.

U magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali kattakon qoshiqni eslatardi. Bu moslamani kataklarga ajratilgan zarhallangan yog'ochgao'rnatishgan, uning dastasi esa hamma vaqt janubni ko'rsatib turgan.Xitoyliklar kompasdan tegishli ishlarda, quruqlik va dengizda foydalanishgan. Xitoyda zilzilani oldindan aytib beruvchi seysmograf ham ixtiro qilingandi. Xitoy olimlari tarix, astronomiya va tibbiyotga oid ko'plab asarlar yaratishgan.


Qadimgi dunyoning yeti mo’jizasi Javobi: Misr ehromlari Nil daryosi g'arbidagi Giza shahrida 4-Dinastiya paytida (er.av. 2575-2467 y.) qurilgan. Eng eski 7 mo'jizadan faqatgima Misr ehromlari shu paytgacha deyarli zararlanmasdan saqlanib qolgan. Ehromlardan eng katta - Qirol Hufu, yoki katta Piramida deb ataladi. Uning egallagan maydoni 4.8 gektar (12 akr)ni tashkil etadi. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha, ehromlar uchun 10 yil joy hozirlashgan, qirol qabri joylashgan ehromni tiklash uchun 20 yil davomida 100000 dan ortiq qul ishlatilgan.Ehromlarning eng yuksagi fir'avn Xufu (Xeops) piramidasidir. Uning balandligi 147 metr, bundan qariyb 5 ming yil ilgari, ua'ni miloddan avvalgi 28-asrda qurilgan. Xufu ehromining har bir tomoni 233 metrga teng, atrofini bir marta aylanib chiqish uchun bir kilometrga yaqin uo'l bosish kerak. Bu chrom silliqlab tarashlangan va jilo berilgan 2 million 300 mingta ohaktosh plitalaridan tiklangan. Har bir plitaning og'irligi ikki tonnaga yaqin. Kattaligi jihatidan Xufu ehromidan keyin fir'avn Xafra (Xefren) piramidasi turadi. U Xufu ehromidan 2 metr past. Bu fir'avnga tog'dek sag'ana ham karhlik qildi va u chrom oldida yaxlit qoya tiklatib, unga bosh qismi odam boshiga o xshatib ishlangan sher shaklini o'yishni buyurdi. Bu haykal Sfinks deb ataladi. Sfinks obrazi inson kabi donolik va sher kabi kuchlilik ramzini ifodalaydi. Mahalliy aholi uni «Abul Havl — dahshat otasi» deb yuritadi. Misrdagi bu topilmalar 20-asrda butun dunyoga mashhur bo'lib ketdi. Ayniqsa Tutanhomon sag'anasining topilishi juda katta shovshuvga sabab bo'ldi. Bundan 32 asr muqaddam yashagan bu fir'avnning piramidasi bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan ekan. Tutanhomon ehromi miloddan avval qanday qurilgan bo'Isa, olimlar ko'z o'ngida shundayligicha namoyon bo'ldi. Maqbara ichidan Qadimgi Misr saroylariga oid anchagina boyliklar — oltin va kumushdan yasalgan haykalchalar, turli idishlar, muhrlar topildi. Maqbaradagi juda ko'r jihozlar, oltin buyumlarga va niqoblar bilan bezatilgan fir'avnning mo'miyolangan jasadiga ham qo'l tekkizilmagan edi. Tutanhomon boyliklari jahondagi ko'r mamlakatlarda namoyish qilindi.

Bobil osma bog'lariQirol Nebuchadnezzar II tomonidan er.av. taxminan 600 yilda barpo etilgan. Bobil osma bog'lari tog'ga ayvon usulida qurilgan. Qadimgi tarixchilarning xabar berishicha, o'sha paytlarda Bobil buyuk davlat bo'lib, o'zining devorlari, saroy, qasr va dahmalari bilan mashhur bo'lgan. Osma bog'lar ustun qilib yuqoriga ko'tarilgan birnecha ayvonlardan tashkil topgan. Ularning balandligi 24 metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o'sgan va ular Furot daryosi suvi bilan sug'orilgan. Arxeologlar Furot daryosi bo'ylaridan osma bog'larga tegishli deb taxmin qilinayotgan devorlarni topishgan.Bu bog'lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo'lgan. Samoviy bog'laming yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog'lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan avvalgi 6-asrda bunyod etilgan. Podsho o'z saroy- ini baland sun'iy maydon ustiga qurgan. Maydonga qavat-qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustun tutib turgan. Ayvonlarning usti qamish bilan yopilib, ustidan g'isht terilgan, so'ng qo'rg'oshin plastinkalar yotqizilgan. Keyin yuqoriga juda ko'r miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom bo'ylab qalin qilib solingan. Har bir qavatda daraxtlar o'tqazilib, go'zal bog'lar yaratilgan. Bu bog'larni sug'orish uchun suvni Furot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko'tarib beradigan, charm idishlar o'rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu-kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog'lar shu darajada go'zal ediki, uni yetti iqlimda uo'q «bog'i eram» deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog'larni ko'ra olmaydilar. Furot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog'lar o'rnida minora cha ayvonlarning xarobalari qolgan, xolos.

Olimpdagi Zevs haykali Eramizdan avvalgi 5 asrda yunon haykaltaroshi Fidiy tomonidan yasalgan. Bu haykal Olimpiya o'yinlari o'tkaziladigan Olimp tog'idagi Zevs ibodatxonasining markazida bo'lgan. Bu haykaltarosh Fidiyning shedevri edi. Yunon xudolari qiroli Zevsning o'tirgan haykali 12 metrni tashkil qilgan va qalay va oltindan ishlangan. Eramizning 6 asrida yuz bergan kuchli zilzila va keyinchalik Konstantinopolning yoqib yuborilishi oqibatida buzilib ketgan.Gretsiyaning janubida, Olimp tog'lari etagida, Olimpiada o'yinlari vatanida shuhrati olamga taralgan ibodatxona bo'lib, uning to'rida yunonlarning oliy xudosi- Zevs qiyofasi tasvirlangan haykal o'rnatilgan. Bu haykal o'z zamonasining mashhur haykaltaroshi Fidiy tomonidan 2400-yildan ko'proq vaqt ilgari, miloddan avvalgi 5-asrda yasalgan. Zevs haykali- to'rtinchi «mo'jiza»dir. Haykal nihoyatda ulug'vor bo'lib, balandligi 14 metr. Zevs xudosi oltin, fil suyagi, qora daraxt va qimmatbaho toshlardan ishlangan taxtda o'tirgan. Uning boshi zaytun daraxti novdalaridan yasalgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu — xudolar va odamlar hukmdori, osmon, momaqaldiroq xudosining tinchliksevarligi belgisi. Zevsning boshi, yelkasi, qo'Pap fil suyagidan ishlangan, chap yelkasiga tashlangan kiyimi, sochi va soqoli oltindan yasalgan. Fidiy Zevsni insonlarga xos olihimmat qiyofada ifodaladi. Uning soqol bilan qoplangan va sochlari to'zg'igan qiyofasida faqat salobat, ulug'vorlik emas, olijanoblik, ezgulik balqib turadi. Go'uo uning lablarida hozir tabassum paydo bo'ladiyu, azimkor qaddini rostlab, taxtdan turadiganday tuyuladi. Afsuski, bu haykal ham bizgacha yetib kelmagan: yong'in vaqtida batamom vayron bo'lgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar yunon yilnomachilari yozib qoldirgan ma'lumotlar asosida Zevs haykalini tasvirlab bermoqdalar.

Efesdagi Artemida ibodatxonasi Kichik Osiyoda joylashgan bu ibodatxona er.av. 356 yilda qurilgan. Artemida qadimgi Rimda Diana nomi bilan mashhur bo'lib, ov ilohasi bo'lgan. Ushbu iloha sharafiga Efesda (hozirda Turkiyada) er.av. 6 asrda ibodatxona qurilib, yonib ketgandan keyin er.av. 356 yilda qayta tiklanadi. Arxeologlarning aytishicha, ibodatxona uzunasiga 104 metr, yonmachasiga 50 metrni tashkil etgan. Uning tosh ustunlari esa 18 metrdan baland bo'lgan. Ibodatxona Gotlar tomonidan 262 yili yakson qilingan.Kichik Osiyoning Efes shahridagi yunon ma'budasi Artemida ibodatxonasi dunyo «mo'jizasi » ning uchinchisi hisob lan adi. B u ibodatxona marmardan ishlangan bo'lib, qariyb 120-yil davomida qurilgan va miloddan avval 550-yilga yaqin tugallangan. Koshona g'oyat hashamatli qilib bezatilgan, peshtoqiga noyob haykalchalar ishlangan. Miloddan avvalgi 356-yilda Gerostrat degan kimsa nom chiqarish maqsadida ibodatxonaga o't qo'yadi. Lekin uning nomi tarixda bema'ni vahshiylik ramzi bo'lib qoldi.

Galikarnas dahmasi Eramizdan avvalgi 353 yili vafot etgan Karia qiroli Mausolusga atab marmardan ishlangan bu dahma Kichik Osiyoda joylashgan. Galikarnas dahmasi hozirda Turkiyaning janubi-g'arbida joylashgan bo'lib, uni qirolicha Artemisiya eri va akasi sharafiga qurdirgan. Kuchli zilzila tufayli dahma buzilib ketgan va keyinchalik undan qurilish materiallari sifatida foydalanilgan. Hozirda dahmadan faqatgina ba'zi fragmentlar saqlanib qolgan, xolos.Dunyoning beshinchi «mo'jiza»si Kichik Osiyoda, uncha katta bo'Imagan Kanya podsholigi poytaxti — Galikarnas (Turkiyaning hozirgi Bodrum shahri)dagi podsho Mavsol va uning xotini Artemisiya maqbarasidir. Nihoyatda muhtasham bo'lgan bu maqbara miloddan avval 4-asr o'rtalarida qurilgan. Maqbara binosi uch qavatdan iborat bo'lib, birinchi qavati zinasimon poydevor shaklida oq marmardan ishlangan. Bu qavatda podsho va uning xotini qabrlari qo'yilgan. Ikkinchi qavatda chiroyli marmar ustunlar bilan bezatilgan xonalar bo'lib, bu xonalar podsho cha malika sharafiga turli marosimlar oFa'v uchun mo'ljallangan edi. Keyingi qavat bino tomiga qadar zinasimon piramida shaklida, marmardan ishlanib, eng yuqori qismida to'rt ot qo'shilgan aravani haydab borayotgan Mavsol va Artemiziya tasviri marmar haykal tarzida ifoda etilgan edi. Maqbaraning kiraverish qismida marmardan yasalgan sher haykallari hamda ot yeldirib borayotgan chavandozlar tasvirlangan edi.
Mavsol va malika haykali, shuningdek: maqbaraning ba'zi bezak buyumlari hozir Londondagi Britaniya muzeyda saqlanadi. Maqbara so'zining yunoncha nomi — «mavzoley» podsho Mavsol ismidan olingan.

Rodosdagi haykal Qadimgi yunonlarning quyosh xudosi Geliosning bronzadan ishlangan ulkan haykali er.av. taxminan 280 yilda qurilgan. Rodos qo'tig'iga kirishni qo'riqlaydigan bu haykal Kichik Osiyo qirg'oqlaridagi grek orollaridan birida joylashgan. Afsonaga ko'ra ushbu haykal 32 metr balandlikni tashkil etgan. Er.av. 224 yildagi zilzila haykalni yakson qilgan. Miloddan avval 4-asrda Rodos oroliga Iskandar Zulqarnayn sarkardalaridan biri — Antigonning o'g'li Demetriy hujum qiladi. Biroq,erksevar rodosliklarning mardona qarahiliklari tufayli bu makkor sarkarda boy va qudratli orolni qo'lga kirita olmaydi. Mana shu ajoyib g'alabadan xotira qoldirish uchun mudofaachilar dunyoda eng katta haykal o'rnatmoqchi bo'ldilar. Rodoslik Koloss (yunonlar baland haykalni shunday atashgan) nomi bilan mashhur bo'lgan bu haykal dunyoning oltinchi «mojiza»si hisoblanadi. Maydonda balandligi 37 metrli bronzadan yasalgan o'spirinning qiyofasi qad ko'targan. Uning baquvvat oyoqlari sal kerilgan, o'ng qo'lining kafti esa ko'zlari ro'parasiga qadar oldinga ko'tarilgan. Qaddini bir ozgina orqaga tashlab, nigohini uzoq-uzoqlarga qaratgan. Boshi atrofga nur sochib turgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu Quyosh xudosi — Geliosning tasviri bo'lib, orol aholisi bu xudoni o'zlarining homiylari deb hisoblashgan. Rivoyatlarga qaraganda, Rodos oroli dastlab dengiz ostida ekan, uni yorug'likka Quyosh xudosi Gelios olib chiqqan emish. Shu sababli Rodos orolini Gelios oroli deb ham ataydilar.

Download 143.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling