Oraliq nazorat savolnomasi “Jahon tarixi va geografiyasi” fanining maqsad va vazifalari Javobi
Download 143.94 Kb.
|
midterm tarx
Oraliq nazorat savolnomasi “Jahon tarixi va geografiyasi” fanining maqsad va vazifalari Javobi: "Jahon tarixi va geografiyasi" fanida qadimgi dunyo va o‘rta asrlardan boshlab dunyo tarixining shakllanishi va rivojlanishi masalalari yoritilgan. Rivojlanish tarixi muammosi keng madaniy-tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Globallashuv va dunyoning geosiyosiy qayta qurilishi munosabati bilan tarix, tashqi siyosat, xalqaro munosabatlar rivojlanishining so‘nggi tendentsiyalari aniqlandi. Kurs maqsadi "Jahon tarixi va geografiyasi" kursi tarixiy voqealarni, ularning sabablari va mohiyatini tushunish va tahlil qilishni, ichki va tashqi omillarni o‘rganishni, shuningdek jamiyat rivojlanishining umumiy va o‘ziga xos qonunlarini tushunishni o‘z ichiga oladi. Bu o‘z navbatida yoshlar o‘rtasida tarixiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Darsning maqsadi - jahon tarixining qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan asosiy bosqichlari to‘g'risida ob'ektiv tarixiy bilim berish. Asosiy vazifa - kelajakda tizimli-tahliliy fikrlash mutaxassislarini shakllantirish, talabalarning jahon tarixidagi o‘tmish va hozirgi voqealar va hodisalarni tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish va shu asosda - butun insoniyat sivilizatsiyasining dunyoqarash darajasidagi rivojlanishi nuqtai nazaridan butun dunyo tarixini yaxlit tushunish. Qadimgi dunyo tarixiga tavsif bering. Javobi: Qadimgi tarixni o‘rganish Insoniyatning qadimgi tarixini turli ixtisosdagi olimlar o‘rganadilar. Arxeologlar qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar. Antropologlar qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasini tiklaydilar va rivojlanishini o‘rganadilar. Etnografl ar qadimgi odamlarning ko‘pgina udumlari, hozirda mavjud qabilalar va elatlarning qadimdan saqlab qolgan xo‘jalik va madaniy an’analarini o‘rganadilar. Biz o‘lkamizning qadimgi tarixini qanday o‘rganamiz? O‘lkamiz qadimgi tarixining keng o‘rganilgan manbalari arxeologlar tomonidan topilgan moddiy manbalardir. Mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari, xullas, qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan hamma narsalar shular jumlasiga kirad Yozma manbalar topilishi bilan olimlarga qadimgi ming yilliklar tarixini tiklash osonlashdi. O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»dir. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari – Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm aholisi madaniyati to‘g‘risida hikoya qilinadi. Qadimgi davr tarixiga doir yana bir yozma manba Behistun qoyasidagi yozuvlardir. Behistun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan. Fors shohi Doro I buyrug‘i bilan qoyaga o‘yib yozilgan yozuvlarda, Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya sanab o‘tiladi. Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib to‘qqiz kitobdan iborat «Tarix» asarini yozdi. Unda o‘lkamizning qadimgi aholisi to‘g‘risida ham ma’lumotlar beriladi. Miloddan avvalgi I asr oxirlarida qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon «Geografi ya» nomli asarida O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida ma’lumotlar keltiradi. Milodiy I asrda qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf «Makedoniyalik Alek sandr tarixi» nomli asarni yozib, makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi ma’lumotlarni keltirgan. Milodiy II asrda yunon tarixchisi Arrian ham «Aleksandrning harbiy yurishlari» («Aleksandr anabasisi») deb nomlangan asar yozgan. Ushbu manbalar, shuningdek, keyinchalik yaratilgan ilmiy ishlar tufayli olimlar yurtimizning qadimiy tarixini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldila Qadimgi tosh davri haqida umumiy tavsif bering. Javobi: So'nggi paleolit davrida (mil. av. 40 - 1 2 ming yil avval) toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o’zgardi. Odamning o'zi ham, tashqi qiyofasi ham o'zgarib bordi. Mazkur davrda hozirgi qiyofadagi odam - kromanyon odami yashagan.Taxminan 25 - 30 ming yil muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari yasashni o'zlashtirgan. Inson endilikda taqinchoqlar- munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham yasay boshladi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug' jamoalarga ajralib chiqishdi. Urug'ga oqsoqol sardorlik qilgan, urug' a’zolari bitta manzilgohda yashagan. Bir joyda yashab turgan bir qancha urug'lar qabilani tashkil etgan. Turarjoylar qurilishi so'nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi bo'ldi. Kiyim-kechak tayyorlashda hayvonlar terisi ishlatilardi. Inson bu davrda sun’iy olov (yog'ochni bir-biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir-biriga urish orqali) hosil qilishni ham o'rganib oldi. Qadimgi Misr madaniyati. Javobi: Yozuv. Qadimgi misrliklar yozuvi ilk yozuvlardan biri sanaladi. Avvaliga har bir so'z rasm ko'rinishida yozilgan. Yozuvdan qarg'ishlar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan, shuning uchun uni «muqaddas» yoki «xudolar kalomi» deb atashgan. Yozuvlar maqbaralar devorlari va xudolar haykallariga chekib yozilgan. Qadimgi yunonlar ulami «iyerogliflar» deyishgan («toshga chekilgan muqaddas bitiklar» ma’nosini anglatadi). Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat. Har bir so'z o'zida bir qancha ramz va timsollarni ifoda etgan. lyerogliflarni qamish qilqalam bilan papirusga, ya’ni papirus poyasidan ishlangan qog'ozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo'yoqlar siyoh vazifasini o’tagan. Ta’lim olayotganda sopol buyumlar parchasiga yoki ohaktoshga yozardilar. Husnixat san’atini egallagan kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, katta imtiyozlarga ega bo'lib, izzat-hurmat ko'rganlar. Iveroaliflar sinning kashf etilishi. Taniqli fransuz olimi Jak Fransua Shampolyon 1822-yili Misr iyerogliflarini o'qish kalitini topdi. Bu kashfiyotga 1799-yili Qohira shahridan uncha uzoq bo'lmagan Rozett shahri yaqinidan topilgan qadimgi misr va yunon tillaridagi bir xil ma’nodagi bitik sababchi bo'ldi. Olim matnlarni taqqoslab ko’rib har bir iyeroglif anglatgan ma’noni tushuntirib berish imkoniga ega bo'ldi. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Nazariv bilimlar. Misrlik ziroatchilar qachon urug'likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig'ishtirib olishni bilishlari zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Shu tariqa astronomiya dunyoga keldi. Misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib belgilashdi, birinchi taqvimni tuzishdi, 365 kunni 30 kundan 12 oyga taqsimlashdi, ortib qolgan 5 kunni esa bayram kunlari sanab hisobga kiritishmadi. Misrliklar tomonidan tuzilgan osmonda yulduzlar joylashuvi xaritasi hozirga qadar saqlangan. Misrliklar dengizlar va sahrolarda yulduzlarga qarab mo'ljal olishgan, yo'lni belgilashgan. Anhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etayotganda maydon, hajmni o'lchash zarur edi, shu tariqa geometriya fani yuzaga keldi. Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, balki kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan. Matematika fani ham ana shu asosda taraqqiy etdi. Misrliklarga tibbiyot yaxshigina tanish bo'lgan. Mumiyolangan mayitlarni tayyorlay turib misrliklar odamning ichki tuzilishini ham yaxshi o'rganganlar. Tomir urishiga qarab inson kasalliklari sabablarini aniqlashgan. Davolash muolajasida ko'katlar damlamasi, mineral suvlarva tuzdan keng foydalanganlar. Misr shaharlarida tabiblarga ta’lim beruvchi maxsus maktablar bo'lgan. Misriiklarning tarixga oid ma’lumotlari ibodatxonalar devorlariga, papirusga va charmga yozgan bitiklarida saqlanib qolgan. Turin papirusi bizga qadar saqlangan, unda podsholar sulolasi xronologik izchillikda keltirilgan. Megido shahridagi ibodatxona devorida podsho Tutmos III ning yurishi to'g'risidagi kitoblar saqlangan. Misrda asosiy o'chov biriigi «tirsak» bo'lib, u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo'lgan uzunlikka teng edi. Qo'llar uzunligi turlichaligi bois, «podsho tirsagi» degan yagona o'lchov joriy etilgan, u 52,5 sm ga teng bo'lgan. Bundan ham qisqa uzunliklarni o'lchashda kaft yoki barmoqlardan foydalanilgan. 28 ta barmoq yoki 7 ta kaft o'lchami bir «tirsak»ni tashkil etgan. Misrda vaqt suv soatlari yordamida o'lchangan, u 24 ta bo'lmaga ajratilgan maxsus idish bo'lgan. Bir bo'lmadan ikkinchisiga oqib o'tadigan suvning hajmi bir soat deb hisoblangan. Misriiklarning ko'plab kashfiyotlaridan hozir ham foydalanilmoqda: kalendar, bir qancha osmon burjlari nomi va hokazo. Adabivot. Xattotlar mehnati tufayli misriiklarning badiiy asarlari bizgachayetib kelgan. Ertaklar, afsonalar, asotirlar, xudolar va podsholarga madhiya va qasidalar keng tarqalgandi. Aksariyat asarlarda real hodisalar to'qima voqealar bilan qorishib ketgan. Odamlar xatti-harakatiga xudolar aralashadi, ezgulikyovuzlik ustidan g'alaba qozonadi. Masalan, «Haqiqat va Qing’irlik haqida ertak»da Qing'irlik Haqiqat ustidan sud o'tkazgani, ko'zlarini ko'r qilgani to'g'risida hikoya qilinadi. Ertak Adolatsizlik ustidan Haqiqatning tantana qilishi bilan yakunlanadi. «Og‘a-inilar» degan ertakda aka-uka dehqonlar turmushi tasvirlanadi, zolim fir’avn timsoli yoritiladi. Piramidalar va maqbaralar. Javobi: Fir’avnlar. Misrliklar e’tiqodicha, fir’avn yer yuzida ham, o'lganidan keyin ham iloh hisoblangan. Fir’avnlar Quyosh xudosi Raning o’g’illari sanalgan, mamlakatdagi barcha hosildor yerlar, tilla va mis konlari ularga tegishli edi. Davlat boshlig’i sifatida fir’avn sudlov tizimi va qo'shinni boshqargan, xorijiy elchilarni qabul qilgan. Fir’avn odamlar oldida yalangbosh ko’rinishi mumkin emasdi. U Yuqori Misr toji, Quyi M isrtoji, qo'shaloq toj, harbiy sarkarda dubulg’asi yoki bosh kiyim kiyishi mumkin edi. Fir’avn hokimiyat ramzlari - aso va qamchini olib yurgan. Piramidalar qurilishi. Qadimgi va O'rta podsholiklar davrida misrliklar barpo etgan ulkan piramidalar fir’avnlar dafn etiladigan joy – maqbaralar bo'lgan. Eng mashhur piramidalar Giza shahri atrofida uch fir’avn - Xufu, Xafra va Menkaura uchun barpo etilgan. Bu piramidalar jahonning yeti mo'jizasidan biri, ularorasida ham hozirga qadar saqlanib qolgan yagona inshootlardir. Eng katta piramida Xufu (yunonlar Xeops deb atagan) uchun mil. av. 2600-yili qurilgan. Uning balandligi 147 m. Piramida har biri ikki tonnadan og'irroq 2,5 mln dona tosh bloklardan tashkil topgan. Toshlar shunchalik aniq kesilgan va taroshlanganki, ular o'rtasidagi yoriq 0,5 mm dan ham oshmaydi. Piramidalarda fir’avnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut - sarkofag joylashgandi. Misrliklar inson vafot etganidan so'ng o'zga bir olamga yo'l oladi, bu hayotda foydalangan narsalarning hammasi narigi dunyoda ham kerak deb hisoblashgan. Dahmalar ichi esa munojotlar va qarg'ishlardan iborat bitiklar bilan qoplangan, ular fir’avnni himoya qilishi va o'zga hayotga o'tayotganida unga yordam berishi mo'ljallangan. Yirik piramidalarni o'rtacha 20 yil davomida qurishgan. Piramidalarni sfinkslar - tanasi arslon va boshi odamnikisimon ulkan haykallar qo'riqlardi. Yangi podsholik davrida piramida qurmay qo'yishdi. Fir’avnlarni tog'larga o'yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo'lishdi. Eng mashhur maqbara fir'avn Tutanxamonga tegishli bo'lgan. Qadimgi Mesopotamiya. Javobi: Tabiiv sharoit. Dajla va Frot daryolari oralig'idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atama tarjimasi Ikkidaryolik yoki Ikki daryo oralig'i degan ma’noni anglatadi. Mesopotamiyada jahondagi eng qadimiy miflardan biri - Yer yuzini suv bosishi to'g'risidagi To'fon rivoyati dunyoga keldi. Xurmo daraxtini Mesopotamiya ahli «hayot daraxti» deyishgan. Bir tup daraxt 50 kg gacha hosil bergan. Xurmo danagidan qoramollarni boqish uchun yem tayyorlangan. Xurmo danaklarini temirchilik ustaxonalarida o'tin o'rnida ham ishlatishgan. Yog'och beradigan o'rmonlar yo'qligi uchun, uylarni tuproq va toshdan qurishgan. Mesopotamiyaning qadimiy aholisi bo'lgan shumerlar, bobilliklar, suriyaliklar, forslar va akkadlar shaharlarda yashashgan, yuksak madaniyatga ega bo'lishgan. Mil. av. 4-mingyillikda Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni Shumer deb atadilar. Mamlakatning Akkad deb nomlangan shimoliy qismiga akkadlar o'rnashdi. Mil.av. 3-mingyillik oxirida shumerlarga singishib ketgan akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oldilar. Mesopotamiya aholisinina mashg'ulotlari. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg'uloti dehqonchilik bo'lgan. Mesopotamiya aholisining eng katta yutuqlaridan biri irrigatsiya edi. Ziroatkorlar ekin maydonlarini sug'orish uchun kanallar qazishgan, qurg'oqchilik paytida foydalanish maqsadida suv omborlariga daryo suvini to'plashgan. Mesopotamiyada yog'och, tosh, metall singari xo'jalik uchun zarur materiallar bo'lmagan, ammo don mo'l-ko'l yetishtirilar, chorva mollari ko'p edi. Shuning uchun Mesopotamiya aholisi savdo-sotiq bilan ham shug'ullanardi. Qo'shni Kavkazorti va Eron o'lkalaridan donga ayirboshlab oltin, kumush, qalay va noyob toshlarni keltirishardi. Suriyadan esa kedr (sidra) yog'ochi keltirilardi. Metall buyumlar, zeb-ziynatlar, qurol-yarog' va kulolchilik buyum lari, ayniqsa, qadrlangan. Savdo-sotiqda kumush quymasi ko'rinishidagi metall tangalar ishlatilgan. M esopotamiyadagi og'irlik o'lchovi «mino» 550 g kumushga barobar edi. Shumerlar eng qadimgi yozuv - mixxatni ixtiro qilishgan. Uchi o'tkirlangan tayoqchalar bilan loytaxtalarga yozishgan. Shahar-davlatlar. Asta-sekin manzilgohlar kengaya bordi, mil. av. 4-mingyillik oxirida Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaharlar vujudga keldi. Ular shahar-davlatlar deb nomlangan, shaharning o'zi va unga tutash dehqonchilik tumanlaridan iborat bo'lgan. Xudo nomidan kohinlar hukmdorlik qilar, xudolar ibodatxonasi esa davlatdagi hokimiyat markazi edi. Mesopotamiyadagi zikkuratlar xom g'ishtdan terib chiqilgan zinapoyali muhtasham inshoot ko'rinishida bo'lgan. Uning yuqorisida ibodatxona joylashar, zikkuratdan yulduzlarni kuzatishardi. Shahar-davlatlar tepasida hukm dorlar turardi. Bundan 5000 yil muqaddam Shumer shahar-davlatlari orasida eng qudratlisi Ur shahri edi. Mesopotamiyadagi katta-katta yer mulklari hukmdorlar va kohinlar qo'l ostida bo'lgan. Dalalarga qullarva erkin yollanma mehnatkashlar ishlov berishgan. Shaharlar tevaragida istiqomat qiluvchi aholi kichik-kichik yer ulushlariga egalik qilishardi. O'z oilasini boqish uchun kambag'allar podsho va ibodatxona mulklarida mehnat qilardilar. Mil. av. 3-mingyillik o'rtalarida Lagash davlati yuksala boshladi, Shumer va Akkadning ko'pgina shaharlari Lagashga qo'shib olindi. Shumer shaharlari mudofaa devorlari bilan o'rab olingandi. Shaharning bosh darvozasidan boshlangan ko'chalar markaziy maydonga, ibodatxona va hukmdor saroyiga borardi. Qurilish tosh, xom va pishgan g'isht bilan amalga oshirilgan. Lagashdagi ibodatxona xudolar va qahramonlar haykallari bilan bezatilgandi. Urush paytida shahar aholisi sardorni saylagan. Bora-bora ularning nufuzi ortdi, sardorlar muntazam hukmronlik qila boshladilar. Ularni podsholar deb atashgan. Podsho shahar-davlatni aslzodalar, kohinlar va qo'shinga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilardi. Gilaamesh haaidaai rivovat. Mesopotamiyaning eng sevimli qahramoni Gilgamesh mil. av. XXVII - XXVI asrlarda Uruk shahri podshosi bo'lgan. Afsonada aytilishicha, Gilgamesh dunyoga kelgandan keyin, bobosi nevarasi undan taxtni tortib olishidan tashvishlangani sababli Gilgameshni jarga tashlab yuborishga farmoyish beradi. Jarga uchib borayotgan Gilgameshni burgut tutib olib, bir bog'bonga eltib beradi, bog'bon Gilgameshni mehr bilan parvarishlaydi. Balog'atga yetgan Gilgamesh bobosidan hokimiyatni tortib oladi, o'zi Uruk shahrini boshqarishga kirishadi. Xudolar Gilgameshga qarshi unga teng kuchli bo'lgan jangchi Enkidu degan pahlavonni yaratishadi. Ikki o'rtadagi jangda g'olib aniqlanmagach, sobiq raqiblar do'stga aylanishadi. Ikkalasi bir bo'lib yovuz maxluqotlarga qarshi kurashadilar, buning uchun xudolar Enkiduni jazolashadi va qahramon qazo qiladi. Boqiy hayotga erishish uchun Gilgamesh dengiz tubida o'sadigan sehrli giyohni izlab topadi, uni o'z xalqi bilan baham ko'rishga qaror qiladi. Ammo iziga qaytayotganida bir ko'lda cho'milib turganida, gulning isini ilon sezib qoladi va mehrigiyoni o'g'irlab ketadi. O'shandan beri ilonlar po'stini tashlab yoshararkan. Gilgamesh esa jonajon shahri devorlari uni xalos etishini, ezgu ishlari o'zini umrboqiy qilishini tushunib yetadi. Akkadning vuksalishi. Shahar-davlatlar bir-biri bilan tinimsiz urushardi. Ana shu urushlar natijasida Sargon I butun Shumer podshosi bo'lib oladi.Mil. av. 3-mingyillik o'rtalarida u Akkadni o’z hokimiyati ostiga birlashtiradi. Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida Sargon I barcha shaharlar uchun yagona uzunlik, maydon va og'irlik lchovini joriy etadi. Jahon tarixida birinchi bo'lib muntazam qo'shin tuzadi. Bu lashkar 5400 nafar jangchidan iborat bo'lgan, keyin esa Sargonga ko'plab shaharlar va mamlakatlarni zabt etishga imkoniyat yaratgan katta armiyaning asosiga aylandi. Sargon Mesopotamiyadan Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan dengiz savdo yo'llarini egallab oldi. O'z hukmronligining so'ngida Sargon I «to'rt iqlim podshosi» unvonini oldi. Yagona davlat uzoq yashamadi. Sargon vafotidan keyin bir-biri bilan kurashni davom ettirgan ko'plab shahar-davlatlarga bo'linib ketdi. Mil. av. 2-mingyillikda Shumer-Akkad davlati ko'chmanchi qabilalar zarbasidan parchalandi. Bobil podsholigi. Javobi: Bobil. Mil. av. 2-mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografik o'ringa ega bo'lib, Frot va Dajla daryolari o'zanlari deyarli bir-biriga qo'shilib ketadigan makonda joylashgandi. Kemalarda suzib kelgan aksariyat savdogaiiar bu shaharga qo'nib o'tishardi. «Bobil» so'zining o'zi esa «xudolar darvozasi» degan ma’noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodatxonalar bo'lgan. Bobilning bosh ko'chasi g'alaba ilohasi Ishtar darvozasi bilan tugallangan. Mil. av. XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi (mil. av. 1792 -1 7 5 0 ) butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga erishdi. Uning hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylandi. Yangi Bobil podsholigi. Navoxudonosor II hukmronligi davrida Bobil o'z ravnaqining cho'qqisiga erishadi. Bu hukmd podsholigiga qo'shib oladi. lyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi Bobil shahri qalinligi 6 m, uzunligi 18 km li devor bilan o'raladi. Shaharning sakkiz darvozadan iborat ichki devori ham barpo etildi, darvozalar hayvonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor tosh taxtachalar bilan bezatilgan. Ayniqsa, tantanalar o'tkazishga mo'ljallangan Ishtar darvozasi mahobatli edi, unga 575 ta buqa tasviri tushirilgan. Navoxudonosor II turarjoy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g'isht ishlatish to'g'risida farmon beradi. Eronliklar lashkari 539-yili Bobilni zabt etadi. Shu paytdan Yangi Bobil podsholigi Ahamoniylar davlati tarkibiga kiradi. Forslarni Bobildan makedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Aleksandr vafotidan so'ng Bobil Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Bobil madaniyati. Shumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o'choqlari edi. Jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri – Shumer mixxati mil. av. 4-mingyillikda vujudga kelgan. Bu yozuv dastavval «suv», «quyosh» va boshqa alohida so'zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo'lgan. Hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zodagonlar va badavlat odamlar oilalari farzandlari ta’lim oladigan maktablar tashkil etilgandi. O'quvchilar qotmagan loy taxtachalarga suyak va yog'ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar. Loy taxtachalar avval oftobda quritilgan, so'ngra xumdonlarda pishirilgan. Bu taxtachalar ilk kitoblar bo'lib, o'quvchilar asotirlar va afsonalarni ko'chirib yozishgan, o'simliklar, qushlar, hayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro'yxatlar tuzishgan. Loy taxtachalarda mamlakatlar, shaharlar va qishloqlar nomlari ham sanab o'tilgan Qadimgi Xett. Javobi: Xett podsholigi. Mil. av. 2-ming yillikda Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan, Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu, Finikiya shahar-davlatlari. Bu davlatlar doimiy bosqinchilik va mudofaa urushlarida kun kechirishgan. Taxminan mil. av. XVIII asrda Kichik Osiyo markazida (hozirgi Turkiya hududida) xettlar degan shimollik xalq o'z davlatiga asos soladi. Xattusa shahri ana shu davlatning poytaxti bo'lgan. Aholining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va chorvachilik edi. Xettlar qo'shni mamlakatlar bilan tinimsiz urushlar olib borishgan. Jangovar aravalar va qoq o'rtasiga temir uchlik o'rnatilgan qalqonlardan foydalanishgan. Xettlar Suriyaning anchagina shaharlarini bosib olib, Bobilni talon-toroj qilganlar. Hozirgi Suriya hududida vujudga kelgan Mitanni davlati xettlarning eng xavfli raqibiga aylangan. Urushlarda mitanniliklar otliq qo'shindan foydalanishgan, xettlar poytaxti Xattusani bosib olish chog'ida otliq qo'shin hal qiluvchi rol o'ynagandi. Shunga qaramay, mil. av. XIV asr boshlarida Xett podsholigi tag'in kuchaya boshlaydi. Xettlar O'rta yer dengizi sohilini qaytarib oladilar, Mitanni podsholigini zabt etadilar. Faqat Ossuriya tahdidi xavfi ostida xettlar Misr hukmdori bilan sulh tuzishga majbur bo'ladilar. Ossuriyaliklar Bobilni bosib oladilar, ammo xettlar ularning tazyiqini to'xtatishga erishadilar. Mil. av. XIII asr oxirida tarixda nomlari noma’lum xalqlar (ularni «dengiz xalqlari» deb atashgan) xettlar poytaxtini bosib olib, butunlay vayronaga aylantirdi. Davlat nuradi, xettlar esa boshqa xalqlarga singishib ketdi. Qadimgi Urartu. Javobi: Urartu podsholigi. Urartu davlati Kavkazortida, Van, Urmiya va Sevan ko’llari oralig'ida joylashgandi. Aholisini urartlar deyishgan. Yagona davlat tashkil topishi Ossuriya hujumlaridan mudofaa qilish zarurati tufayli yanada tezlashdi. Ossuriyaliklarni tor-mor etish imkoniyati bo'lmagan Urartu qo'shinlari to'g'ridan to'g'ri janglarga kirmaslik taktikasiga amal qilardilar. Mil. av. IX asrda Sardur hukmronligi davrida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri mamlakat poytaxtiga aylanadi. Urartlar bir necha bosqinchilik yurishlariga chiqadilar, ossuriyaliklar ustidan g'alaba qozonadilar. Ammo mil. av. 704-yili ossuriyaliklar qo'shinlari urartlar armiyasini tor-mor etib tashladi. Bir qancha Urartu hukmdorlari davrida jamlangan xazina g'oliblar qo'liga o'tdi. Teyshebani shahridagi qal’a ishg'ol etildi va vayron qilib tashlandi. Shundan keyin Urartu ancha zaiflashib qoldi, uni ko'chmanchi skif qabilalari va Midiya podsholigi o'ziga tobe ayladi. Mil. av. 590-yili Urartu podsholigi hamtarix sahnasidan ketdi. Qadimgi Hindiston. Javobi: Hindiston davlati. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topishi bilan, Hindistonda harbiy aslzodalar va ruhoniylar ancha kuchayadi. Harbiy sardorlar va oqsoqollar orasidan ajralib chiqqan hokimlar hokimiyatni vorislik yo'li bilan farzandiga qoldiruvchi podsholarga aylandilar.Shu taxlit mil. av. 1-mingyillikda Hindistonda bir necha davlatlar vujudga keladi, jumladan, Magadxa, Koshala, Malla va boshqalar. Makedoniyalik Aleksandr O'rta Osiyoni zabt etganidan keyin mil. av.327-yili Panjob o'lkasi hududiga bostirib kiradi. Katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha yetib boradi, mil. av. 325-yili Bobilga qaytib ketadi. Mil. av. 318-yili yunon-makedon qo'shinlari Hindistondan butunlay quvib yuboriladi. Yunon-makedon qo'shinlariga qarshi kurashga mashhur hind sarkardasi Chandragupta sardorlik qiladi. Dushman quvib yuborilganidan keyin Chandragupta Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlarni o'z ichiga olgan Maurya davlati asoschisi bo'ldi. Pataliputra shahri poytaxtga aylandi. Mil. av. Ill asrda podsho Ashoka hukmronligi davrida Maurya rivojlanishda yuksak pog'onalarga erishdi. Ammo podsho Ashoka vafot etganidan so'ng, o'zaro urushlar avj oldi, Hindiston tag'in mayda-mayda davlatlarga parchalanib ketdi. Sal o'tmasdan ularning ko'pchiligini Kushon podsholigi, keyin esa Eftaliylar podsholigi bosib oldi. Fan va madanivat. Mil. av. 1-mingyillikda Hindiston ilm-fan, xususan, astronomiya va matematika sohasida yuksak darajaga erishadi.Hindlar 360 kundan tarkib topgan quyosh kalendari tuzadilar. Bu davrda sanash va hisoblashning o'nlik sistemasi keng tarqaladi: hindlar «nol»ni ifodalovchi maxsus belgini o'ylab topishadi, raqamlarni esa bugungi kunda butun dunyo qo'llaydigan bir tartibda yozadigan bo'ldilar. Biz bu raqamlarni arab raqamlari deb ataymiz, negaki ular hindlardan qabul qilgan arablar orqali butun dunyoga keng tarqalgandi. Ushbu mamlakatda ixtiro qilingan, hindlarning o'zi «qo'shinlarning to'rt turi» deb ataydigan o'yin bugungi kunda butun jahonda «shaxmat» nomi bilan ma’lum va mashhurdir. Hindlar birinchi bo'lib shakarqamishdan shakar olgandi.Metallarga ishlov berish sohasida ham hindlar kishini lol qoldiradigan natijalarga erishganlar. Hozirgi kunga qadar Dehlida saqlangan toza temirdan quyilgan minora ustuni zanglamagan, korroziya hodisasi unga asrlar davomida ta’sir o'tkazolmagan. Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo'lmish Sanskrit ishlab chiqildi.
Download 143.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling