Oraliq nazorat savolnomasi “Jahon tarixi va geografiyasi” fanining maqsad va vazifalari Javobi


IX-XV asrlarda Yaponiya va Koreya


Download 143.94 Kb.
bet8/8
Sana21.06.2020
Hajmi143.94 Kb.
#120785
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
midterm tarx


IX-XV asrlarda Yaponiya va Koreya. Javobi: litimoiv munosabatlar. Yaponiyada mulkchilik munosabatlari XI – XII asrlarda uzil-kesil shakllanadi. Bu paytga kelib yer egalari mulklari - syoenlar vujudga keladi. Bunday yerlar merosiy bo'lib, syoenlar barcha soliqlardan ozod etilgan. Zamindorlar o'z yerlarini kambag'al dehqonlarga ijaraga berishgan. Yaponiyada yirik yer egalari m a’lum toifalarga bo'lingan. Ulardan eng nufuzlilari xanke deb nomlangan. Ularning vassallari ryokalar bo'lgan. Harbiy bo'linm alar jangchilari esa sam uraylar deb nom langan. Ularga xo'jayinlari harbiy xizm at evaziga yer-m ulk berganlar. Yillar o'tib Yaponiya sam uraylarining bir qismi Yevropa ritsarlari kabi alohida toifa, mayda dvoryanlarga aylanadi. O 'z yerlariga ega bo'lm agan jangchilar harbiy o'lja lar hisobiga yoki o'z senyorlari hisobidan kun kechirganlar. Mamlakat sivosiv tuzumi. Mamlakatni XII asrdan ido – imperator boshqargan. U mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblangan. Viloyat noiblarining mustaqillikka intilishi aksariyat vaqtlarda mamlakatni siyosiy tarqoqlikka olib kelgan. Imperator hokimiyati zaiflana borib, ko'p o'tmay real hokimiyat mamlakatdagi eng kuchli mulkdor, harbiy qo'mondon - syogun qo'liga o'tadi. Dastlab syogunlik XII a sr oxiridan mahalliy mulkdorlardan biri Minamoto tomonidan o'rnatilgan. U samuraylardan tuzilgan qo'shini bilan raqiblarini yengib imperator poytaxti Kiotoni qo'lga kiritadi. Davlatni o'zining Kamakuradagi qal’a-saroyidan turib boshqaradi. Shu tariqa Yaponiyada qo'shhokimiyatchilik paydo bo'ladi. Mamlakatda dehqonlarning ahvoli nihoyatda og'ir edi. Soliqlarning ko'payib borishi xalqni, ayniqsa, qiynagan. Manbalarda yozilishicha, X IV - XV asrlarda yapon qishloqlarida ocharchiliklar tez-tez takrorlanib turgan

Yaponiva shaharlari taraqqivoti. Yaponiyada o'rta asrlarda shaharlar o'sib, ularda hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Yaponlar xitoyliklardan shoyi ipak, metallar, lak ishlab chiqarishni o'zlashtirib olganlar. Mamlakatda qadim zamonlardan temir, mis, oltin va kumush qazib olingan. Yapon ustalari bu ma’danlardan ajoyib qurollar tayyorlaganlar. Qurolsozlar yasagan qilichlar o'zining sifati bilan shuhrat qozongan. Manbalarda yozilishicha, 1483-yili savdogarlar chet mamlakatlarga 67 ming dona qilich olib ketganlar. Yapon chinnisi, yelpig'ichlari, suyakdan, qimmatbaho toshlardan yasalib laklangan san’at buyumlari, paxtadan va ipakdan to'qilgan gazlamalari ham xorijda yuqori baholangan. Yaponlar Koreya, Xitoy, Vyetnam, Tailand, Filippin bilan qizg'in savdo olib borganlar. Mamlakatda Sakai, Xyogo, Xakata, Nagasaki kabi yirik, aholi zich yashaydigan port shaharlar bor edi.


IX-XV asrlarda Xitoy. Javobi: latisodiv taraaaivot. Xitoyda uzoq davom etgan siyosiy tarqoqlik va o'zaro urushlarga sun sulolasining (9 6 0 -1 2 7 9 ) hokimiyatga kelishi chek qo'ydi. Natijada mamlakat xo'jaligining yuksalishiga zamin yaratildi. X asrdan suvni nisbatan baland joylarga chiqaruvchi moslamalardan keng foydalana boshlandi. Chig'ir idishlari sopol ко ‘zachalar yoki yog‘ochdan cho'michlarshaklida yasalgan bo'lib, ulardan foydalanish ekin maydonlarini ko'paytinsh imkonini beradi. Suv tegirmonlari yordamida sholini tozalash, moy olish, un chiqarish tobora keng qo'llana boshlaydi.

Dehqonchilikda almashlab ekishni Xitoyda ilk o'rta asrlardan qo'llay boshlaganlar. Ertapishar ekinlardan ikki marta hosil olingan. Asosiy ekin - sholining urug'ini tanlashga, unib chiqqan sholi ko'chatlarini yaganalab ishlov berishga alohida e’tibor qaratilgan. Mamlakat janubida shakarqamish yetishtirish, shimoliy viloyatlarda esa pilla qurti boqish tobora keng tus ola boshlaydi. Xitoyda qishloq xo'jaligidagi yumushlarning deyarli barchasi sodda mehnat qurollari ko'magida qo'lda bajarilgan. Mamlakatda otlar kam bo'lib, borlaridan ham, asosan, harbiy maqsadlarda foydalanilgani buning asosiy sabablaridan biri edi. Rivojlangan o'rta asrlarda Xitoyda imperator, harbiy zodagonlar, amaldorlarga qarashli davlat yerlari kamayib, zamindorlarning xususiy yerlari tobora ko'payib boradi. Xususiy yerlar, shuningdek, yangi o'zlashtirilayotgan qo'riq va tog'oldi hududlari hisobiga ham kengayib borgan. Yirik mulkdorlar yerlari ko'payishiga kambag'allarning qarzlari evaziga yerlari tortib olinishi ham xizmat qilgan. Shu tariqa XI asr boshlarida ekin maydonlarining yarmi yirik zamindorlar qo'liga o'tadi. Bu yerlarda, asosan, ijarachi dehqonlar ishlaganlar. Xitoyda erkin dehqonlarning aksar qismida 30 - 40 mu yer bo'lib, davlat bu tabaqani qo'llashga intilgan. Xitoy dehqonlari o'zlari yetishtirgan mahsulotlaridan davlatga har yili ikki marta soliq to'laganlar. Yer solig'i sholi yoki bug'doy bilan to'lansa, pilla boqqan xonadonlar soliqni gazlama bilan ham to'lagan. Shaharlar va hunarmandchilik. Xitoyda shaharlaming vujudga kelishi X - X II asrlarda ham davom etadi. Kayfin, Chendu va Uchan shaharlari Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari edi. Xitoy savdosida suv yo'llari alohida ahamiyat kasb etgan. Ko'pchilik shaharlar dengiz yoki daryo bo'ylarida, suv va quruqlikdagi savdo yo'llari kesishgan joylarda vujudga kelgan.Shaharlaming o'sishi hunarmandchilikning jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Temir, mis qazib olish va eritish ko'payib boradi. Jumladan, IX asrdagiga nisbatan mis ishlab chiqarish 30 marta, temir eritish 12 marta ko'payadi. Shuningdek, qo'rg'oshin, simob, qalay, oltin, kumush qazib olish ham yuksalib borgan. Xitoyliklar ma’danlarni eritish va ularga ishlov berishda maxsus kimyoviy moddalar, kokslovchi toshko'mirdan keng foydalanishgan. Bu esa temirchilikni yuksaltirib, undan qurol-aslaha, pichoqlar, mixlar, turli idishlar tayyorlashning kengayishini ta’minlagan. Xitoyning janubiy viloyatlarida hunarmand-to'quvchilar shoyi gazlamalarning o'nlab xillarini tayyorlaganlar. Ipakdan shoyi so'zana - panno to'qish XII asrda ixtiro qilinib keng tarqaladi. Xitoyda paxtachilik ham tobora keng yoyilib, XIV asrdan undan gazlama tayyorlash ham rivojlana boradi. X itoy shaharlarid a kiyim tikish, poyabzal, ro 'z g 'o r buyum lari, yelpig'ichlar, soyabonlar, zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqaradigan ko'plab do'kon va ustaxonalar joylashgandi. Ustaxonalarda mehnat taqsimoti shakllanmagan, hunarmand har bir buyumni tayyorlashda boshidan oxiriga qadar o'zi qatnashgan. Xitoyda bo'lgan Marko Poloning yozishicha, ustaxonalarda 10 tadan 40 tagacha kishi ishlatilgan. Sex a’zosi bo'lish Xitoy hunarmandlari uchun majburiy edi. Yevropadagi kabi undagi sexlar ham xalfa, shogirdlar sonini, ularning ish sharoitini, tayyor hunarmandchilik buyumlarini sotishni, hunar sirlarini saqlashni nazorat qilgan. Savdo. Yevropadan farqli o'laroq, Xitoy shaharlarining hunarmandlar yashaydigan qismida ham qizg'in savdo olib borilgan. Shaharlarda hatto tungi bozorlar ham joriy etilgan. Katta bayram kunlari yarmarkalar tashkil qilingan. Mamlakatda pul munosabatlari yuksalgan, mis va temir pullardan tashqari kumush va oltin, hatto qog'oz pullar ham tayyorlangan. Xitoy qo'shni mamlakatlar bilan keng ko'lamda savdo-sotiq olib borgan. Buyuk ipak yo'li Xitoyning O'rta Osiyo orqali Eron va Vizantiya bilan savdo olib borishiga imkoniyat yaratgan. Dengiz sohilidagi port shaharlar: Ninbo, Xanchjou va Guanchjou Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan faol savdo olib borishgan. Yozma manbalarda o'rta asrlarda Xitoyning port shaharlarida bir paytning o'zida 200 mingga yaqin hind, arab, fors arman, yahudiy savdogarlari bo'lgani qayd etilgan.

IX-XV asrlarda Hindiston. Javobi: Dehli sultonliainina tashkil tooishi. Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg'on qabilalarining hujumlari va joylashuvi XI - XII asrlarda kuchaygan. Musulmonlar bosib olgan viloyatlarda 1206-yili poytaxti Dehli bo'lgan sultonlik vujudga keladi. Dehli sultonligining ilk hukmdori Qutbiddin Oyboq qo'shini asosini turkiy qabilalardan tuzilgan suvoriylar tashkil qilgan. Sulton viloyatlar noibligiga harbiylar, qo'shin boshliqlarini tayinlagan. Hindistonni istilo qilish davomida mahalliy mulkdorlarning ma’lum qismi yakson qilinsa, boshqalari yer-mulklarini tashlab mamlakatdan chiqib ketadilar. Yirik zamindorlarning yana bir qismi esa sulton hokimiyatini tan olib uning xizmatiga o'tadilar. Sulton ularning ko'magida mahalliy aholidan soliqlar yig'gan, xalqni itoatda tutishda ham zamindorlar yordamiga tayangan. XII - XIII asrlar davomida Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati uzil-kesil o'rnatiladi. Sulton Qutbiddin Oyboq vafotidan so'ng taxtga Shamsiddin Eltutmish (1211 - 1236) keladi. Uning boshqaruvi paytida Panjob, Sind va Bengaliya bo'ysundiriladi.

Yer egaligi. Dehli sultonligida barcha yerlar hukmdorniki hisoblangan. Davlatga dastlab dehqonlar hosilning 1/5 qismini to'lagan bo'lsa, XIII asr oxiridan soliq oshib, mahsulotning 1/4 qismiga tenglashadi. Mamlakatda yer egaligining asosiy turi iqto hisoblangan. Viloyat noiblari to'plangan soliqlarning 10 - 20% ni o'ziga qoldirishi, evaziga zarur bo'lganda sultonga o'z qo'shinini berishi lozim edi. Xususan, Eltutmish Dehli shahri atrofidagi qishloqlami shaxsiy gvardiyasining 2000 suvoriysiga iqtoga bo'lib bergani manbalarda yozilgan. Xolisa davlat ixtiyoridagi yerlar bo'lib, undan olinadigan soliqlar xazinaga tushgan, davlat xarajatlari va maxsus qo'shinni ta ’minlash uchun ishlatilgan. Yer-mulklarning ma’lum qismi mahalliy hind feodallari - zamindorlarga tegishli edi. Dehli sultonligida vaqf yerlari va sulton hadya etgan yerlar ham bo'lgan. Sulton saroy amaldorlari, shoirlar, din peshvolariga in’om etgan уег-mulklar keyinchalik merosiy mulkka aylana borgan. Xususiy yer egalari olingan hosil hisobidan soliq to'laganlar. Vaqf yerlari masjid va madrasalarga umrbod foydalanishga taqdim etilgan va ulardan soliq olinmagan.



Dehli sultonliai X IV - X V asrlarda. Eltutmish vafotidan so'ng mamlakatda taxt uchun kurash kuchayib ketadi. Bu urushlarda g'olib chiqqan va taxtni egallagan Alouddin Xiljiy islohotlar o'tkazib davlat xazinasi daromadlarini oshiradi. Kuchli qo'shin tuzib o'zboshimcha feodallarni bo'ysundiradi. Bu davlatning, vaqtinchalik bo'lsa-da, o'zining avvalgi qudratini tiklashiga yordam beradi. Dehli sultonligining kuchli va intizomli qo'shini bo'lishi shimoldan m o'g'ullar hujumlarini qaytarish imkonini beradi. Xiljiyning o'g'li Muhammad Tug’luq 1325-yili taxtga keladi. U o'z hukmdorligini otasi paytida mustaqillik yo'lini tutgan knyazliklarni bo'ysundirishdan boshlaydi. O'zini «Iskandar Zulqarnaynning davomchisi» deb nomlagan sulton davrida Hindiston yarimoroli to'liq birlashtirildi. Harbiy yurishlarda omadli sultonning soliq islohoti natijasiz tugaydi. Qatorasiga 7 yil davom etgan qurg'oqchilik aholining katta qismi qirilib ketishiga sabab bo'ladi. Sulton poytaxtni Davlatobod (avvalgi Devagiri)ga o'tkazib, unga saroy amaldorlaridan tashqari hunarmandlar va savdogarlarni ham ko'chiradi. Tug'luqning oltin va kumush pullar bilan teng muomalada bo'lishi mo'ljallangan mis tangalarni zarb ettirishi uning ko'p o'tmay qadrsizlanib ketishiga, har ikki islohotning natijasiz tugashiga olib keladi. Keyingi hukmdor Feruzshoh Tug'luq davrida soliqlar kamaytirilib, davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo'lib beriladi. Uning boshqaruvi paytida qishloq xo'jaligi, hunarmandchilikning yuksalishi, oqilona boshqaruv sultonga xalq homiysi sifatida shuhrat keltiradi. Ammo mamlakatda XIV asrda boshlangan siyosiy tarqoqlik davrida ayrim knyazlarning mustaqillikka intilish jarayoni kuchayib boradi. Dehlining keyingi sultoni Mahmud 1398 - 1399-yillari Amir Temur qo'shinlariga qarshi kurashadi. Lekin tajribali sarkarda Mahmud qo'shinlarini yengib Dehlini zabt qiladi. Sohibqiron Samarqandga ko'plab hind hunarmandlari, me’morlarini olib qaytgan. Shundan so'ng Hindiston mayda knyazliklarga bo'linib ketadi. Oradan o‘n yilcha o'tib sayyidlar sulolasi (1414-1451) taxtga keladi. Sayyidlar sulolasini afg'on qabilalari sardori Bahlul Lo'diy (1451 - 1489) taxtdan tushiradi. Uning nabirasi Ibrohim Lo'diy Zahiriddin Boburga qarshi kurashadi.

Usmonli imperiyasining tashkil topishi. Javobi: Usmonli imperiyasiUsmonlilar davlati (Yevropada Ottoman imperiyasi deb atalgan) — Kichik OsiyoSharqiy YevropaYaqin Sharq va Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda usmonlilar sulolasi boshqargan davlat (1299— 1922). Usmonli imperiyasiga  Usmon I asos solgan. Bu davlat dastlab Kichik Osiyoning Shimoliygʻarbiy qismi  Eski shahar va Anatoliya hududida saljuqiylarning Koʻniya sultonligiga tobe kichik bir beklik (beylik) shaklida tashkil topgan. Bu beklikning ilk hukmdori Ertoʻgʻrul boʻlsa ham, uning oʻgʻli — Usmonbey davrida beklik mustaqil davlatga aylanganligi uchun uning nomi bilan Usmonli bekligi deb atalgan. Keyinchalik bu davlat Usmonli imperiyasi nomini olib, oʻrta asrlarda jahonning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Usmon I va uning oʻgʻli Urxon bek (bey) unvonini qabul qilgan boʻlsa, Urxonning oʻgʻli Murod I davridan boshlab hukmdorlar sulton deb atalgan. Usmon Gʻoziy davridayoq qoʻshni Vizantiya imperiyasiga qarshi bir qancha harbiy yurishlar qilinib, Qoracha Hisor va Yor Hisor qalʼalari, Bursaning atroflari egallangan. XVI asr boshlarida butun imperiya viloyatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga boʻlingan edi. Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi. Imperiyaning asosiy tayanchi uning qoʻshini edi. Qoʻshinni yer egalarining lashkarlari tashkil etardi. Sulton harbiy majburiyat evaziga yer-suv taqsimlab berardi. Harbiy majburiyat evaziga ajratilgan katta-katta yer egalari zoimlar va beylar, ulardan maydaroq yer egalari esa tumorilar va sipohiylar deb atalgan. Ularga harbiy harakat vaqtida sulton farmon bergan hamonoq, yerlarining katta-kichikligiga qarab belgilab qoʻyilgan miqdordagi qurolli dehqonlar bilan belgilangan joyga yetib kelish majburiyati yuklangan edi. Bundan tashqari, imperiyaning doimiy qoʻshini — yanicharlari, shuningdek, kuchli harbiy-dengiz floti ham boʻlgan. Bu omillar Usmonli turklar sultonlariga keng koʻlamda bosqinchilik urushlari olib borish imkonini bergan. Bunday urushlar natijasida Usmonli turklar davlatining ulkan imperiyaga aylanganligi Sizlarga VII sinf „Jahon tarixi“ darsligidan maʼlum. Imperiya XVI asrda ham bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Bu davrda Eron imperiyaning Osiyodagi eng yirik raqibiga aylangan edi. Sulton Salim I 1514-yilda Eron shohi Ismoil Safaviy qoʻshinini tor-mor etdi. Bu gʻalaba sultonga shohning ittifoqchisi Misr sultonligiga qarshi yurish boshlashga yoʻl ochdi. 1516-yilda yoʻl-yoʻlakay Suriya va Falastinni bosib oldi. 1517-yilda esa Misr poytaxti Qohira shahri egallandi. Imperiya nafaqat Osiyo va Yevropada, hatto Afrikada ham mustamlakalarga ega boʻldi. Imperiya hududining kengayishi yirik savdo yoʻllarining ham Turkiya qoʻliga oʻtishiga olib keldi. Bu omillar imperiya markaziy hokimiyatining hamda harbiy qudratining yanada kuchayishini taʼminladi. Oqibatda Turkiyaning xalqaro taʼsir-eʼtibori, Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari taqdiridagi oʻrni yanada ortdi.

Download 143.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling