Oraliq nazorat savolnomasi “Jahon tarixi va geografiyasi” fanining maqsad va vazifalari Javobi
Download 143.94 Kb.
|
midterm tarx
Qadimgi Rim Imperiyasi. Javobi: Imperiya hududi kengayib borgani sayin, shaharlar ham ko'paydi. Rim shaharlari oldindan puxta ishlangan reja asosida barpo etilgan. Shaharlarda ko'plab chiroyli jam oat va turarjoy binolari, ibodatxonalar, hammomlar, savdo rastalari va dorixonalar bo'lgan. Ko'pchilik odamlar 2 - 3 qavatli binolarda istiqomat qilgan. Badavlat odamlar esa o'zlariga koshona qurib olardi. Bunday uylarda markaziy isitish tizimi bo'lgan: pollar isitilar, quvurlar orqali uylarga suv oqib kelardi. Uy mozaikalar - shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan suratlar bilan bezatilgan. Shohona uy-joylar - villalar devorlarini freskalar- selgimagan suvoqqa ishlangan rasmlar bezatib turardi. Har bir shahar markazidagi Forumda bozor maydoni, xalq yig'ilishlari uchun joy va markaziy ibodatxona bo'lgan. Suv shaharga bir necha qavatli ko'prikka o'xshab ketuvchi akveduk orqali oqib kelardi. Ovqat pishirish va isitish uchun yog'och ko'miri yonib turuvchi o'txonalardan (o'choqlar) foydalanilgan. Rim bozorlarida eng bozori chaqqon tovar qullar edi. Har bir shaharda qullar savdoga chiqariladigan bozor bo'lgan. Odamlar kiyib yuradigan liboslar ularning jamiyatdagi o'm ini bildirib turardi. Masalan, o'g'il bolalar 14 yoshga to'lgunga qadar pushti yo'llik «togu» kiyishgan. 14 yoshga kirganlarida ular voyaga yetgan shaxs hisoblanar va oppoq togu kiya boshlardi. Xuddi shunday harir toguni senatorlar ham kiyishardi. Rimlik ayollar turli rangdagi ko'ylaklar kiyishar, bosh va yelkalariga ro'molyopinardilar. Puni urushlari. Javobi: Mil. av. II asr o'rtalarida uchinchi Puni urushi bo'ldi. Rimliklar Karfagenni qamal qildilar, ammo aholi uning himoyasiga qo'zg'aldi. Karfagen shahri aholisi ikki yil o'z shahrini mudofaa qildi, shaharda ochlik boshlandi. Rimlik legionerlar bir hamla bilan uylarni birma-bir bosib olishar, yo'lda uchragan narsani talashar va o't qo'yishardi. Karfagen o‘n yeti kun o't-olov girdobida qoldi. Xalq tajribalari va donishmandligini asrab kelgan xonadonlar va kutubxonalar kuli ko'kka sovurildi. Karfagen bunyod etilgan joy esa, Senat qaroriga ko'ra, qarg'ish tekkan maskan deb e’lon qilindi. Bu yerda uy-joy qurish va dehqonchilik bilan shug'ullanish taqiqlangan. Shunday qilib, mil.av. 146-yili Karfagen butunlay vayronaga aylantirildi. Rim qo'shinlari g'alaba sururi, talangan o'lja va minglab qullar bilan Italiyaga qaytib keldi. Rimda qullar va gladiatorlar. Javobi: Rim davlatidagi qullarda mehnatdanvmanfaatdorlik hissi umuman bo'lmagan. Savalash va qattiqqo'l muomala bilan ularni durust ishlashga, xo'jalik mollari va mehnat mahsulotlarini asrashga undashning ham iloji yq edi. Milodiy I - II asrlarda qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo'ldi. Ko'plab quldorlar qullarni yer ijarachilariga aylantira boshladi. Qullar qo'zg'olonidan qo'rqqan, hosildorlikni oshirishga intilgan zamindorlar o'z yerlarini kichikkichik mulklarga bo'lib tashladilar, erkin kambag'allarga ijaraga tarqatib bera boshladilar. Ana shu yerlarda ijarachilar dehqonchilik bilan shug'ullandilar. Ular yerga qancha yaxshi ishlov bersalar, hosilning shuncha ko'p ulushi o'zlariga nasib etardi. Mayda yer ijarachilari kolonlar deb atalgan. Yerdan foydalanganlik uchun ular yer egasiga o'zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan to'lov berishardi. Bora-bora mutlaq qaram qullarning soni kamaydi. Ayrim yer egalari xojaliklam i yuritish uchun qullarga kichik yerlarni mustaqil yuritishga mehnat qurollari, urug'lik va oilasi bilan birga yashashga ruxsat berishardi. Bunday qullar «kulbali qullar», ya’ni uy-joyli qullar deb nomlangan. Ular ham yerdan foydalanganlik uchun haq to'lashardi, ammo o'zlarining taqdiri xo'jayinlarining qo'lida edi. Qullar va kolonlar Rim imperiyasining eng mazlum aholisi bo'lib qolaverishdi, ular birgalikda quldorlarga qarshi kurash boshladilar. Gladiatorlarianalari. Rimliklarning sevimli tomoshalaridan biri gladiatorlar jangi bo'lgan. Aksariyat gladiatorlar qullar yoki jinoyatchilar bo'lishgan. Ularga maxsus yopiq maktablarda ta'lim berishar, so'ngra bir-biriari bilan olishishga, tomoshabinlar ko'nglini xushlashga majbur qilishardi. Janglar ulkan tosh stadionlar yoki amfiteatrlarda bo'lib o'tardi. 50 ming tomoshabin sig'adigan Kolizey eng katta amfiteatr bo'lgan. Ba’zida gladiatorlar katta-katta guruhlarda jang qilishgan, shunda sahna jang maydoniga o'xshab qolardi: o'ldirilgan, yaralangan vajon berayotgan gladiatorlar hamma yoqda sochilib yotardi. Yanada qiziqariiroq bo'lishi uchun gladiatorlar janglari kuchi teng raqiblar o'rtasida o'tkazilgan. Gladiatorlarning yow oyi arslonlar, qoplonlar, darg'azab ho'kizlar bilan janglari ham tashkillashtirilgan Imperator Trayan islohotlari. Javobi: Milodiy 98-yili Tray an imperator taxtini egalladi. Trayan zamonida Dunay daryosi bo'ylarida yashovchi daklar bilan urush olib borildi. Ossuriya va Mesopotamiya hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi. Trayan Parfiya bilan urushlarda muvaffaqiyatga erishdi, uning hukmronligi davrida yolg'onchi chaqimchilikka asoslanib qatl etish bekor qilindi. Qadimgi Rim madaniyati. Javobi: Oadimai madanivataa aiziaish. Gumanistlar yunon va rim madaniyatini o'rganishga katta e'tibor berishgan. Insonning go'zalligini tarannum etuvchi antik davr asarlari o'rta asrlarning cherkov ta'siridagi san’ati va adabiyotidan tubdan farq qilardi. Gumanistlar sa’y-harakatlari bilan antik, qisman unutilgan, katolik cherkovi taqiqlagan madaniyat qayta tiklanadi. Gumanistlar antik va uyg'onish davrlari orasidagi (V - XV asrlar) davmi nodonlik, jaholat asri, umanizm davrini (XVI asr) «yangi zamon» deb ataganlar. Uva'onish madaniyati markazlari. Bu davrda Italiyada Florensiya alohida o'rin tutadi. Savdodan kelgan daromad uni Yevropaning eng boy shaharlaridan biriga aylantirdi. Shahar hokimlari to'plangan boyliklar hisobidan me'morchilik obidalari bunyod ettirgan, haykaltaroshlik va rassomchilikni yuksaltirgan. Shu tariqa Florensiya XV asrda Italiyaning yirik madaniyat markaziga aylanadi. Eng mashhur rassomlar, haykaltaroshlar, me'morlar Florensiyadan bo'lib, shahar-respublika hokimlari ularning barakali ijodi uchun sharoit yaratib berganlar. Yevropadagi birinchi Kruska akademiyasi ham 1582-yili Florensiyada ochilgan. U italyan tilidagi dastlabki katta lug'atni nashr qilgan.Madaniyat markazlaridan yana biri Venetsiya edi. Shaharda XV asrdan kitob chop etish yuksaldi. Aldo Manutsiya bosmaxonasida nashr qilingan antik davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada keng tarqalgan. Qadimgi Rim aholisining dini. Javobi: Xudolar uchun ulug'vor ibodatxonalar barpo etilgan. Bundan tashqari, har bir rimlik xonadonida o'z xudosi bo'lgan. Rimliklar xudolarining ko'pchiligi yunonlar xudolarini esga sol adi. Muhim ishni boshlashdan oldin rimliklar bu ishda madad berishi uchun xudolarga qurbonliklar bag'ishlardilar. Turfa xudolar hayotning turli jihatlarini boshqarardi. Masalan, jangda mag'lubiyatga uchragudek bo'lishsa, demak, qaysidir ish bilan urush xudosi Marsning jahlini chiqardik degan xayolga borishgan (yunonlarda urush xudosi Ares bo'lgan). Rimning bosh xudosi osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi Yupiter sanalgan. Yupiter Rim davlati homiysi, xalqlar va davlatlar taqdirini boshqarib turadi deb hisoblangan. Neptun dengiz xudosi, uyqu xudosi Morfey, ov xudosi Diana edi. Rimliklar Vulkanni olov va temirchilar xudosi deb bilishgan. Venera bahor va sevgi xudosi, Baxus may xudosi bo'lgan. Rimning odil sudlov ilohasi esa Yustitsiya hisoblangan. Bu iloha, odatda, ko'zlari bog'langan ayol ko'rinishid tasvirlangan. Yustitsiyaning o'ng qo'lidagi qilich jazo timsoli sanalgan, chap qo'lidagi tarozi bilan iloha aybdorlik va aybsizlikni taqqoslab o'lchagan. Rimning taqdir ilohasi esa Fortuna bo'lgan. Fortuna ko'pincha taqdirlar peshvosi sifatida gohida gul bilan, ba’zan esa taqdir qo'nimsizligi ramzi sifatidagi shar bilan birga tasvirlangan. Rimning qasos va intiqom ilohalari bo'lmish furiyalar yovuz, qasoskor ayollar siymosida tasvirlangan. Ibodatxonada Rim ning bosh xudosi Yupiterning ulkan haykali o'rnatilgan. Ibodatxona yonida altar - qurbonlik baxshida etiladigan ko'tarma joy bo'lgan. Odatda, ho'kizlar, qo'ylar, cho'chqalar yoki echkilarni qurbon qilishgan. Qurbonlik bag'ishlash marosimini faqat kohinlar o'tkazishga haqli edi. Hayvonlar go'shtining bir qismi xudo qovurilgan go'sht isini hidlashi uchun altarlarda kuydirilgan. Ammo, rimliklar fikricha, xudolarning asosiy yeguligi nektar bo'lib, ularning navqironligi va manguligini ta’minlarkan. Diniv m arosim lar. Diniy m arosim lar qat’iy belgilangan qoidalar bo'yicha o'tkazilgan. Diniy marosimlar o'tkazilishi ustidan kohinlar-pontifiklar - Rim ruhoniylari nazorat qilgan. Pontifiklar bayramlar taqvimi, marosimlar tantanalari tartibini tuzishardi. 5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylarni ifoda etuvchi pontifiklar hay’atiga Buyuk pontifik rahbarlik qilardi. Buyuk pontifik xudolar bilan maslahatlashib olib uzil-kesil xulosa beradi deb bilingan. Rim liklar barcha muhim ishlarni fol ochishdan boshlashgan. Fol ochish kohinlar - avgurlar yordamida amalga oshirilgan. Avgurlar qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks sadoga va hokazolarga qarab fol ochardi. Mabodo alomatlar ko'ngildagidek bo'lmasa, ishlar ma’lum muddatga kechiktirilardi. Biroq keyinchalik avgurlar ta’siri pasayib ketdi va hatto «avgurning tabassumi», ya’ni «aldoqchining ayyorlarcha jilmayishi» degan qochiriq ham dunyoga keldi. Xonadon o'chog'i ilohasi Vesta ibodatxonasida muqaddas olov saqlanardi. Muqaddas olovni saqlash ayol kohinalar majburiyatlari sirasiga kirardi. Olov yonib turarkan, davlat mavjuddir deb hisoblashgan. Vestachi kohinalar ta'siri va nufuzi katta edi. Ularga hatto qatlga hukm etilganlarni avf etish huquqi ham berilgandi. Vestachi kohinalar safiga o'tgan ayollar nikohlanlanmaslik to'g'risida qasam ichishardi. Bu qasamyodni buzgan kohinalar tiriklayin yerga ko'mib tashlangan. Rim imperiyasining qulashi. Javobi: Rim imperivasiaa bosainlar. Zaiflashib qolgan Rim qo'shni varvarlar hujumini to'xtatolmaydi. Qulchilik zulmidan aziyat chekkan mahalliy aholi esa german qabilalariga qarshi chiqmay, ba’zida ularning tomoniga o'tib ketadi. V asr boshlarida Pireney yarimoroli va Galliyaning bir qismida dastlabki varvarlar davlati - Vestgot qirolligi tashkil topdi. German qabilalari keyinchalik bosib olingan yerlarda vandallar (Shimoliy Afrikada), ostgotlar (Italiyada), franklar (Galliyada), anglo-sakslar (Britaniyada) o'z davlatlarini tuzganlar. Germanlar istilosi 476-yili G'arbiy Rim imperiyasining qulashiga olib keldi. Yevropada yangi - feodal jamiyatiga o'tish davri boshlandi.
maorif tizimini yaratadi. Qirol tomonidan 789-yili xalq maktablari joriy etiladi. Qonunga binoan, maktablar ibodatxonalar qoshida tashkil etilib, ruhoniylarga oddiy xalq farzandlarini bepul o'qitish buyurilgan. Saroyda ham maktab tashkil etilib, unda Karlning yaqin do'stlari, olimlar – saroy akademiyasi a’zolari dars berishgan. Qirol yunoncha akademiya deb nomlagan saroy olimlari birlashmasi antik davr mualliflari asarlarini o'rganish, she'rlar bitish bilan mashg'ul bo'lishgan. Ulardan biri tarixchi- rohib Eyngard asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lum otlami olam iz. Eyngardni ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamondoshlari «mehnatsevar chumoli» deb ataganlar. Saroy akademiyasining yana bir a’zosi Alkuin va uning shogirdlari maorifni yoyishda katta xizmat qilgan. Aytishlaricha, Karlning o'zi ham lotin va yunon tillarini mukammal bilgan. U Italiyadan ikki mashhur qo'shiqchini taklif etib, saroyda qo'shiqchilar xori (dastasi)ni tuzdirgan. Vizantiva madanivati. O'rta asrlarda Vizantiya o'ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg'or mamlakati bo'lib qoladi. Sababi, german qabilalari istilosi natijasida inqirozga uchragan G'arbiy Rimdan farqli o'laroq, Vizantiyada antik madaniyat an'analari saqlangan, vizantiyaliklar hayotida yunon hamda Sharq madaniyatlari qorishm asiellinizm muhim o'rin tutgan. llm-fan eng rivojlangan shahar «fanlar onasi» Afina edi. Platon (mil.av. IV asrda) asos solgan Afina akademiyasida mashhur faylasuflar ta’lim berardi. Afinada o'qigan talabalar o'z bilimlari chuqurligi va kengligi bilan faxrlanganlar. Bu haqda V asrda yashagan tarixchi: «U laro'zlarini yarim xudo, o'zgalarni esa yarim eshak deb hisoblaydilar», - deya kinoya bilan yozgandi. Keyinchalik imperator Yustinian o'z siyosatiga qarshi bo'lgan Afina akademiyasini yopish haqida farmon chiqaradi. Vizantiyaning iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlari yangi o'quv va ilmiy markazlarni vujudga keltiradi. Konstantinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi, 1045-yili huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan i bo rat universitet ochiladi. Poytaxtda oliy tibbiyot maktabi ham faoliyat yuritardi. O'rta asrlarda Vizantiyaga shuhrat keltirgan shishasozlik, kulolchilik, bo'yoqlar tayyorlash sirlari antik davrdan saqlanib kelgan. VII asrda ixtiro qilingan «grek olovi» Vizantiyaning dengiz janglaridagi muvaffaqiyatlarini ta'minlagan. German qabilalari. Javobi: Milodiy IV - VI asrlarda Yevropani xun qabilalari boshlab bergan «Xalqlarning buyuk ko'chishlari» jarayoni qamrab oldi. Ushbu jarayonning qator sabablari bo'lgan. A w alo, german qabilalarida aholi sonining ko'payib borishi natijasida yangi yerlarga bo'lgan talabning oshishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi ularni yangi hududlarni egallashga undaydi. Bundan tashqari, xunlarning IV asrdan Sharqdan hujumlari ko'plab varvar qabilalarini o'z makonlaridan siljishga majbur etadi. Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi V asrga kelib ekinzorlarni qo'riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqliklarga aylantiradi. Ushbu omillar yashash va xo'jalik yuritish uchun yangi qulay hududlarni izlashga turtki bo'ladi. German qabilalari. Rim imperiyasining shimoliy chegaralari bo'ylab joylashgan varvar qabilalari II - IV asrlarda ham urug'chilik jamoasi darajasida yashardilar. Qadimgi german qabilalari (franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar) Reyn va Elba daryolari havzasida joylashganlar. Germanlar urug' jamoalari oilalarga bo'linib, har bir oila yog'ochlardan yasalgan uylarda yashaganlar. Uylarining tomi poxol bilan yopilgan. Qishloq tevaragi himoyalanish uchun tuproqdan uyib yasalgan to'siq va xandaqlar bilan o'rab olingan Germanlar mashag‘ulotlari. Asosiy mashg'ulotlari chorvachilik bo'lgan. Germanlar chorvadan tashqari parranda boqqanlar, ov va baliqchilik bilan shug'ullanganlar. Milod boshlaridan aholi sonining ko'payishi xo'jalikda dehqonchilikning ahamiyatini oshiradi. Lekin germanlarda yer xususiy mulkka aylanmagan. Qabila oqsoqollari har yili ekin maydonlarini urug' va yirik oilalarga qur’a bilan taqsimlab bergan. Erkaklarning asosiy mashg'uloti urush bo'lganidan, yerga ishlov berish ayollar va qariyalarning yumushi sanalgan. Ularga bolalar ham yordam berishgan. Jangdan bo'sh paytlarda erkaklar ov qilganlar. Urug'jamoalari hamkorlikda o'rmondagi daraxtlarni kesib yangi yerlar ochganlar. Yerga oddiy yog'och so'qa bilan ishlov berilishi, yerning o'g'itlanmasligi ekinzorlar kuchsizlanib, 2 - 3 yildan so'ng hosilning keskin kamayishiga olib kelgan. Germanlarda keyinchalik omochdan temir plugga o'tilishi mehnat unumdorligini va olinadigan hosilni oshirgan. Asrlar o'tib dehqonchilikda almashlab ekish qo'llanila boshlandi. Milodiy IV asrdan bahorgi va kuzgi bug'doy o'rniga dukkakli ekinlar ekish, haydalgan yerni ikki dalaga bo'lib (shuning uchun bu uslub ikki dalali almashlab ekish deyiladi), biriga don sepish, ikkinchisini shudgor qilib dam berish hamda ularni har yili almashtirib turish yo'lga qo'yiladi. Bu hosildorlikni oshiradi, ekinzorlarni tez-tez almashtirishdan xalos etadi. Germanlar don va dukkakli ekinlardan tashqari poliz mahsulotlari, sabzavotlar, jumladan, karam yetishtirganlar. Tarixchi Tatsitning yozishicha, germanlar temir va boshqa ma'danlarni qazib olish, eritishni bilganlar. Ularda II - IV asrlarda hunarmandchilikning to'qimachilik, yog'ochsozlik (xususan, qayiq yasash), zargarlik, teri-ko'nchilik sohalari taraqqiy etgan. Ichki savdoda eng muhim ashyo temir buyumlar hisoblangan. German qabilalari qo'shnilari rimliklarga qullar, chorva mollari, teri, qahrabo yetkazib berib, ulardan nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, vino olishgan. Savdo mol ayirboshlash shaklida bo'lib, faqat imperiya bilan chegara hududlarda Rim puli ishlatilgan. Franklar davlatining tashkil topishi. Javobi: Franklarda iitimoiv munosabatlar. Franklar istilo qilgan hududlarda rimlik quldorlaming hashamatli saroylari-yu ulkan yer-mulklari saqlanib qolgan. Mahalliy aholining asosiy qismini rim-gallar tashkil qilgan. Franklar qullikni bekor etmaydilar. Mamlakatda asosiy ishchi kuchi qullar va kolonlar bo'lib qolaveradi. Dastlabki paytda franklar gallardan alohida yashaganlar. Luara daryosidan shimoldagi german qabilalari esa yana uzoq yillar urug'jamoa bo'lib yashashda davom etadi. Mamlakat janubidagi gallar esa son jihatidan german qabilalari: burgundlar, vestgotlar, keyinchalik hukmronlikni o'matgan franklardan ham ko'proq bo'lgan. Davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xlodvigning vorislari boshqaruvi paytida qirollar alohida xizmatlari evaziga jangchilarva yaqin hamkorlariga yirik yer mulklar-benefitsiylar taqdim etganlar. Shu tariqa qirol va uning jangchilari, ruhoniylar, qirol saroyiga yaqin rim-gall zodagonlari, quldorlardan yangi yirik yer egalari - feodallar toifasi vujudga keladi. Ularning yerlarida VI asr oxiridan qullar, kolonlardan tashqari o'z erkinligini yo'qotgan franklar ham ishlaganlar. Natijada yangi jamiyatning asosiy toifalari: feodallar va qaram dehqonlar tashkil topadi. Feodal jamiyatiga o'tish Yevropa, Osiyo va Afrikaning deyarii barcha mamlakatlarida ham shu taxlitda ro'y bergan. Davlatnina oavdo bo'lishi. Shimoliy Galliyada tashkil topgan Frank qirolligi Xlodvigning vorislari davrida 534-yili Burgundiyani, 536-yili Provansni istilo qiladi. Franklar germanlarning tyuring, alemann, bavar qabilalarini ham bo'ysundirib, ularni har yili o'lpon to'lashga majbur etadilar. Qirollar hokimiyati kuchayib borishi bilan muhim qonunlar, qarorlar qabul qilish uchun xalq yig'inlarini chaqirmay qo'yadilar. Qirol tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar esa xususiy mulkchilik va tengsizlikni mustahkamlab borgan. Qirol hokimiyatning barcha sohalarini o'z qo'liga olib, davlatni o'zining shaxsiy mulki sifatida boshqargan. Ilgari jam oa mulki hisoblangan ekinzorlarni va boshqa yerlarni xohlagan kishisiga in ’om etar, davlat xazinasidagi mablag'larni ham istaganicha sarflardi. Yirik yer egalari - feodallar toifasi esa qirol hokimiyatining tayanchiga aylanadi. Davlat qirol boshchiligida yirik mulk egalarining yangi yerlarni istilo qilishini qo'llab-quvvatlardi. Franklarda Xlodvig davridayoq mamlakat viloyatlarga bo'linib, ularni qirol tayinlagan graflar boshqara boshlaydi. U o ‘z hududlarini qirol nomidan boshqarib, aholidan soliqlarni yig'ib olish, harbiy qo'shinga boshchilik qilish, sud qilish kabi ishlam i bajargan. Sudning qarori bilan yig'ilgan jarimalarning 1/3 qismi qirol xazinasiga yuborilardi. Franklar soliq tartiblarini rimliklardan qabul qilganlar. Urug' jamoachilik an’analari esa har yili o'tkaziladigan harbiy ko‘rik (mart maydoni) tarzida va mahalliy boshqaruvda saqlanib qoladi. Mahalliy boshqaruv asosini erkin franklarning yuzlik yig'inlari tashkil etib, uning boshlig'i, yuzboshisi tungin deb nomlangan. Yirik ver eoaliainina shakllanishi. VI asr oxiridan franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo'lgan m ulkiallodga aylanadi. Qirollar tomonidan chiqarilgan yangi qonunlar yerning xususiy mulkka aylanishini tezlashtiradi. Qirol Xilperik (561 - 584) davrida yangi qonun chiqarilib, u o'g'il voris bo'lmasa, yerning avvalgidek jamoagamas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o'tish huquqini tasdiqlaydi. Yerning xususiy mulkka aylanishi mulkiy tabaqalanishni tezlashtirib, yirik yer egaligining o'sishiga olib keladi. Galliyadagi Rim imperatoriga tegishli yerlarni o'z mulkiga aylantirgan frank qirollari uning bir qismini o'z yaqinlari va cherkovga ham in’om etganlar. Yirik yer egaligi jamoa yerlari hisobiga ham kengaya boradi. Tabiiy ofatlar, qurg'oqchilik, hosilsizlikning tez-tez takrorlanib turishi dehqonlarning o'z yerlaridan ajralishiga, so'ng feodaldan ijaraga yer olib ishlashga majbur etadi. Soliq to'lashdan tashqari yirik yer egasi ekinzorlarida ishlab berishga majbur bo'lgan dehqon sekin-asta qaram kishiga aylana borgan. ”Sali haqiqati” Javobi: «Sali haqiqati». Xlodvig buyrug'iga binoan yozilgan franklarning an’anaviy odatlari to'plami Yevropadagi eng mashhur odat huquqlari yodgorligiga aylanadi. U «Sali haqiqati» deb nomlangan, to'plamning nomi unga faqat franklarning sali qabilasi qonunlari kiritilganini anglatadi. Qirolning maqsadi barcha franklar qirol qo'llagan «Sali haqiqati» bo'yicha sudlanishi kerak edi. Bu qoidalarda biror narsa izohtalab bo'lsa, qirolga murojaat qilinishi, u esa o'z manfaatlari yuzasidan javob berishi mo'ljallangan. Qirol «Sali haqiqati»ga qadimgi odatlardan o'ziga foyda keltiradiganlarini kiritgan, qirolni qoniqtirmaganlari unutilib, foydalilari to'plamda batafsil yoritiladi. «Sali haqiqati» frank qiroli hokimiyatining kuchayganini ko'rsatadi. To'plamda franklar hayoti, xo'jaligi, urf-odatlari, diniy tasavvurlari haqida ko'plab m a'lumotlar mavjud. Xususan, franklar biror oldi-sotdida, jumladan, yerning bir xo'jayindan boshqa xo'jayinga o'tishida hujjat tuzmaganlar. Ushbu holatda franklar guvohlar huzurida ma’lum udum - marosim o'tkazganlar. Masalan, «sotuvchi»ning yeridagi daraxt shoxidan bir bolagi «oluvchi» maydoniga berilgan. Shartnomani buzish hech kimning xayoliga ham kelmagan. Farzandlar ham, nabiralar ham mazkur yer maydoni boshqa xo'jayinga «qonuniy» tartibda o'tganini bilganlar. Franklar imperiyasining tashkil topishi. Javobi: Franklar im periyasi. Buyuk Karl davlati Yevropaning katta qismini egallaydi. Uning hududini G'arbiy Rim imperiyasi bilan bemalol taqqoslasa bo'lardi. Lekin Karlning hokimiyati so'nggi Rim im peratorlarinikidan ancha yuksak ekani shubhasiz. Ayni paytda, so'ngan imperiya haqidagi xotiralar VIII asrda ham rim liklar, G 'arbiy Yevropaning turli xalqlari va qabilalari xotirasida saqlanib qolgan. Tabiiy, Karlning maslahatchilarida uni qadimgi rimliklarga taqlidan imperator deb e ’lon qilish g'oyasi tug'iladi. Bunday im koniyat 800-yili Rim m ahalliy zodagonlarining papa Lev III ga qarshi isyon ko'tarishi orqali vujudga keladi. Karl qo'shin yuborib isyonni bostiradi. Bu yordam evaziga Rim papasi 800-yil dekabrida Avliyo Pyotr ibodatxonasida Karlga imperatorlik tojini kiydiradi. Shu tariqa G'arbda yangidan imperiya paydo bo'ladi. Karlning muhrida «Yangi Rim imperiyasi» so'zlari zarb qilinadi. Aslida, Franklar imperiyasi faqat nomi bilangina Rim im periyasini eslatardi. Buyuk Karl Franklar im periyasining mutlaq hukmdoriga aylanib, uning farm onlari faqat yirik zodagonlar, yer egalarining yilda ikki marta chaqiriladigan yig'inida qabul qilingan. Buyuk Karlning doimiy poytaxti ham yo'q edi. U o'z am aldorlari bilan mamlakat bo'ylab harakatlanib, turli shaharlard agi saroylarida to'xta gan, m ahalliy aholiga og'irligi tushm asligi uchun uzoq vaqt o'tmay yana boshqa shaharga yo'l olgan. Buyuk Karl davrida franklarda an’anaviy xalq lashkari o'rnida otliq ritsarlar qo'shini vujudga keladi. Ritsarlar (nemischa r itte r- otliq) bo'linmalarida faqat boy zamindorlar, ya’ni jangovar ot va qurol-aslahalar sotib olishga imkoniyati bo'lgan kishilar xizmat qilgan. Bir necha oila birgalashib bitta ritsarni qo'shinga jo'natish hollari ham uchrab turgan. Hukmdorlar ritsarlarga ot, qurol-aslahasini tartibda saqlashi, urushlar paytida oilasini ta'minlashi uchun yer-mulk in’om etgan. Bu yer-mulk - feod (nem. qo'rg'on, mulk) harbiy xizmat evaziga taqdim etilib, keyinchalik merosiy mulkka aylangan. Feodning egasi feodal deb atalgan. Zamonlar o'tib harbiy ish faqat feodallar mashg'uloti bo'lib qoladi. Yirik feodallar viloyatlarga egalik qilsalar, mayda feodalga ma’lum qishloq yoki uning bir qismi taqdim etilishi ham mumkin edi. Download 143.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling