Oraliq nazorat savolnomasi “Jahon tarixi va geografiyasi” fanining maqsad va vazifalari Javobi
Download 143.94 Kb.
|
midterm tarx
Iskandariya mayog'I Misrning Iskandariya shahri yaqinida joylashgan qadimiy mayoq. Ushbu mayoq Ptolemy II davrida, er.av. taxminan 280 yilda qurilgan bo'lib, balandligi 134 metrni (40 qavaqtli bino balandligi bilan teng) tashkil etgan. Uning eng baland qismiga olov yoqib qo'yilardi, bu esa dengizchilarning manzilni tez topib olishlari uchun qulay bo'lardi. 955 yilda ro'y bergan bo'ron va zilzila oqibatida mayoq qancha zarar topdi, 14 asrgacha esa zilzila oqibatida umuman buzilib ketdi. Miloddan avvalgi 227-yilda zilzila natijasida vayron bo'lgan yettinchi «mo'jiza» Misrda Nil daryosining dengizga quyilish joyida, Faros orolida bo'Igan. Uni Iskandariya mayog'i deb atashgan. Iskandar Zulqarnayn Misrni zabt etgandan keyin o'ziga yangi poytaxt — Iskandariya shahrini quradi. Shahar dengiz sohilida bunyod etilganligi uchun savdo-sotiq rivojlanib, tez orada yuksak madaniyatli, fan taraqqiy etgan shaharga aylanadi. Hashamatli saroylar, qasrlar, go'zal binolar quriladi. Shaharga Metalar qatnovini yaxshilash uchun miloddan avvalgi 280-yilda Faros orolining sharq tomonida — Iskandariya shahri yonida mayoq qurishga qaror qilindi. Uning loyihasini o'z zamonasining mashhur va talantli me'mori Knidli Sostrat yaratgan. Mayoq minora shaklida qurilgan. U uch qavatli bo'lib, balandligi 120 metr edi. Mayoq poydevori kvadrat shaklida, har bir tomoni 30,5 metrga teng edi. Uni dastlab xarsang plitalar bilan ishlab, ikkinchi qavatini sakkiz qirrali toshlardan qurishgan va ajoyib marmar plitalar bilan pardoz berishgan. Minoraning qirralari sakkiz tomondan esadigan asosiy shamol uo'nalishlariga mo'ljallab qurilgan. Uchinchi qavati esa yumaloq qubbali minora shaklida bo'lib, uning ustiga dengiz xudosi Poseydonning bronzadan ishlangan ulkan haykali o'rnatilgan edi. Uchinchi qavatning qubbalarini granit ustunlar tutib turar edi. Xuddi mana shu yerda gulxan yoqilardi. Gulxan alangasi uzoq masofadan ko'rinib turishi uchun maxsus ko'zgular o'rnatilgan edi. Yoqilg'ini eng yuqori qavatgacha eshaklarga ortib olib chiqishgan. Aylanma zinalar shunday qurilgan ediki, ustiga yoqilg'i ortilgan eshaklar bu zinalardan bemalol yuqoriga chiqa olgan. Mayoqdagi xonalarda butun boshli bir garnizon askarni joylashtirsa bo'lardi. Mayoq kemalarga uo'l ko'rsatibgina qolmay, o'ziga xos kuzatuv punkti ham bo'Igan. Arab tarixchilarining yozishlariga qaraganda, mayoqning ikkinchi qavatini, ua'ni sakkiz qirrali minorani juda ko'r bronza haykalchalar bezab turgan. Haykalchalardan biri Quyosh qaysi tomonga o tsa, o sha tomonga qarab olarkan. Boshqa bir haykalcha kecha-yu kunduzi har soatda bir marta bong urgan. Yana bir haykalcha dushman kemasi yaqinlashayotganda harakatga kelib, dengizga ishora qilgan va ovoz chiqarib xabar bergan. Albatta, bu hikoyalar mubolag'adan xoli emas, lekin shu narsa aniqki, Farosdagi mayoq dunyoda tengi uo'q, yagona inshoot bo'lgan. Zamonlar o'tishi bilan nam havo va to'xtovsiz shamollar mayoqqa o'z ta'sirini o'tkazdi. 14-asrdagi zilzila natijasida mayoq batamom vayron bo'Idi. Bizgacha mayoq- ning poydevorigina yetib kelgan, xolos. Antik tarixni boshlanishi. Qadimgi Yunon polislari. Javobi: Eng qadimgi shahar-davlatlar. Qadimgi Yunoniston - Bolqonvyarimoroli va O'rta yer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlariningvumumiy nomi. Qadimgi yunonlar bu mamlakatni Ellada, o'zlarini ellinlar deb atashgan. Mil. av. 2-mingyillikda ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan, Knoss, Mikena, Tirinf, Pilos. Mil. av. 2-mingyillikda Krit orolida sivilizatsiya vujudga keladi. Afsonaviy podsho Minos nomi bilan uni Minoy sivilizatsiyasi deb atashgan. Krit orolidagi Minoy sivilizatsiyasi kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo'lgan vulqon otilishi natijasida vayron bo'ldi. Ko'p o'tmay qayta tiklangan. Mil. av. 1450-yillarda Yunoniston hududidan mikena qabilalari bostirib kiradi, uning muqim aholisini axeylar deyishgan. Aynan axeylar Minoy sivilizatsiyasibarbod bo'lishini nihoyasiga yetkazdilar. Qadimgi Afina. Javobi: Afina davlati. O 'rta Yunonistonning janubi-sharqiy qism ida tog'lik Attika viloyati joylashgan yarim orol mavjud edi. Mil. av. 2-m ingyillikda Attikaning g'arbiy qismida yunonlar «Akropol», ya’ni «Yuqori shahar» deb atalgan qal'a quradilar. Bora-bora Akropol tevaragiga odam lar ko'chib kelib o'rnasha boshladi, shu tariqa Afina shahri dunyoga keldi. Attika aholisi uch katta g uruhg a bo'lingandi, jumladan, qullar, ajnabiylar (m eteklar) va fuqarolar. Otasi va onasi ozod afinalik bo'lgan erkaklargina Afina fuqarosi bo'la olardi. Afina davlati fuqarosi bo'lish nafaqat faxrli, qolaversa, foydali edi, negaki mil. av. V asrdan davlat organlarida ishlashga muayyan haq to'lana boshladi. Faqat fuqarolar barcha huquqlardan foydalanardilar. Ular og'ir mehnat va salom atlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingandilar. Forslar ustidan g'alaba qozonilganidan keyin quldorlar qullar hayotini qadrlam ay qo'yishdi, chunki ular shu qadar ko'payib ketgandiki, arzimas pulga sotilardi. Kumush konlari va tuz qazib olish Afina davlatiga katta daromad keltirardi. Bundan tashqari, Afina dengiz ittifoqi mustahkamlanishi bilan, dengiz savdosi ham rivoj topdi. Afinaning asosiy dengiz portiga aylangan Pirey bandargohidan mamlakatga minglab qullar va xilma-xil tovarlar keltirilardi. Afina dengiz ittifoqi g'aznasi Afina shahrida joylashgan, shahar hukmdorlari undan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanardi. Afinada ta'lim . Afinada davlat maktablari bo'lmagan. Ota-onalar o'z bolalarini o'qitish uchun pedagogga haq to'lashardi (yunonchada «pedagog» so'zi «bolani yo'lda kuzatib boruvchi» ma’nosini anglatadi). Qonun bo'yicha, faqat o'g'il bolalar uchun ta ’lim olish majburiy edi. Yetti yoshdan boshlab bolalarga yozuv va hisob o'rgatilgan. Metall tayoqcha - stil bilan mum surkalgan taxtachalarga harflarni yozishardi. Aksariyat fuqarolar uchun ta’lim shundangina iborat edi. Puldor otaonalarning farzandlari esa palestrlarda tahsilni davom ettirishardi. Palestrda adabiyot o'qitilar, she’r yozish va musiqa o'rgatilardi. O'g'il bolalar 14 yoshdan gimnastika bilan shug'ullanardilar. Ayni mahalda, ularga kurash, nayza va disk uloqtirish, uzunlikka va balandlikka sakrash hamda yugurish ham o'rgatilardi. O'spirinlar, shuningdek, mushtlashuv janglari, harbiy ishlar va otda saltyurishni o'rganishgan. Palestrlarda mashhur haykaltaroshlar ishlagan haykallar turgan. Masalan, palestrlardan birida Mironning «Diskobol» (Disk irg'ituvchi) va Polikletning «Nayzabardor» degan haykallari o'rnatilgan. Haykal vositasida yigit kishi qanday bo'lishi - kuchli, jismonan barkamol va o'z vatani himoyasiga shay turishi kerakligi uqtirilgan. Afinada oliy ma’lumot beradigan o'quv yurtlari ham bo'lgan. Ammo ularda faqat o'ta boy otaonalar farzandlariginao'qish imkoniga ega edi. Bunday ta'lim muassasalarida astronomiya, geometriya, geografiya, tarix o'qitilardi. Ta’lim olish muddati 3 - 4 yil davom etgan. Ana shundan keyin davlatda ma’lum bir lavozimni egallash imkoni vujudga kelgan. Qadimgi Sparta. Javobi: Sparta. Mil. av. XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga ko'chmanchi doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo'ysundirib Sparta davlatiga asos soldilar. Mil. av. VIII asrda ular Messeniyani ham bo'ysundirdilar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan ilotlar ham, aslida, yunonlar, ular bilan birtilda so'zlashardilar. Ilotlar qo'ldan ketgan ozodlik va yerlari uchun kurashni to'xtatmadilar. Mil. av. VIII - VII asrlarda, qullar soni uncha ko'p bo'lmagan Afinadan farqli o'laroq, Spartada qulga aylantirilgan aholi ko'pchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardanqattiq nafratlanardi. Ilotlar alohida spartaliklar oilasi yeriga ishlov berar, chorvani boqar va boshqa ko'plab majburiyatlami bajarardilar. Spartaliklar esa faqat jangchi edilar. Ular dehqonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham shug'ullanmasdi. Ular hech qachon quroldan yiroqlashmasdilar. Ilotlardan tashqari Spartada to'la-to'kis huquqlarga ega bo'lmagan fuqarolar – periyeklar ham yashardi. Ular shaxsan ozod kishilar bo'lsa-da, xalq kengashida ishtirok etolmas, armiyada xizmat qilolmasdilar. Ajnabiylar Spartaga kiritilmagani bois, savdo-sotiq bilan shug'ullangan periyeklargina ular bilan muloqotda bo'lardi. Qadimgi Spartada kuchli va chidamli odamlar qadrlanardi. Oqsoqollar kengashi yangi tug'ilgan chaqaloqlarni kuzatib borar, nimjon va kasalvand bolalar qoyadan uloqtirilardi. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetishgan. Ular 7 yoshidan oilani tark etar, tarbiyachi nazorati ostida guruhlarga birlashib yashardilar. Boshidan mustaqillikka o'rgatish maqsadida ularni deyaiii boqishmasdi. Bolalar o'zlariga yegulikni topishga majbur etilgandilar. Bunday sharoitda bolalarning o'g'irlik qilishdan boshqa chorasi qolmasdi. Sparta maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o'rgatishar, ularni kuchli va chidamli etib tarbiyalashardi. Kelajakda sog'lom va baquvvat bolalarni voyaga yetkazishi uchun ayollarningjismoniy tayyorgarligiga ham katta e’tibor berishgan Buyuk yunon koloniyalashtirish davri. Javobi: Yunon kolonivalari. Yunon m anzilgohlari Sitsiliya oroli sohili va Apennin yarimoroli janubi, O'rta yer dengizi va Qora dengiz bo'ylarida vujudga keldi. Asta-sekin bu m anzilgohlar Yunoniston shahar-davlatlariga o'xshab ketadigan doim ilm maskanlarga aylana bordi. Bu shaharlarda savdo-sotiq va hunarmandchilik ravnaq topdi. Ko'chib kelgan yunonlar o'z hukumatini tuzdilar, lashkar tashkil qildilar va qonunlar chiqardilar. Deyarli barcha koloniyalar mustaqil quldorlik davlati edi. Ularning aholisi Yunoniston shaharlari bilan doimiy aloqada bo'lgan. Yunonlar o'zini yagona xalq - ellinlar deya his etishar, o'zlarini «varvarlar»ga qarshi qo'yishardi, ular o'zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo'lmagan xalqlarni shunday atashardi. Ommaviy ko'chib joylashish va koloniyalar tashkil etish mil. av. VII asrdan VI asrlargacha davom etdi. Bu davr tarixda Buyuk yunon koloniyalashtirishi nomini olgan. Qora dengiz sohillarida Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanais, Fasis, Trapezund va boshqa yirik koloniyalar vujudga keldi. O'rta yer dengizi sohillarida yuzdan ortiq yunon koloniyalari tashkil topdi. Yangi davlatlar bilan tanishuv yunon madaniyatini boyitdi. Masalan, mil. av. VIII asrda Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga keldi. Alifbo 24 harfdan iborat bo'lgan. Ular orasida unli harflar paydo bo'ldi. Koloniyalar va yunon shaharlari o'rtasidagi mahsulot ayirboshlash savdo-sotiq va hunarmandchilik ravnaq topishiga asos yaratdi. Elladaga g'alla, metallar va qullar keltirilardi. Koloniyalarga esa sotish uchun vino, zaytun yog'i, kulolchilik buyumlari, temirchilar va zargarlar yasagan buyumlarni keltirardilar. Makedoniyalik Aleksandr davlati. Javobi: Aleksandr, Iskandar Maqduniy (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur) (mil. av. 356, Pella – 323.13.6, Bobil) – ma-kedoniyalik sarkarda va davlat arbobi. Makedoniya podshosi Filipp II va uning rafiqasi Olimpiadaning o‘g‘li. Aristo-teldan ta’lim olgan, harbiy ishni ot-asidan o‘rgangan. 336 yil Filipp II fitnachilar tomonidan o‘ldirilgach, Makedoniya taxtiga o‘tirgan. 334 yil Aleksandr Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq boshlangan bo‘lib, uning o‘limi tufayli to‘xtab qolgandi. Aleksandr qo‘shinida sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 kema bo‘lgan. Aleksandr Granik (334 yil), Iss (333 yil) va Gavgamela (331 yil) janglarida Doro III qo‘shinlarini yenggan. A. Eronning markaziy shaharlari – Bobil, Suza, Persepol, Ekbatana hamda Misrni egallagan. Aleksandr 329 yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. So‘ng, A. Samarqand (Marokanda) ni egallab, Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning O‘rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan.Usrushonadagi yettita shahar-qal’a A.ga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bularning ichida eng kattasi – Kiro-pol bo‘lib, Kir II uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi. A. shahar atro-figa xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan o‘tgan quruq daryo o‘zani orqali o‘zining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiro-pol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. Unda A. boshi va bo‘yniga tosh tegib yarador bo‘lgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon o‘qidan shikastlangan. Makedon qo‘shini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok bo‘lgan, qolgani ichki qo‘rg‘onga yashiringan, so‘ng tashnalikdan qiynalib taslim bo‘lgan. Makedon qo‘shini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan. Aleksandr mahalliy xalqning ja-soratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning aytishicha, u o‘z jangchi-309lariga asir olingan kishilarni bo‘lib berib, to bu mamlakatdan chiqib ketma-gunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan. Aleksandr Sug‘diyonada Spitamen qo‘zg‘olon ko‘tarib, Marokandani qamal qilgani (qarang Spitamen, Spitamen qoʻzgʻoloni) va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta qo‘shin unga yordamga yetib kelgani haqida xabar-dor bo‘lgach, qo‘zg‘olonchilarga qarshi 2000 kishilik qo‘shin jo‘natib, o‘zi saklar tomon qo‘shin tortgan (qarang Tanais daryosi bo‘yidagi jang). Mazkur qo‘shin tor-mor keltirilgach, A. shaxsan o‘zi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, ko‘plab qishloq va qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bog‘-rog‘larni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329–328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da o‘tkazadi. Bahorda uning huzuriga xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib o‘zaro ittifoq tuzishni taklif etadi. Aleksandr 328–327 yil boshida Sug‘diyonadagi tog‘lar ustida joylashgan qal’alardagi qo‘zg‘olonchilarni bo‘ysundirishga juda ko‘p kuch sarflaydi, ularni mag‘lub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi (qarang So‘g‘d qoyasi, Xoriyen qal’asi va boshqalar). Mil. av. 327 yil yozida Aleksandr so‘g‘dlik Oropiyni So‘g‘diyona hokimi etib tayinlab, o‘zi Hindistonga yurish qiladida, Gidasp daryosi (Hind d. irmog‘i) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qo‘shini ustidan za-far qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurishni davom ettirmoqchi bo‘ladi. Biroq sa-far va kasallik azobidan holdan toygan qo‘shinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch keladi. Shu bois A. Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmog‘i) bo‘yidan ortga qaytishga majbur bo‘ladi.A. o‘z davlatining poytaxti qilib Bobil shahrini tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik ko‘rish asnosida bezgak kasaliga yo‘liqib, vafot etgan.A. yurishlari natijasida vujudga kelgan ulkan saltanat hududi Hind da-ryosidan Dunayga qadar cho‘zilgan bo‘lib, u qad. dunyoning eng yirik davlati edi. Le-kin mustahkam ichki aloqalari bo‘lmagan bu saltanat A. vafot etgach, tezda parchalanib ketgan va uning hududida bir qancha ellinistik davlatlar vujudga kelgan. Aleksandr harbiy san’at tarixida yirik sarkarda sifatida mashhurdir. Qadim zamonlardan (mil. av. 200 yil) Aleksandr haqida ko‘plab rivoyat, afsona, doston va minia-tyuralar yaratilgan. Ular o‘rta asr adabiyotiga ham kirib kelgan. Qadimgi Yunon madaniyati. Javobi: Olimpiada o'vinlari. Sport barcha yunonlar uchun umumiy ermak edi. Ilk marotaba mil. av. 776-yili o'tkazilgan Olimpiada o‘yinlari turli-tuman sport musobaqalari orasida eng asosiysi hisoblangan. Ana shu sanadan boshlab har to'rt yilda bir marta Olimp to g 'id a muqaddas olov quyosh nurlaridan yondirilar, Yunonistonning to'rt tarafidan kelgan sportchilar beshkurashda bellashardilar. Beshkurash esa uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurashdan iborat bo'lgan. Otchoparda esa aravalarda va otlarda poyga uyushtirilardi. Odamlar va sportchilar Olimpiadaga eson-omon yetib kelish lari uchun o'yinlar o'tkazilayotgan paytda urushlar to'xtatilardi. Yunonistonda te atr. Bundan ikki yarim ming yil muqaddam Y u n o n isto nd a teatr dunyoga ke ldi. «Teatr» s o 'z i yunonch ada «tom oshalar uchun joy», «tomoshaxona» degan m a’nolarni anglatadi. Qadimgi yunon teatrlari m aydoni o'lcham lari kattaligi bilan ajralib turgan. Afina teatri 17 ming tom oshabinga mo'ljallangandi. Tomoshalar faqat bayramlarda uyushtirilgan. Erta tongdan boshlangan tomoshalar kun bo'yi davom etardi. Tom oshabinlarga bir necha pyesalar namoyish qilinardi. Xor barcha teatr tom oshalarining majburiy ishtirokchisi edi. Havkaltaroshlik va me'morchilik. Mil. av. VII asrdan ibodatxonalar va boshqa jam oat binolari toshdan barpo etila boshladi, ayni paytda, xususiy uylar g'ishtdan va paxsadan qurilardi. Ustunlar jam oat binolari va ibodatxonalarning alohida bezagi va ko'rki edi. Ustunlar metall o'qlar yordamida bir-biriga mustahkamlangan bir necha tosh bo'laklaridan yasalgan. Qadimgi Misrda haykallar fir'avnlarni tasvirlagan bo'lsa, Yunoniston haykaltaroshlari o'z zamondoshlari haykallarini yasashgan. Ular haykallarda epchillik, kuch-qudrat, salomatlik va go'zallik singari har bir fuqaroni tarbiyalashda zarur bo'lgan fazilatlarni alohida bo'rttirib ko'rsatishga intilishgan. Bu narsa, ayniqsa, M ironning «Disk uloqtiruvchi » degan haykaltaroshlik asarida yorqin ifoda etilgan. Yunonhaykaltaroshlari qahramonlar, Olimpiada o'yinlari g'oliblari yoki jangda zafar quchganlar sharafiga yodgorliklar tiklashgan. Haykallar shu qadar ko'p ediki, tarixchilar Afinada tirik odamlarga qaraganda jonsiz haykallar ko'proq deb yozishgan. Eng buyuk yunon haykaltaroshlaridan biri Fidiy edi. U Afinada Parfenon barpo etilishi va Akropol qayta qurilishiga boshchilik qilgan.Uning mashhur asarlaridan biri Yer yuzidagi yetti mo'jizaning biri hisoblangan, bu yodgorlik olimpiyalik Zevs haykali bo'lgan. Arxitektor va haykaltarosh Dedal Minos degan podsho uchun mashhur Labirint saroyini barpo etgan. Akropol markazida Parfenon barpo etildi. Qadimgi Yunoniston dini. Javobi: Qadimgi yunonlarning uch xudosi olamga hukmronlik qilardi: Zevs osmonda, Poseydon dengizda, Aid marhumlar saltanatida. Qolgan xudolar esa dehqonchilik va hunarmandchilik, san’at va she’riyat, ishq-muhabbat va go'zallik homiylari hisoblangan. Urush va g'alaba, adliya, uyqu va tonggi shafaq xudolari ham bo'lgan. Satiralar va nimfalar degan tuban xudolar ham mavjud edi. Ular o'rmonlar, daryolar va tog'larda yashaydi deb tasawur etilgan. Yunonlar e’tiqodicha, xudolar Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi bir tog'da, Yunoniston viloyatlaridan biri Elidada, Olimp tog'ida yashagan. Qadimgi yunonlarning xudolari va ilohalari ham odamlarga ancha o'xshaydi. Olimp tog'i xudolari tim solini tasvirlarkan, yunonlar xudolarni qizg'anchiq va shafqatsiz, kunni bazm i jam shid va ermakbozlikda o'tkazadi, bir-biri bilan tortishadi deb hisoblashgan. Xudolar qattiqqo'l va qasoskor. Yunonlarning xudolari xohish-irodasiga qarshi borganlarni qattiq jazolaydi. Shuning uchun yunonlar xudolardan qo'rqishar, ularga qurbonliklar qilar va ko'plab ibodatxonalarni ularga bag'ishlab barpo etardilar.
Yarimorolning barcha qabilalari italiklar deb nomlangan. Ular orasida lotinlar, samniylar va sabiniylar ko'pchilikni tashkil etgan. Kelib chiqishi borasida ular yunonlarga yaqin qarindosh bo'lishgan. Italiyaning g'arbiy qismida Kichik Osiyodan bu mamlakatga ko'chib kelgan etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg'uloti dehqonchilik edi. Mil. av. VIII asrga kelib etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishadi. Mil. av.VII asrda Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan urush boshladilar. Karfagen mamlakati ham ularga qo'shildi. A w aliga karfagenlar va etrusklar g'alaba qozonishdi, ammo ko'p o'tmay yunon qo'shinlari ularni quruqlik va dengizda tor-mor etdi. Shunday qilib, Italiya hududida mavjud bo'lgan etrusk sivilizatsiyasi zavolga yuz tutdi, ammo uning ko'plab yutuqlariga Rim aholisi munosib voris bo'ldi. Rimaga asos solinishi. Rim shahri Tibr daryosi bo'yidagi shinamgina dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr daryosi bo'ylab joylashgan kichik manzilgohlar birlashib katta shaharga aylandi. Rim yettita tepalikda joylashgan. Ular Aventin, Viminal, Kvirinal, Kapitoliy, Palatin, Eskvilin, Seliy deb atalgan. Tibr toshgan kezlarda, tepaliklar o'rtasidagi vodiy odam o'tolmaydigan botqoqlikka aylanib qolardi. Shahar joylashishi harbiy nuqtayi nazardan juda ham qulay bo'lgan. Daryo va botqoqlik lotinlami qo'shni qabilalar hujumlaridan himoya qilardi. Rivoyatga qaraganda, Rim shahriga mil. av. 753-yili aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan. Dunyoga kelganlaridan keyin chaqaloqlarni Tibr daryosi bo'yida o'lsin deb tashlab ketishadi. Daryo bo'yida ularni Ona bo‘ri topib oladi, bir cho'pon kelib olib ketmaguncha, aka-ukalarni emizadi va boqadi. Voyaga yetganlarida esa Tibr bo'yida shahar barpo etishga ahd qilishadi. Aka-ukalar janjallashib qolib, Romul o'z inisini o'ldirib qo'yadi, shaharga esa o'z nomini beradi. Bugun ham, afsonadanaytilganidek, egizaklarni emizgan Ona bo'ri Rimning timsoli hisoblanadi. Mil. av. VI asrda Rim aholisi ko'p shaharga aylanadi. Kapitoliy tepaligida esa dushmanlardan himoyalanish uchun qal’a bunyod etiladi. Qadimgi Rim Respublikasi. Javobi: Respublikani boshqarish. Rim podsholari muhim masalalarni muhokama qilish uchun xalq majlisini chaqirardi. Xalq majlisi urush e’lon qilar, sulh tuzar, qonunlarni qabul qilar va bekor etar, barcha muhim mansabdor shaxslarni saylab tayinlardi. Bu majlisning qarorini Senat tasdiqlardi, lotinchadan tarjima qilganda «senat» so’zi «oqsoqollar kengashi» degan ma’noni anglatadi. Senatorlarning avlodlari patritsiylar, Rimning oddiy xalqi esa plebeylar deb nomlangan. Rim boshqaruvida faqat patritsiylar ishtirok eta olardi. Mil. av. VI asr oxirida Rim davlati respublika deb yuritila boshladi. «Respublika» so’zi «xalq ishi, umumiy ish» degan ma’nolarni anglatadi («res» - ish, «publika» - xalq). Aslida, Rim respublikasi boshqaruvida faqat zodagon quldorlar ishtirok eta olardi. Davlatga xizmat qilish evaziga haq to’lanmagani sababli, qashshoq kishi, masalan, konsul bo’la olmasdi. Saylovlarni tashkillashtirish uchun katta pul talab etilardi. Badavlat quldorlar turli yo’llar bilan saylovchilarni o’z tarafiga og’dirib olar, masalan, bepul tushlik uyushtirar, sovg’a-salom tarqatar va shunga o’xshash ishlarni amalga oshirardi. Saylov kuni konsullikka o’z nomzodini qo’ygan badavlat quldorlar «kandida» deb ataluvchi oq harir libos kiyib olishgan. Hozirgi «kandidat», ya’ni qandaydir lavozimni egallashga harakat qiluvchi nomzod shaxs ma’nosini beruvchi so’z ham «kandida»dan kelib chiqqan. Oq rang nomzodning vijdoni ham uning libosi kabi beg’ubor va pokiza ekanini bildirib turardi. Senat m amlakatda katta hokim iyatga ega bo'lgan. Birorta ham qonun Senatda muhokama etilmasdan Xalq majlisi tomonidan qabul qilinmasdi. Asosiy mansabdor shaxslar - konsullar esa bevosita davlatni boshqarardilar. Mabodo qadim zamonlarda eng tajribali va hurmatli kishilar Senatda o’rin egallagan bo’lsa, vaqt o’tishi bilan konsullar hech bir saylovsiz Senatda o’rin egallab oladigan va uning umrbod a'zosiga - senatorga aylanadigan mavqega erishdilar. Urush boshlangan taqdirda yoki xalq qo’zg’oloni ro'y berganda, diktator va uning o'rinbosari – otliq qo'shinlar boshlig'i tayinlanardi. Diktator cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan. Ammo u hokimiyatda olti oydan ko'p turolmasdi. Har bir konsulni 12 kishidan iborat faxriy qorovul - liktorlar qo’riqlab yurardi. Konsul jinoyatchilarni jazolash imkoniga egaligi alomati sifatida liktorlar yelkalariga o'rtasiga boltacha sanchilgan qayishqoq arqonchalardan bog'lama taqib yurishardi. Konsullar ikki nafar bo'lib, ular muhim masalalarni hal etayotganda bir-biriari bilan maslahatlashib olishi kerak edi. Konsullar yil davomida Rim respublikasini boshqarib, rimliklarni sud qilardilar. Harbiy davrlarda esa ular qo'shinlarga qo'mondonlik qilishgan. Har yili ular xalq majlisiga hisobot berardilar. Rim respublikasida xalq tribuni lavozimi ham ta’sis etilgandi. Xalq tribunlari qashshoq rimliklar manfaatlarini ifoda etardilar. Ular majlislarda barcha fuqarolarning teng va yashirin ovozi bilan saylanardi. Xalq tribuni «veto» (taqiqlayman) so'zini aytishi mumkin bo'lgan, bunday holda qonun qabul qilinmasdi Download 143.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling