Oraliq nazorat savolnomasi “Jahon tarixi va geografiyasi” fanining maqsad va vazifalari Javobi


Sharqiy Yevropa aholisi va madaniyati


Download 143.94 Kb.
bet6/8
Sana21.06.2020
Hajmi143.94 Kb.
#120785
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
midterm tarx


Sharqiy Yevropa aholisi va madaniyati. Javobi: Yevropaning maydoni 10,1 million km2, shundan 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi.  Aholisi 2000-yilga kelib 725,5 million kishiga etdi. Antropologik tarkibi. Yevropaning deyarli barcha aholisi katta yevropoid irqiga mansub boʻlib, bir necha kichik irqlarga boʻlinadi. Skandinaviya mamlakatlari, Birlashgan QirollikIrlandiyaIslandiyaNiderlandiyaEstoniya va Latviya hududlarida atlantika-boltiq irqiga mansub aholi yashaydi. Yevropaning markaziy viloyatlari va uning sharqiy qismida oʻrta evropa irqiga mansub turli xalqlar bor. Adriatika dengizi sharqidagi mamlakatlarda, Gretsiya shimoli, Bolgariya, Avstriya janubi va Italiya shimoli (Tirol), Qora dengizning shimoliy, gʻarbi va sharqida istiqomat qiluvchi aholi bolqon-kavkaz iqkiga kiradi. Ispaniya, Italiyaning katta qismi, Fransiya, Gresiya janubi, Oʻrta dengiz orollarida hind-oʻrta dengiz irqiga, Litva, qisman Latviya va Shimoliy Yevropaning Rossiya qismida oq dengiz-boltiq irqiga mansub xalqlar yashaydi. Yevropaning Ural va Volga havzalari va boshqa hududlarda turli irqqa mansub xalqlar bor.
Kiyev-Rusi davlatining tashkil topishi. Javobi: Kiyev Rusi — oʻrta asrlarda Sharqiy Yevropadagi davlat. 9-asrning soʻnggi choragida Ryurikovichlar sulolasi knyazlari hukmronligi ostida sharqiy slavyanlarning 2 asosiy markazi — Novgorod va Kiyev, shuningdek, "varyaglardan greklarga" savdo yoʻli boʻylab joylashgan yerlarni (Eski Ladoga, Gnyozdovo va boshqalar atrofidagi qishloqlar) birlashtirilishi natijasida vujudga kelgan. 882 yil knyaz Oleg Kiyevni bosib olib uni davlat poytaxti qilgan. 988—89 yillarda Vladimir I Svyatoslavich xristianlikni davlat dini sifatida joriy etgan. Shaharlarda (Kiyev, Novgorod, Ladoga, Beloozero, Rostov, Suzdal, Pskov, Polotsk va boshqalar) hunarmandchilik va savdo rivojlangan; meʼmoriy va yozma obidalar yaratilgan. Janubiy va gʻarbiy slavyanlar, Vizantiya, Gʻarbiy va Shim. Yevropa, Kavkaz, Oʻrta Osiyo bilan aloqalar oʻrnatilib, ular yanada mustahkamlangan.

Qad. Rus knyazlari koʻchmanchilarning (bijanaklar, torklar, polovetslar) bosqinlarini daf qilganlar. Yaroslav Mudriy hukmronligi (1019—54) — davlatning eng ravnaq topgan davri. Ijtimoiy munosabatlar qadimiy rus huquqi toʻplami — Rus haqiqati va boshqalar huquqiy hujjatlar orqali tartibga solingan. 11-asrning 2-yarmida knyazlarning oʻzaro nizolari va polovetslarning bosqinlari davlatni zaiflashtirgan. Q.Qadimgi rus davlatining yaxlitligini saqlash yoʻlida knyazlar Vladimir II Monomax (1113 —25) va uning oʻgʻli Mstislav (1125—32) koʻp harakat qilganlar. 12-asrning 2-choragida davlat parchalanib, bir necha mustaqil knyazliklar, Novgorod va Pskov respublikalariga boʻlinib ketgan.




Arab xalifaligining vujudga kelishi. Javobi: Xalifaliknina vuiudaa kelishi. Muhammad payg'ambar vafotidan keyin uning yaqin safdoshi Abu Bakr (632 - 634) xalifalikka («o'rinbosar»)

saylanadi. Uning boshqaruvi paytida Arabiston yarimoroli aholisi islomni to'liq qabul qildi. Keyingi xalifa Umar (634 - 644) islom dunyosida o'zining saxiyligi, adolatparvarligi va din masalalarida qat'iyligi bilan shuhrat qozongan. Uning davrida arablar Falastin, Suriya, Misr va Liviyani, Eronning katta qismini istilo qilgan. Manbalarda yozilishicha, xalifa Umar 637-yili Quddusga tuyada yetib keladi. Tuya ustidagi xurjunning bir tomonida arpa uni, ikkinchi tomonida xurmo va ko'zachada suv solingandi. Quddusga yaqinlashgan Umarni qarshilash uchun shahar hokimlari, ulardan biri arab Xuaydod, ikkinchisi yepiskop Safroniy chiqishadi. Sulh tuzilib, qasamyod qilinadi. Xalifa hokimlar so'ragan va ularning odatlari hamda qonunlariga asoslangan yorliqni topshiradi. Ma’lumki, 135-yili rimliklar yahudiylarni Quddusdan haydagan. Xalifa Umar keyinchalik yahudiylarning shaharga qaytishiga ruxsat beradi. Shartnoma imzolanganidan so'ng, Umar shaharga kiradi. U Sulaymon ibodatxonasi xarobalari o'rnida arablar uchun masjid qurishni buyuradi. Usmon (644 - 656) xalifaligida Eron to'liq bosib olingan. Arab qo'shinlari



Dog'istonni egallab, Amudaryo sohillariga chiqadi. Usmon davrida Qur’on oyatlari to'planib yagona kitob holiga keltirilgan. Payg'ambarimiz sahobalaridan so'nggi xalifa Ali (656 - 661) hukmronligi o'z raqiblari bilan to'xtovsiz urushlarda o'tadi. Xalifalik qo'shinlari VIII asr boshlarida Shimoliy Afrikani to'liq bo'ysundiradi. Toriq ibn Said boshchiligida arablar qo'shini 711-yili keyinchilik uning nomi bilan atalgan Gibraltar (Jabal at-Tariq - «Toriq tog'i» so'zidan) bo'g'ozidan o'tib, Ispaniyani bosib oladi. Yevropaga yurishlar Bordo shahri bo'sag'alariga qadar davom etadi. Puatye jangida 732-yili franklar hukmdori Karl Martell arablarni yengib ularning Fransiyaga yurishlariga chek qo'yadi. Sharqda arablar Kavkazorti va O'rta Osiyoni bosib olib, aholini islom diniga o ’tkazadi. Xalifalikning Sharqqa yurishlari O'rta Osiyoda Talas, Hindistonda Mo'ltonga qadar davom etadi. Natijada VII - VIII asr birinchi yarmida ulkan hududlarni egallagan d a v la t- Arab xalifaligi tashkil topadi. Bu davlatning poytaxti Damashq shahri bo'lgan.


Arab xalifaligning zabt etish siyosati. Javobi: Arablar istilo qilgan barcha mamlakatlardagi

yerlar davlatniki deb e’lon qilinsa-da, amalda avvalgi egalari qo'lida qoladi. Suriya va Eron istilo etilgach, arab zodagonlari xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladilar. Lekin xalifa Umar yerni egalarida qoldirishni buyuradi. Istilo qilingan mamlakatlar hukmdorlari, janglarda halok bo'lgan amaldorlar, hokimiyat vakillari yerlari xalifalik xazinasiga o'tardi. Bunday yerlar nihoyatda katta maydonni tashkil etgan. Xalifalik Iroq yerlarining o'zidan har yili 7 mln dirham daromad olgan. Arablar joriy etgan yer solig'i – xiroj hosilning 1/3 qism ini tashkil etgan. Islomni qabul qilmagan boylardan 48, o'rtahollardan 24, kambag'al dehqon va hunarmandlardan 12 dirham dan jizya solig'i olingan. Chorva mollari va savdodan olingan zakot 1/40 ni tashkil etgan. Xalifalikda qullar mehnatidan ham foydalanilgan. Arablaraga qarshi xalq qo'zg'olonlari. VIII - IX asrlarda istilo qilingan mamlakatlarda qator xalq qo'zg'olonlari bo'lib o'tgan. Iroqning Kufa shahrida 685-yili ko'tarilgan qo'zg'olonda arab va forslar – shahar kambag'allari va hunarmandlar qatnashgan. Bu qo'zg'olon 687-yilga qadar davom etgan.

O'rta Osiyoning janubi - Marv vohasida 747-yili Abu Muslim boshchiligidagi qo'zg'olonda aholining barcha toifalari: dehqonlar, savdogarlar, hunarmandlar, kadivariar, qullar keng ishtirok etadi. Qo'zg'olon Movarounnahr va Xurosonni qamrab oladi. Abu Muslim boshchiligidagi qo'zg'olon natijasida umaviylar (661 - 750) hukmronligi tugatilib, xalifalikda boshqaruv yangi sulola - abbosiylar (750 - 1258)ga o'tadi.

Movarounnahr markazi So‘g‘diyonada 769 - 783-yillari Muqanna boshchiligida yirik xalq qo'zg'oloni bo'lib o'tadi. Qo'zg'olonchilar uzoq yillar arab qo'shinlari hujumlarini muvaffaqiyatli qaytaradilar. Ozarbayjonda 815-yili Bobek boshchiligidagi qo'zg'olon ham 20 yildan ortiq davom etadi. Tarixda «qizil ko'ylaklilar» nomini olgan mazkur qo'zg'olon qatnashchilari shiori «Qirq yil qul bo'lib yashagandan bir кип ozod bo'lib yashagan ma’qul!» edi.

Xalq qo'zg'olonlari, urushlar, hokimiyat uchun kurashlar xalifalikning siyosiy inqirozini tezlashtirdi. Xalifalikdan birinchi mustaqil amiriik 756- yili Ispaniyada tashkil topdi. U X asrdan Qurdoba (Kordova) amirligi nomini oldi. IX asrdan Misr, Eron, Movarounnahr va Xuroson mustaqillikka erishadi. Abbosiylar qo'lida Yaqin Sharq va Arabiston yarimoroli qoladi, xolos. Mo'g'ul xoni Xuloku 1258-yili Bag'dodni olib Arab xalifaligiga to'liq barham beradi.
Arab xalifaligning boshqaruv siyosati va fan-madaniyatning rivojlanishi. Javobi: llm-fan. Arab qabilalari tomonidan istilo etilgan mamlakatlarda yangi - arab sivilizatsiyasi vujudga keldi. Uning paydo bo'lishida islom dinining ahamiyati nihoyatda kattadir. Xalifa Horun ar-Rashid saroyida IX asr boshlarida «Bayt ul-hikm a»- «Donishmandlik uyi» tashkil etiladi.

Bu davrda aniq fanlar - matematika, astronomiya taraqqiyoti kuzatiladi, mazkur jarayon hunarmandchilik va savdoning yuksalishi natijasi edi. Zamonlar o'tib xalifalikda ixtiro qilingan globus va usturlob (astrolyabiya) dan barcha mamlakatlarda foydalana boshlanadi. Matematikada foydalana boshlangan hind raqamlari keyinchalik Yevropaga ham arab raqamlari nomi bilan tarqaladi. Bag'dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilib, ularda murakkab o'lchovlardan foydalangan astronomlar Yer sharining meridianini hisoblab chiqadilar. Arab sayyohlari yevropaliklardan bir necha asr a w a l Hindiston va Xitoyda, Afrika va Sharqiy Yevropaning eng chekka rayonlarida bo'lib qaytadilar. Al-Mas’udiy,



Ibn Dast, Ibn Fadlan, Ibn Battuta kabi sayyohlar ushbu o'lkalar haqida asarlar yozib, xaritalarini tuzganlar.
O’rta asrlarda Xitoy. Javobi: latisodiv taraqqivot. Xitoyda uzoq davom etgan siyosiy tarqoqlik va o'zaro urushlarga sun sulolasining (9 6 0 -1 2 7 9 ) hokimiyatga kelishi chek qo'ydi. Natijada mamlakat xo'jaligining yuksalishiga zamin yaratildi. X asrdan suvni nisbatan baland joylarga chiqaruvchi moslamalardan keng foydalana boshlandi. Chig'ir idishlari sopol ко ‘zachalar yoki yog‘ochdan cho'michlarshaklida yasalgan bo'lib, ulardan foydalanish ekin maydonlarini ko'paytinsh imkonini beradi. Suv tegirmonlari yordamida sholini tozalash, moy olish, un chiqarish tobora keng qo'llana boshlaydi. Dehqonchilikda almashlab ekishni Xitoyda ilk o'rta asrlardan qo'llay boshlaganlar. Ertapishar ekinlardan ikki marta hosil olingan. Asosiy ekin - sholining urug'ini tanlashga, unib chiqqan sholi ko'chatlarini yaganalab ishlov berishga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakat janubida shakarqamish yetishtirish, shimoliy viloyatlarda esa pilla qurti boqish tobora keng tus ola boshlaydi. Xitoyda qishloq xo'jaligidagi yumushlarning deyarli barchasi sodda mehnat qurollari ko'magida qo'lda bajarilgan. Mamlakatda otlar kam bo'lib, borlaridan ham, asosan, harbiy maqsadlarda foydalanilgani buning asosiy sabablaridan biri edi. Rivojlangan o'rta asrlarda Xitoyda imperator, harbiy zodagonlar, amaldorlarga qarashli davlat yerlari kamayib, zamindorlarning xususiy yerlari tobora ko'payib boradi. Xususiy yerlar, shuningdek, yangi o'zlashtirilayotgan qo'riq va tog'oldi hududlari hisobiga ham kengayib borgan. Yirik mulkdorlar yerlari ko'payishiga kambag'allarning qarzlari evaziga yerlari tortib olinishi ham xizmat qilgan. Shu tariqa XI asr boshlarida ekin maydonlarining yarmi yirik zamindorlar qo'liga o'tadi. Bu yerlarda, asosan, ijarachi dehqonlar ishlaganlar. Xitoyda erkin dehqonlarning aksar qismida 30 - 40 mu yer bo'lib, davlat bu tabaqani qo'llashga intilgan. Xitoy dehqonlari o'zlari yetishtirgan mahsulotlaridan davlatga har yili ikki marta soliq to'laganlar. Yer solig'i sholi yoki bug'doy bilan to'lansa, pilla boqqan xonadonlar soliqni gazlama bilan ham to'lagan. Shaharlar va hunarmandchilik. Xitoyda shaharlaming vujudga kelishi

X - X II asrlarda ham davom etadi. Kayfin, Chendu va Uchan shaharlari Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari edi. Xitoy savdosida suv yo'llari alohida ahamiyat kasb etgan. Ko'pchilik shaharlar dengiz yoki daryo bo'ylarida, suv va quruqlikdagi savdo yo'llari kesishgan joylarda vujudga kelgan. Shaharlaming o'sishi hunarmandchilikning jadal rivojlanishini ta’minlaydi.

Temir, mis qazib olish va eritish ko'payib boradi. Jumladan, IX asrdagiga nisbatan mis ishlab chiqarish 30 marta, temir eritish 12 martako'payadi. Shuningdek, qo'rg'oshin, simob, qalay, oltin, kumush qazib olish ham yuksalib borgan. Xitoyliklar ma’danlarni eritish va ularga ishlov berishda maxsus kimyoviy moddalar, kokslovchi toshko'mirdan keng foydalanishgan. Bu esa temirchilikni yuksaltirib, undan qurol-aslaha, pichoqlar, mixlar, turli idishlar tayyorlashning kengayishini ta’minlagan. Xitoyning janubiy viloyatlarida hunarmand-to'quvchilar shoyi gazlamalarning o'nlab xillarini tayyorlaganlar. Ipakdan shoyi so'zana - panno to'qish XII asrda ixtiro qilinib keng tarqaladi. Xitoyda paxtachilik ham tobora keng yoyilib, XIV asrdan undan gazlama tayyorlash ham rivojlana boradi.

Xitoy shaharlarid a kiyim tikish, poyabzal, ro 'z g 'o r buyum lari, yelpig'ichlar, soyabonlar, zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqaradigan ko'plab do'kon va ustaxonalar joylashgandi. Ustaxonalarda mehnat taqsimoti shakllanmagan, hunarmand har bir buyumni tayyorlashda boshidan oxiriga qadar o'zi qatnashgan. Xitoyda bo'lgan Marko Poloning yozishicha, ustaxonalarda 10 tadan 40 tagacha kishi ishlatilgan. Sex a’zosi bo'lish Xitoy hunarmandlari uchun majburiy edi. Yevropadagi kabi undagi sexlar ham xalfa, shogirdlar sonini, ularning ish sharoitini, tayyor hunarmandchilik buyumlarini sotishni, hunar sirlarini saqlashni nazorat qilgan.

Min sulolasi boshqaruvi. Mo'g'ullar imperiyasining inqirozi boshlanishi bilan XIV asr o'rtalaridan Xitoyda ham xalq ozodlik harakati kuchayadi. Xenan va Shandun viloyatlarida 1351-yili boshlangan dehqonlar qo'zg'oloni tez orada butun mamlakatni qamrab oladi. Qo'zg'olonga rohib Chju Yuan-Chjan boshchilik qiladi. 1368-yili mo'g'ullardan ozod bo'lgan Xitoyda Yuan Chjan asos solgan Min imperiyasi faoliyati boshlanadi. Min qo'shinlari m o'g'ullar poytaxti Qoraqurumni egallab yondirib yuboradi. Shu tariqa ko'chm anchilarning Xitoyga hujumlariga chek qo'yiladi. Bunda xitoyliklarga o‘q-dori (porox) va zambaraklardan keng foydalanish qo'l keladi.

Mamlakat xo'jaligini tiklash uchun hunarmand va savdogarlardan olinadigan to'lovlar kamaytirilib, qullarni ozod etish haqida qonun qabul qilinadi. Sun’iy sug'orish inshootlari, kanallar, to'g'onlar va suv omborlari tiklanadi. Ekin maydonlari kengayib, mamlakat aholisi soni ham osha boradi. Lekin 1380-yili Xitoy janubida shimoldagiga nisbatan 2,5 barobar ko‘p aholi yashardi. Buning asosiy sababi janubda sholining ertapishar navlaridan 2 - 3 marta hosil olinishi bo'lgan. Xitoyga XI asrda qo'shni Tailanddan sholining ertapishar navlari keltirilishi yuqorida ko'rsatilgan jarayonlarga omil bo'ladi.

Xitoy XV asrda. Mamlakatda yirik zamindorlar hokimiyati mustahkamlanishi bilan, mo'g'ullar bosqini asoratlarini tugatish uchun dehqonlar,hunarmandlar va savdogarlarga berilgan imtiyoz hamda yengilliklar bekor qilinadi. Dehqonlarga bo'lib berilgan davlat yerlari tortib olinib, hunarmand va savdogarlardan olinadigan soliqlar ko'paytiriladi. XV asr boshlaridan min sulolasining Amir Temur saltanati bilan munosabati buziladi. Faqat Amir Temurning qo'qqisdan vafot etishi Xitoyga qarshi yurishning amalga oshmasligiga sabab bo'ladi. Bu esa Xitoyga 1406-yili Vyetnamni, keyinchalik Mo'g'ulistonni istilo qilishga yo'l ochadi. Mamlakatning iqtisodiy yuksalishi Chjan Xe boshchiligidagi harbiy- dengiz floti faoliyatida namoyon bo'ladi. Tarkibida 62 ta kema, 30ming jangchisi bo'lgan harbiy ekspeditsiya 1405 - 1433-yillari Zond arxipelagi, Shri-Lanka va Hindistonga 7 marta yurishlar tashkil qiladi. Uning kemalari Ormuz (Fors) ko'rfazi va Sharqiy Afrika sohillariga qadar suzib borgan. Musulmon bo'lgan Chjan Xe Makkani ziyorat qiladi. Bu ekspeditsiyalar Xitoyning mavqeyini oshirib, tashqi savdoni kengaytirish imkonini beradi. Xitoy imperatorlari 1415 - 1420-yillari Samarqandga Ulug'bek saroyiga ham elchilar yuboradi. Lekin Tem uriylar davlati mavqeyi balandligidan unga Xitoyning tazyiqi ta’sir etmaydi. XV asr o'rtalaridan iqtisodiy inqirozning boshlanishi Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.


O’rta asrlarda Hindiston. Javobi: Ilk o'rta asrlarda Hindistonda shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko'rinishda bo'lmasdan, qulchilik udumlari ham ma’lum darajada

saqlanib qolgan. Ammo qullar mehnatidan ishlab chiqarishda emas, ko'pincha uy yumushlarida foydalanishgan. Xo'jayin qulni yegulik bilan ta’minlashdan tashqari unga yilda bir marta kiyim ham olib bergan.Mamlakatda sivosiv taraoalik. Hindistonning shimoli-g'arbidan VI asrda bostirib kirgan eftaliylar hujumlari ostida Guptalar imperiyasi parchalanib, mamlakatning katta qismi istilochilar qo'liga o'tadi. VII asrda Hindistonda bo'lgan Xitoy tarixchisi Syuan Szyanning yozishicha, unda 70 ga yaqin katta-kichik knyazliklar bo'lgan. Knyaz - rojalar o'zlarining ko'p sonli yaqinlari va xizmatkorlari bilan hashamatli saroylarda yashaganlar. Rojalar qarindoshlari, a'yon va amaldoriariga yer-mulk hamda ularda yashagan aholini taqdim etganlar. Davlat yerlarining qolgan qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Braxman - kohinlar qo'lida ham ko'plab ekin maydonlari to'plangan. Manbalarda yozilishicha, o'ta taqvodor rojalardan biri knyazligidagi 1400 qishloqni ibodalxonalarga in’om etgan ekan.

Rojalar o'rtasida tinimsiz urushlar bo'lib turgan. Qo'lga kiritilgan o'ljalar, yerlar g'oliblar orasida taqsimlangan. Rojaning yaqin o'rindoshlari, a’yonlari o'nlab, ba'zida yuzlab qishloqlar va unda yashagan aholisi bilan; amaldorlar esa bitta yoki bir qishloqning yarmi bilan taqdirlanishi ham mumkin edi. In’om etilgan yer maydoni grass («bo‘lak» yoki «qultum») deb nomlanib, uni olgan shaxs harbiy xizmat o'tab berishi lozim bo'lgan. O'z xonadoniga mansub bo'lmagan amaldorlarga rojalar yerni ma’lum

muddatga foydalanishga berganlar. Bunday yerlar patta («yorliq» yoki «yorliqqa olingan yer») deb nomlangan. Pattadan alohida xizmat ko'rsatgan kishilarni taqdirlash uchun ham foydalanishgan. Mulkchilik munosabatlari mustahkamlanib borishi bilan, patta yerlari ham avloddan avlodga o'tadigan merosiy mulkka aylana boshlagan. O'zaro urushlardan kuchsizlanib borgan Hindistonni chet ellik bosqinchilar am talaganlar. Xususan, Arab xalifaligining parchalanishidan vujudga kelgan musulmon davlatlari hukmdorlari XI asrdan Hindistonga hujum boshlaydilar. G'azna hukmdori Mahmudning qo'shinlari XI asr boshlarida mamlakat shimoliga 17 marta bosqinchilik yurishlari uyushtirgan. Ma’lum muddat o'tib Hindistonning shimoliy qismi musulmon hukmdorlari tomonidan to'liq bosib olinadi.


O’rta asrlarda Koreya. Javobi: Koreya (koreyscha Choson — Tonggi tarovat) — Sharqiy Osiyodagi mamlakat. Asosan, Koreya ya. o. va uning materikka tutashgan qismida hamda 3,5 mingga yaqin orolda joylashgan. K.ni sharkdan Yapon dengizi, gʻarbdan Sariq dengiz oʻrab olgan, jan.da Koreya boʻgʻozi uni Yaponiyadan ajratib turadi. Dengiz chegaralari 8,7 ming km. Shim.da Xitoy va Rossiya Federatsiyasi bilan chegaradosh. Quruqlik chegaralari 1,3 ming km. Maydoni 219 ming 20 km², aholisi 69,87 mln. kishi (2001). Yarim orolning shim. qismida va qisman materikda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, yarim orolning jan. qismida Koreya Respublikasi joylashgan. Aholisi. K.— bir millatli mamlakat; aholisining 99% dan ortigʻi koreyslar. Dindorlari buddaviylik, konfutsiylikka va, qisman, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tili — koreys tili.

Tabiati. Sharqiy qirgʻogʻi togʻlik. Kemachilik uchun eng qulay buxtalari shim. qismida. Tabiiy gavanlari jan. qirgʻoqda. Gʻarbiy sohili, asosan, tekislik, ammo koʻp boʻlakka boʻlingan. K.ning aksari qismi togʻlik. Shim.da Shim. Koreya togʻlari (balandligi 2744 m gacha) va katta yassi togʻlar, Koreya ya.o.ning sharqida Sharqiy Koreya togʻlari, jan.da shu togʻlarning jan.-gʻarbiy tarmoqlari, 36° shahri k.dan jan.da esa Jan. Koreya togʻlari bor. K. hududining 1/4 qismini pasttekislik va tekisliklar tashqil etadi. K., asosan, tokembriy granitlari, gneyslar va metamorfik slanets qatlamlaridan iborat. K.da 100 ga yaqin temir ruda koni, polimetall konlari, volfram, xrom, kobalt, nikel, oltin va kumush rudasi konlari, bundan tashqari, grafit, magnezit, toshkoʻmir kabi noruda qazilma konlari ham bor.

Tarixi. Koreya ya. o.da odamlar soʻnggi paleolit davridan yashaydi. Miloddan avvalgi 5— 4-asrlarda tashqil topgan Choson birinchi koreys davlatidir. Miloddan avvalgi 109 yilda Xan davlati (Xitoy) Chosonni bosib oldi. Xitoy bosqinchilariga qarshi kurash davomida (milodning boshlarida) Koguryo, Pekche, Silla va boshqa davlatlar paydo boʻldi. Milodiy 313 yilda Koguryo xitoylarni batamom surib chiqardi va har jihatdan rivojlangan qudratli dashtatga aylandi.

Bu davrda dehqonchilik, metall quyish va ishlash, toʻqimachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va h.k. rivojlandi. 9-asrda tarqoqlik davri boshlandi. 935 yilda Koryo (K. nomi shundan) davlatining asoschisi Van Gon mamlakatni birlashtirdi. 10-asr oxirlariga kelib markazlashgan davlat paydo boʻldi. 1231 yil moʻgʻul qoʻshinlari K.ga bostirib kirdi va Yuan imperiyasini tuzdi. 14-asr oʻrtalarida Koryo unga boʻysunishdan bosh tortdi. 1359—62 yillarda xitoy istilochilari bosqinini qaytardi. 1392 yil lashkarboshi Li Son Ge Koryoga van qilib tayinlandi, Li sulolasi (1392—1910)ga asos solindi. Koryo davlati Choson nomini oldi, poytaxti esa Kegyondan Xanson (19-asr oxiridan Seul)ga koʻchirildi. 15-asr oʻrtalarida iqgisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi.



IX-XV asrlarda Fransiya. Javobi: XI asrning ikkinchi yarmidan boshlab G’arbiy Evropa davlatlarida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi zaminida xalqlarning siyosiy markazlashishga intilishi boshlandi. Tarqoq davlatlarni birlashtirish, qirol xokimiyatini mustahkamlash va kuchaytirish jarayoni ro’y berdi. Tarqoq feodal monarxiya asta-sekin markazlashgan va tartibga solingan sosloviyali monarxiyaga, XV—XVI asrlarga borganda absolyut monarxiyaga aylandi. Birinchi Kapetinglar hokimiyati dastlabki vaqtlarda juda ham zaif edi. Fransiya X—XI asrlarda G’arbiy Evropadagi eng tarqoq monarxiyalardan biri edi. Qirol xokimiyati XII asrning birinchi yarmida bir qadar yuksala bordi. Shu davrda barshchina tartibinipg yo’qolib borishi bilan dehqoplarning ozod bo’lish jarayoni boshlandi. XIII asrga kelib u yana kuchaydi. Filipp II Avgust qirolligi davrida Fransiya erlarining kattagina qismi birlashtirildi. Kapetinglar dinastiyasidan bo’lgan Lyudovik IX va Filipi IV Chiroylilar ham (XIII—XIV asrlarda) Fransiyani markazlashtirish ishlarini davom ettirdilar. Lekin Fransiya bilan Angliya o’rtasida yuz yillik urush (1337 — 1453) deb nom olgan urushning boshlanishi Fransiyani birlashtirish va qirol hokimiyatini mustahkamlash masalalarini nihoyat darajada qiyinlashtirib yubordi. Yuz yillik urush natijasida vujudga kelgan iqtisodiy tanglik, feodal zulmning tobora kuchayishi, yollangan askarlarning talon-toroji xo’jalikni xonavayron qildi. Bu davrda natural obrokni pul rentasi bilan almashtirish keng tarqaldi. Bu hol dehqonlarining ahvolini yanada yomonlashtirdi. Chunki, ilk o’rta asrlar davrda barshchina majburiyatlari va natural obrok miqdori feodalning ehtiyoji bilan chegaralangan bo’lsa, eidilikda esa barshchina majburiyatlarini va natural obrokning pulga aylantirilishi rentalarni ko’paytirishdagi feodallarning ochko’zlik harakatlarini keltirib chiqardi. Fransiyada kommutasiya (barshchinani pul tarzda to’lanadigan obrok bilan almashtirish) jarasni bilan bog’liq ravishda ekspluatatsiya formalari almashinib, feodal zulmi yanada kuchaydi.
Yuz yillik urush Javobi: Yuz yillik urush va uning bosqichiah. Urushning sabablari. Angliya va

Fransiya o'rtasida XIV asrning 30-yillari boshlangan urushlar (1337 - 1453) tanaffuslar bilan yuz yildan ortiq davom etib, tarixda «Yuz yillik urush» nomini olgan. Filipp IV ning o'limidan ko'p o'tmay taxtga da’vogar erkak zurriyotmqolmaydi. X asrdan buyon davom etayotgan kapetinglar vorisi deb Valualar oilasi tan olinadi. Ammo inglizlar qiroli Eduard III - Filipp IV ning qizidan nabirasi o'zini taxtga haqliroq deb e’lon qiladi. Ingliz qiroli talabini rad etish uchun fransuz huquqshunoslari Lyudovik davridagi

«Sail haqiqati»dan yerning meros bo'yicha ayol kishiga o'tishi mumkinmasligi haqidagi qonunni topishadi. Huquqshunoslar bu qonunni qirollik ham yer-mulk ekanligi, demak, Eduard III ning

onasi Filipp IV ning qizi o'g'liga Fransiya taxtiga o'tirish huquqini berishi mumkin emasligi haqida

qaror chiqarishadi. Vorislik haqidagi bahs qurol yordamida yechila boshlanadi, Fransiya qiroli 1337-yili inglizlarning mamlakat janubi-g'arbidagi Akvitaniya yerlarini o'z tasarrufiga olganini e ’lon qiladi. Bunga javoban Eduard III Fransiyaga qarshi urush boshlaydi. Urushnina borishi. Angliya va Fransiya urushi tez orada Umumyevropa mojarosiga aylanadi. Shotlandiya va Kastiliya Fransiyani, Portugaliya esa Angliyani qo'llaydi. Yevropaning barcha hududlaridan ritsarlar kelib yo inglizlar, yo fransuzlar xizmatiga o'ta boshlaydilar. Inglizlar 1340-yili Fransiya dengiz flotini yengib, quruqlikda hujumga o'tadilar. Dastlabki yirik jang 1346-yili Kresi yaqinida bo'lib, unda fransiyaliklar qo'shini mag'lubiyatga uchraydi. Ingliz qo'shinlarining intizomi, sonjihatidan ustun bo'lishi, puxta tayyorgarligi urushning dastlabki davridayoq Angliya ustunligini ta’minlaydi. Erkin dehqonlardan tuzilgan kamonchilar bolinm asi ham g'alaba omillaridan biri bo'ladi. Inglizlar qo'shini qiroldan maosh olgan harbiy boshliqlar buyrug'ini so'zsiz bajargan. Fransiya qo'shini alohida ritsarlik bo'linmalaridan tashkil topgan bo'lib, har bir ritsar mustaqil harakat qilgan. Qo'shinda yagona boshqaruv va harbiy intizom yo'q edi.


Download 143.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling