Oraliq nazorat savolnomasi “Jahon tarixi va geografiyasi” fanining maqsad va vazifalari Javobi


Download 143.94 Kb.
bet5/8
Sana21.06.2020
Hajmi143.94 Kb.
#120785
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
midterm tarx


Buyuk Karl. Javobi: Buvuk Karl (742 - 814). Karl sulola asoschisi Pipin Pakana (7 1 4 - 768)ning o'g'li bo'lib, Franklar qirolligini

(800-yildan imperiyasini) 46 yil (768 - 814) boshqargan. «Buyuk» nomi unga tarixchilar tomonidan 53 harbiy yurishga boshchilik qilib, yirik saltanat tuzgani, bu davlatda yangi qonunlar, maorif va madaniyatga asos solgani uchun berilgan. Karl haqida ko'plab tarixiy asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo'shiqlar yaratilgan. Uning ismidan «korol», ya’ni «qirol» unvoni kelib chiqqan. Italiva va Isoaniva urushlari. Karl taxtga kelishi bilan istilochilik urushlari olib borgan. Uning dastlabki harbiy yurishlari germanlarning langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga qarshi 773-yili boshlanadi. Langobardlar qiroli Dezideriy mag'lub etilganidan so'ng, sochi olinib Korvey monastiriga jo'natiladi. Italiya yerlari esa grafliklarga bo'linib, Frank qirolligiga qo'shib olinadi. Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi 778-yili Karl dastlabki muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. Karlning jiyani graf Roland jangda halok bo'ladi. Asrlar o'tib Roland fransuz xalq og'zaki ijodining sevimli qahramoniga aylanib, u haqda «Roland haqida qo'shiq» dostoni yaratiladi. Keyingi yurishlar davomida Pireney yarimorolining arablardan tortib olingan hududlarida tuzilgan Ispan markasi Franklar davlatining chegara viloyatiga aylantiriladi. Sakslaraa qarshi urushlar. Reyn daryosining o'ng sohilida yashagan saks qabilalariga qarshi urushlar 30 yildan ortiq (7 7 2 - 804) davom etadi. Bu urush Karl uchun ancha murakkab kechdi. Sakslar germanlarning Karlga bo'ysunmagan so'nggi yirik qabilasi bo'lgan. Istilo qilingan sakslar franklar qo'shini ketgan zahoti yana qo'zg'olon ko'targanlar. Karl ortga qaytib minglab garovga olinganlarni qatl ettirgan, yuzlab saks oilalarini mamlakatning boshqa hududlariga ko'chirgan, sakslarni qanday bo'lmasin xristian diniga o'tkazishga intilgan. Sakslar qattiq qarshilik ko'rsatib, imkon bo'ldi deguncha majusiylikka qaytishgan. Uzoq kurashdan so'ng Karl sakslarni yangi dinga o'tkazishga erishgan. Shu tariqa Saksoniya ham Buyuk Karl davlatiga qo'shib olinadi.

Ilk o’rta asrlarda Angliya. Javobi: Britanivadaai ahvol. Rim legionlari 407-yili Britaniyani tashlab Italiyaga qaytadi. Ularning ketidan Rim kolonistlari ham Yevropaga keta boshlaydi. Shu tariqa orolning Kelt aholisi o'z holicha qoldiriladi. Kelt qabila boshliqlari esa o'zaro urushlarga zo’r beradi. Ayni paytda, shimoldan pikt va skott qabilalari hujumlari boshlanadi. Piktlardan himoyalanish uchun brittlar ilk marotaba germanlarning yut, angl va saks qabilalaridan yollanma drujinalarni taklif etgani ehtimol.

Bu qabilalar esa Germaniyaning shimoli va Yutlandiya yarimorolida yashardi. Dastlab germanlar uchta kemada kelishadi. Lekin ko'p o'tmay ularning ortidan o'nlab, yuzlab va minglab qabiladoshlari yo'lga chiqadi. Germanlarning keltlardan tobora yuqori to'lov talab qilishi, doimiy isyonlari, mamlakatni talashiari va tahdidlari kuchayib boradi. Yutlar V asr o'rtalarida Kent viloyatini bosib oladi. Ularning izidan angl-sakslar ham keltlarga hujum boshlab, qattiq qarshilik bo'lmaganidan, mamlakatni istilo qilishga kirishadilar. Angl-sakslar mahalliy aholining bir qismini qirib, ayrimlarini qullik asoratiga soladilar. Shaharlar katta talafot ko'radi, majusiy germanlar ibodatxona va monastirlarni talab, yondirib yuboradilar. Istilo dahshatidan ko'pgina keltlar qit’aga, Armorika viloyatiga ko'chib o'tadi. Fransiyaning shimoli-g'arbidagi bu hudud brittlarning ommaviy ko'chishidan so'ng Bretan nomini olib, bu nomni hozirga qadar saqlab qolgan.

Qirol Artur. Oroldagi so'nggi rimliklardan Amvrosiy Avreilan VI asr boshlarida brittlarni birlashtirib, germanlarga qarshilik ko'rsata boshlaydi. U qator yorqin g'alabalarga erishib, angl-sakslar tazyiqini deyarii yarim asrga to'xtatadi. Kelt qabilalari xotirasida bu g'alabalar haqidagi ma'lumotlar asrlar davomida saqlanadi. Lekin rivoyatlarda bosqinchilarga zarba bergan qahramonning ismi o'zgargan. Dostonchilar uni Artorius yoki Artur deb atay boshlashgan. Vaqt o'tishi bilan Artur siymosi atrofida

VI asrga aloqasi bo'lmagan ko'plab tarixiy afsonalar to'planadi. Oradan besh asr o'tib ham Yevropaning turli mamlakatlari yozuvchilari qirol Artur va uning ritsaiiari Lanselot, qirolicha Jinevra, sehrgar Merlin haqida asarlarni yaratishda davom etishadi. Bu asarlar kitobxonlar orasida keng tarqaladi.
Buyuk Alfred islohoti. Javobi: Qirol Buvuk Alfred. Buyuk Alfred (871 - 900) Uesseksda taxtga

kelgunicha daniyaliklarni hech kim to'xtatishga qodir bo'lmagan. Buyuk Alfred butun Angliyadan bosqinchilarni jazolash orzusidagi jangchilarni yig'adi. U bu qo'shin bilan daniyaliklarni bir necha bor mag'lub etadi. Buyuk Alfred 879-yili daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi. Unga binoan, butun orol ikki qismga bo'linib, janubi-g'arbiy hududlar Alfredga, shimoli-sharqiy hududlar esa daniyaliklarga beriladi. Chegara London va Chester oralig'idagi qadimgi rimliklar qurdirgan tosh yo'l bo'ylab o'tadi.

Skandinavlarda qoldirilgan yerlar Daniya qonunlari viloyati yoki inglizcha Denlo nomini oladi.

Buyuk Alfred tinchlik sulhidan yangi kuchli qo'shin tuzish uchun foydalandi. Ma’lum ki, avvallari dushman xavfi tug 'ilg anda xalq lashkari to'planardi. Endi har beshta angl-saks oltinchini boqishi va

qurollantirishi m ajburiy etib qo'yiladi. Natijada, birinchidan, tinim siz urushlar davrida qishloqning ko'pchilik aholisi o'z ishidan ajratilmagan. Uyda qolganlar yerni haydash, hosilni yig'ish bilan shug'ullangan. Ikkinchidan, bitta xo'jalik daromadi yaxshi qurol-aslaha uchun yetarli bo'lmasdi. Agar urushga olti kishining barchasi jo'nasa, ularning har birida qim m atbaho po'lat qilich bo'lishi gumon edi. Yangi qoidaga binoan, besh kishi oltinchisini dubulg'a, qilich va jang boltasi bilan ta ’minlab, vikingdan yomon qurollantirm agan. Qolaversa, bu oltinchi kishi doimo mashq qilishi, jangga tayyorlanishi shart edi. Uning uchun qolgan beshta qo'shnisining ishlashi oilasi haqida o'ylam asligi uchun ham imkon beradi. Shu tariqa son jihatidan qisqargan Buyuk Alferd qo'shini sifati bo'yicha avvalgiga qaraganda bir necha bor kuchaydi. Yangi qo'shinning paydo bo'lishi bilan, jam iyatda ham muhim o'zgarishlar yuz beradi. Jamiyat professional jangchilar va dalada ishlovchi dehqonlarga bo'linadi. Buyuk Alfred daniyaliklar qal’alarini qamal qilishni unchalik xush ko'rmasligini anglab o'z mulklari chegaralarida ko'plab qal’a la r – burglar barpo ettiradi. Qirol kema yasaydigan ustalarni topib, daniyaliklarnikidan

qolishmaydigan kemalarni yasattiradi. Qirol Alfred faqat qo'shin haqida qayg'urmagan. U o'z davrining o'ta ma’lumotli kishisi bo'lgan. Uesseksda esa daniyaliklar hujumlaridan keyin lotin tilini biladigan odamlar deyarii qolmagandi. U eski angl-saks qonunlarini yozishni va Angliya tarixiga oid ma’lumotlar to'plashni buyuradi. Buyuk Alfred davrida «Anglosakson solnomasi» tuzilib, unda yilma-yil muhim voqealar qayd etila boshlanadi. 250 yil davom ettirilgan ushbu solnoma bo'lmaganida, tarixchilar o'rta

asrlar Angliyasi haqida juda kam ma’lumotga ega bo'lardilar.
Sharqiy Frank qirolligi (Germaniya)ning tashkil topishi. Javobi: Sivosiv taraaaivot. Frankoniyaliklar sulolasining so'nggi vakili Genrix V ning farzandi bo'lmagan. Taxtga Saksoniya gersogi Lotar (1125 - 1137) qo'yiladi. Lining vafotidan so'ng, o'g'il vorisi yo'qligi tufayli, taxt shtaufenlar sulolasiga o'tib, ular Germaniyani 1138 - 1254-yillarda boshqaradilar. Sulolaning eng mashhur vakillaridan biri Fridrix I Barbarossa (1 1 5 2 -1 1 9 0 ) edi. Dastlab Fridrix o‘z istilolarini salib yurishlari

tufayli boyib ketgan Italiya shaharlariga qaratadi. Imperator shu maqsadda awal Rim papasini qo'llaydi. Keyinchalik papaning o'zini imperator hokimiyatidan ustun qo'yishi ular orasiga nifoq soladi. Barbarossaning maqsadi Italiyani o‘z viloyatlaridan biriga aylantirish edi. Bunga faqat Milan va Lom bardiyaning bir necha shaharlari qarshi chiqadi. 1158-yil R onkal vo d iysid a chaqirilgan seym imperatorning Italiyada hokimiyatini cheklanmagan deb e’tirof qiladi. Fridrix I ning Bolonyadan taklif etgan eng bilimdon huquqshunoslari uning xizmatiga kirib, qonunlar majmualarini tuzib beradilar. Jinoiy ishlar, sud qilish, tanga-chaqa zarb etish, shahar hokimlarini tayinlash imperator tasarrufiga o’tadi. Bu qonun to'plamlarida Fridrix I «yerdagi jonli qonun» deb e’tirof etiladi.

Mavjud vaziyatda 1162-yili Milan boshchiligida Lombardiya shaharlari bosqinchilarga qarshi qo’zg’olon ko’taradi. Qo'zg’olonni bostirish davomida Milan aholisiga sakkiz kunda shaharni tashlab ketish sharti qo'yiladi. Milan XII asr 60 - 70-yillarida qayta tiklanib, yangi jangga hozirlik ko'ra boshlaydi. 1176-yili Lenyano jangida Liga qo'shini imperator ritsarlarini tor-mor qiladi. Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlariga kommuna - erkinlik huquqini berishga majbur bo'ladi. Keyinchalik Fridrix I o'g'li Genrix VI ni Sitsiliya malikasi Konstansiyaga uylantirish orqali Italiyaning janubini qo'lga kiritgan bo'lsa-da, papalarni va Lombardiya shaharlarini Germaniyaga qarshi qilib qo'ydi. Innokentiy III Germaniya siyosatiga kuchli ta’sir o'tkazgan papa bo'ldi. Shlaufenlar qudratiga ma’lum qo'rqinch bilan qaragan Innokentiy III deyarli barcha tomonidan unutilgan Barbarossaning 18 yoshli nabirasini dastlab german knyazlari qirol deb tan olishiga erishadi. Uning sodiq xizmatkor bo'lishiga umid qilgan papa Fridrix II ni oradan sakkiz yil o'tib imperator deb e’lon qiladi

German shaharlari X IV - X V asrlarda. Nemis knyazlari, salibchi ritsarlarining Boltiqbo'yidagi istilolari Germaniyaning shimolidagi shaharlar yuksalishiga yo'l ochadi. Bu shaharlar XIV asr o'rtalariga kelib Ganza ittifoqiga birlashadilar. Bu faqat iqtisodiy masalalar, savdo-sotiq bilan shug'ullanadigan ittifoq bo'libgina qolmasdan, XIV asr 70-yillarida Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba beradi.

Ganza ittifoqidan tashqari XIII - XV asrlarda Germaniyaning janubiy va g'arbiy qismidagi shaharlar ham yuksaladi. Dunay sohili bo'ylab joylashgan 90 ta shaharni birlashtirgan Shvabiya ittifoqi Italiya shaharlari bilan bevosita bog'liq edi. Augsburg, Ulm va Nyurnberg shaharlari movut, surp, ip-gazlamalar ishlab chiqarishda, metall buyumlar, qurol-aslahalar yasashda yetakchi mavqe tutgan. Reyn daryosi bo'ylab joylashgan g'arbdagi shaharlar: Kyoln, Vorms, Strasburgda metal ishlab chiqarish va movut to'qish rivojlangan. Bu shaharlar Niderlandiya, Fransiya va Italiya bilan savdo-sotiq olib borgan
Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi. Javobi: Rimaa asos solinishi. Rim shahri Tibr daryosi bo'yidagi shinamgina dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr daryosi bo'ylab

joylashgan kichik manzilgohlar birlashib katta shaharga aylandi. Rim yettita tepalikda joylashgan. Ular Aventin, Viminal, Kvirinal, Kapitoliy, Palatin, Eskvilin, Seliy deb atalgan. Tibr toshgan kezlarda, tepaliklar o'rtasidagi vodiy odam o'tolmaydigan botqoqlikka aylanib qolardi. Shahar joylashishi harbiy nuqtayi nazardan juda ham qulay bo'lgan. Daryo va botqoqlik lotinlami qo'shni qabilalar hujumlaridan himoya qilardi. Rivoyatga qaraganda, Rim shahriga mil. av. 753-yili aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan. Dunyoga kelganlaridan keyin chaqaloqlarni Tibr daryosi bo'yida o'lsin deb tashlab ketishadi. Daryo bo'yida ularni Ona bo‘ri topib oladi, bir cho'pon kelib olib ketmaguncha, aka-ukalarni

emizadi va boqadi. Voyaga yetganlarida esa Tibr bo'yida shahar barpo etishga ahd qilishadi. Aka-ukalar janjallashib qolib, Romul o'z inisini o'ldirib qo'yadi, shaharga esa o'z nomini beradi. Bugun ham, afsonada

aytilganidek, egizaklarni emizgan Ona bo'ri Rimning timsoli hisoblanadi. Mil. av. VI asrda Rim aholisi ko'p shaharga aylanadi. Kapitoliy tepaligida esa dushmanlardan himoyalanish uchun qal’a bunyod etiladi.

Q adim ai R im da bo sh q a ru v. Ilga ri rim lik la r o 'z h ukm dorlarini saylashardi. Hukm dorlar ham harbiy boshliq, ham sudya, ham kohin bo'lishgan. Mil. av. 509-yilgacha shu taxlit davom etdi, taqabi

«Mag'rur» bo'lgan Tarkviniy degan kishi saylab qo'yilgan hukmdorni o'ldirib hokimiyatni egallab oldi. Darg'azab bo'lgan aholi qo'zg'olon ko'tarib Tarkviniyni shahardan haydab yubordi. Shahar ahli butun

hokimiyat bir kishi qo'lida jam lanishiga yo‘1 qo'ymaydigan boshqaruv shakliga o'tishga qaror qilishdi. Podsho hokimiyatining ag'darilishi Rim respublikasi asosini yaratdi.


Vizantiya imperiyasi. Javobi: Imperivanina tashkil tooishi. Imperator Feodosiyning o'g'illari 395-yili Rim imperiyasini ikki mustaqil davlatga: G'arbiy Rim imperiyasi (poytaxti Rim) va Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya, poytaxti Konstantinopol)ga bo'lib olishgandi. Konstantinopol shahri o'rnidagi Vizantiy (Megara koloniyasi) nomidan Sharqiy Rimni ko'pincha Vizantiya deb ham nomlashadi.

IV asrda Vizantiya tarkibiga Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo, Kavkaz, Suriya, Falastin, Misr, Krit va Kipr orollari kirgan. Sharqiy Rim imperiyasida ellinlar, suriyaliklar, armanlar, gruzinlar, yahudiylar va boshqa xalqlar yashagan. Ulardan yunonlar son jihatidan ko'p bo'lganidan, davrlar o'tib yunon tili lotin tilini surib chiqaradi va davlat tiliga aylanadi. Yevropada Sharqiy Rim imperiyasi aholisini yunonlar deyishgan. Lekin imperiya fuqarolari o'zlarini rimliklar (yunoncha romeylar), davlatlarini esa Rim (Romey) imperiyasi deb hisoblashgan. Ularni Sharq xalqlari ham rimliklar deb bilishgan. Vizantiyada qulchilik saqlanib qolsa-da, aholining katta qismini erkin dehqonlar tashkil etishi, sun'iy sug'orishga asoslangan sermahsul ziroatchilikning bo'lishi uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi. Shuning uchun imperiyada VI asrda ham Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Edessa shaharlari yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullab-yashnagan. Konstantinopol va Aleksandriyalarni muhtasham binolar, ko'p qavatli uylar, haykallar va faw oralar o'matilgan maydonlar bezab turgan. Shaharlarda hunarmandchilikning shishasozlik, movut, shoyi gazlamalar to'qish, zargarlik sohalari, ayniqsa, yuksalgan.

Ispaniyadan Xitoyga qadar dunyoning turli mamlakatlari savdogaiiari romeylar bozoriga shoshilganlar. Konstantinopol Osiyo va Yevropani bog'laydigan «Oltin ko‘prik»ka aylanadi. Vizantiya savdogarlari G'arbning siyraklashib qolgan bozorlariga hashamatli kiyimlar-u zeb-ziynatlar, ziravorlar va qimmatbaho vinolar, qurol-yarog'lar-u idishlar, cherkov anjomlari-yu buyumlarni olib borishgan. Vizantiya oltin puli (nomisma) ko'p asrlar davomida eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan. Vasilevs hokim iyati. Vizantiya im periyasini vasilevs (yunoncha podsho) boshqargan. U xudoning irodasi bilan saylangan butun xristian dunyosi hukmdori sanalgan. Vasilevslar Yevropa, Old Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlarini boshqarish huquqini rimliklardan o'tgan meros hisoblashgan. Boshqa xristian davlatlari hukmdorlari (og'izda bo'lsa-da) uzoq payt o'zlarini Vizantiya imperatorlarining vassallari deb hisoblashgan.

Vizantiya imperatori saroyi o'zining boyligi, hashami va tantanavorligi bilan ajralib turgan. Bayramlar va qabullar paytida vasilevs oltin iplardan kashtalangan, marjon va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimlarda chiqqan. Hukmdor kiyimi to‘q qizil rangda bo'lgan.

An’anaga binoan, to'q qizil rangli etikni faqat imperator kiyishi mumkin edi. Qimmatbaho kiyimlar, hukmdor toji, oltin zeb-ziynatlar juda og'ir bo'lgan. Imperatorlardan biri toj kiyish marosimida kiyim-bosh, zeb-ziynatlar og'irligidan hushidan ketgani ma’lum. Vasilevsga ko'p sonli sud, harbiy va soliq muassasalari, davlat amaldorlari, shuningdek, maslahatorganiga aylangan sinklit (lotincha senat) bo'ysungan. Vizantiyada amaldor va senatorlar faqat zodagonlardan bo'lmagan. Iqtidorli va bilimli oddiy xalq farzandlari ham yuqori lavozimlarga erishishi mumkin edi. Ulardan hatto imperatorlar ham chiqqan. Bu holat romeylami umuman ajablantirmagan ham, sababi ular qadimgi rimliklar singari imperiyaning barcha fuqarolari tug'ilishidan teng, mansublik

esa har bir insonning shaxsiy ishi deb hisoblashgan.
Yustinian I islohotlari. Javobi: Vizantiya imperiyasi o'z qudrati cho'qqisiga

Yustinian I (527 - 565) imperatorligi davrida erishadi. U kambag'al dehqon oilasida tug'ilgan. Amakisi Yustin oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko'tarilib, imperatorlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga yaqinlashtirib, unga yaxshi ta’lim berdiradi. Amakisining vafotidan so'ng Yustinian taxtga o'tiradi.

Yangi imperator siyosiy donolik va jasorat sohibi edi. U imperiya hayotini islohotlar orqali ancha yangilab, xalqaro savdoni jonlantirib, davlat xazinasini to'ldiribgina qolmay, xalq farovonligini ham ta’minlaydi. Yustinian I siymosida harakatchanlik, qat’iyat, uzoqni ko'ra bilish, ayni paytda, buyuk siyosatdonlarga xos ikkiyuzlamachilik, mug'ombirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan.

Yustinianning rafiqasi malika Feodora ham mashhur edi. Yoshligida Feodora aktrisa bo'lgan. U davrda aktyorlik yaxshi kasb hisoblanmasa-da, Feodoraning chiroyiga mahliyo bo'lgan Yustinian I, jamoatchilikning salbiy fikriga qaramasdan, unga uylanadi. Feodora aqli, shuhratparastligi, qo'rqmasligi bilan ajralib turgan.

Yustinian yurishlari. Yustinian I ning maqsadi Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash edi. U 534-yili sarkarda Velisariyni Shimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va o’rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug'ullangan vandallarga qarshi уuboradi. Yaxshi qurollangan vizantiyaliklar qo'shini vandallar qirolligini bo'ysundirib, Shimoliy Afrika Karfagen shahri bilan Vizantiya viloyatiga aylanadi.

Shundan so'ng Velisariy Italiyaga yo'l oladi. Vizantiyaliklar Sitsiliya orolini qiyinchiliksiz qo'lga kiritadilar. Lekin Italiyada ular ostgotlarning qattiq qarshiligiga uchraydi. Velisariyga qarshi ostgotlar qochoq qullarga ozodlik berib ulardan foydalanishgan. Vizantiyaliklar esa, aksincha, qulchilikni saqlab qolishgan, har qanday aybi uchun qulni qattiq jazolashgan. Shunga qaramay, vizantiyaliklar Italiyaning katta qismini bo'ysundirib, poytaxti Ravenna bo'lgan alohida noiblik (ekzarxat) tuzishadi. Italiyadagi urush so'ngida Yustinian I Ispaniyaga ham qo'shin yuboradi. Ispaniyada vestgotlar hukmronlik qilardi. Vestgotlar Gibraltar bo‘g‘ozi ustidan nazorat o'rnatadi.
Vizantiya imperiyasi aholisi va madaniyati. Javobi: Vizantiva madanivati. O'rta asrlarda Vizantiya o'ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg'or mamlakati bo'lib qoladi. Sababi,

german qabilalari istilosi natijasida inqirozga uchragan G'arbiy Rimdan farqli o'laroq, Vizantiyada antik madaniyat an'analari saqlangan, vizantiyaliklar hayotida yunon hamda Sharq madaniyatlari qorishm asiellinizm muhim o'rin tutgan. llm-fan eng rivojlangan shahar «fanlar onasi» Afina edi. Platon (mil.av. IV asrda) asos solgan Afina akademiyasida mashhur faylasuflar ta’lim berardi. Afinada o'qigan talabalar o'z bilimlari chuqurligi va kengligi bilan faxrlanganlar. Bu haqda V asrda yashagan tarixchi:

«U laro'zlarini yarim xudo, o'zgalarni esa yarim eshak deb hisoblaydilar», - deya kinoya bilan yozgandi. Keyinchalik imperator Yustinian o'z siyosatiga qarshi bo'lgan Afina akademiyasini yopish haqida farmon chiqaradi. Vizantiyaning iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlari yangi o'quv va ilmiy markazlarni vujudga keltiradi. Konstantinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi, 1045-yili huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan i bo rat universitet ochiladi. Poytaxtda oliy tibbiyot maktabi ham faoliyat yuritardi.

O'rta asrlarda Vizantiyaga shuhrat keltirgan shishasozlik, kulolchilik, bo'yoqlar tayyorlash sirlari antik davrdan saqlanib kelgan. VII asrda ixtiro qilingan «grek olovi» Vizantiyaning dengiz janglaridagi muvaffaqiyatlarini ta'minlagan.


Ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropa madaniyati. Javobi: G'arbiy Yevropa madaniyati XII - XIII asrlardan yuksala boshlaydi. Shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, Vizantiya va Arab xalifaligi madaniyatlari bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi. Shaharlarda xususiy va shahar kengashlari boshqaruvidagi maktablar soni oshib boradi. Bunday maktab o'quvchilari dunyoviy bilimlarni cherkov maktablaridagiga nisbatan kengroq va chuqurroq olishgan. XII asrdan yirik shaharlarda dastlabki oliy maktablar - universitetlar ochila boshladi. Jumladan, Bolonya va Parijda ilk universitetlar tashkil topib, ular o'z davri uchun yuksak ma’lumot berishgan. Eng yirik universitet Parijda edi. Uning asoschisi qirol xonadoni ruhoniysi Rober de Sorbon bo'lgan. Qiroldan maxsus yorliq olgan universitetlar to'la mustaqil bo'lganlar. XIII - X V asrlarda Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari o'z universitetlariga ega bo'lishadi. Ularni papa va yepiskoplar, imperator va qirollar, knyazlar va shaharlar tashkil etgan. Angliyaning eng keksa universitetlari Oksford va Kembrij bo'lgan. Manbalarda yozilishicha, Kembrij universiteti Fransiyadan kelgan to'rtta o'qituvchi tomonidan dastlab oddiy bostirmada tashkil qilingan. Italiyada Bolonyadan tashqari Neapol universiteti bo'lib, unga Fridrix II asos solgan. Salamanka Ispaniyadagi eng e’tiborli universitet edi. Muqaddas Rim imperiyasidagi ilk universitet Chexiyada - Praga (1348), so'ng Avstriyada - Vena (1365), nihoyat, Germaniyada - Geydelberg, Kyoln va Erfurtda ochiladi. Polshaning birinchi universiteti Krakovda 1364-yili tashkil topgan
Slavyanlar haqida umumiy tavsif. Javobi: Slavvanlar. Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan «slavyanlar» atamasi VI asrdan ishlatilgan. Lekin slavyan qabilalari

haqida dastlabki ma'lumotlar yunon-rim tarixchilari asarlarida germanlar bilan bir paytda - miloddan avvalgi II - 1 asrlardan tilga olinadi. Slavyan qabilalari VI - VII asrlardan g'arbda Elba daryosidan sharqda Visla daryosiga qadar, shimolda Boltiq dengizidanjanubda Dunay daryosiga qadar cho'zilgan hududlarda yashaganlar. Keying! asrlarda ular uch guruhga: g'arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bolingan. G'arbiy slavyanlar chexlar, polyaklar, lujichanlarva slovaklar, janubiy slavyanlar bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, chernogorlar, makedonlar va bosniyaliklar. sharqiy slavyanlar ruslar, ukrainlar, beloruslardan tashkil topgan. Slavvanlarnina masha'ulotlari. Slavyanlar qadimdan dehqonchilik bilan shug'ullangan. Ular yig'ilgan g'allani alohida omborlar (zaxira)da saqlaganlar. Vizantiya tarixchisi Mavrikiyning yozishicha, dehqonlar boshoqli ekinlardan ko'proq arpa va tariq ekkanlar. Milodiy asr boshlaridan slavyanlar uy chorvachiligi va hunarmandchilik bilan ham shug'ullana boshlaganlar. Visla, Dnepr, Dunay, Elba daryolari bo'ylarida yashagan aholi xo'jaligida baliqchilik ham muhim o'rin tutgan.

litimoiv tuzum va din. Slavyanlarning ijtimoiy tuzumi germanlarnikiga o'xshash. Ular qabila va urug'larga bo'linib yashagan. Urug', o‘z navbatida, katta patriarxal oilalardan tashkil topgan. Yozma manbalarda xalq yig'inlari (slavyanlar «veche»si), knyazlar, harbiy drujinalar, slavyanlarning olib borgan urushlari haqida ma’lumotlar uchraydi. Slavyanlarning diniy tasavvurlari tabiat kuchlari va o'z ajdodlari ruhlariga sig'inish ko'rinishida bo'lgan. Ularda osmon xudosi Svarog, momoqaldiroq va yashin xudosi Rerun, hosildorlik xudosi Jiva asosiy ilohlar hisoblangan. Aholi orasida jinlar, suv parilari va boshqa afsonaviy

siymolarga e’tiqod ham saqlanib qolgan.


Download 143.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling