Oraliq nazorat testlari I variant
Download 87.5 Kb.
|
TEST (I V var.)
Oraliq nazorat testlari
IV variant 1.Yulduzlar qanday yo’l bilan paydo bo’lishi mumkin? A) sovuq gaz-chang bulutlardan gravitatsion kondensatsiya yo’li bilan B) diffuz gaz-tumanlikning parchalanishidan C) sayyoralarning portlashlaridan D) sovuq gaz-chang bulutlarning parchalanishidan 2.Saturn Quyosh atrofini qancha davrda aylanib chiqadi? A) 248 yil B) 225 sutka C) 30 yil D) 88 sutka 3.Devon davri qaysi eraga tegishli? A) Mezozoy B) Proterozoy C) Kaynazoy D) Paleozoy 4.Quyoshning vodorod, geliy va boshqa elementlarning ionlashishining ketma-ket yuz beradigan sohasi . . . . . . . deyiladi. A) quyosh toji B) xromosfera C) fotosfera D) quyosh shamoli 5.Yerda 10 sm li yoriqlar qiladigan zilzila darajasini ko’rsating. A) 7 ball B) 8 ball C) 9 ball D) 10 ball 6.Quyosh sistemasidagi sayyoralarni tartib bilan joylashtiring. 1.Yer. 2.Pluton. 3.Mars. 4.Venera. 5.Yupiter. 6.Neptun. 7.Merkuriy. 8.Uran. 9.Saturn. A) 7, 8, 9, 1, 2, 4, 5, 3, 6 B) 9, 1, 2, 5, 6, 7, 8, 3, 4 C) 1, 2, 3, 9, 8, 7, 6, 5, 4 D) 7, 4, 1, 3, 5, 9, 8, 6, 2 7.Yer guruhidagi sayyoralarga qaysilar kiradi? 1.Yer. 2.Pluton. 3.Mars. 4.Venera. 5.Yupiter. 6.Neptun. 7.Merkuriy. 8.Uran. 9.Saturn. A) 7, 6, 9, 1 B) 9, 2, 4, 5 C) 7, 4, 1, 3 D) 4, 5, 6, 7 8.Ko’l suvlari qancha vaqtda yangilanadi? A) 15 000 yilda B) 2600 – 3000 yilda C) 12 sutkada D) 10 yilda 9.Diametri jihatdan Yerdan ikki marta kichik, yili Yerdagiga qaraganda qariyb 2 marta uzun, uning ekvatoridagi temperatura hatto yozda ham kamdan-kam 00 S ga ko’tariladi. Atmosferasi nihoyatda siyrak. Gap qaysi planeta to’g’risida borayapti? A) Mars B) Merkuriy C) Venera D) Saturn 10.Yo’ldoshlarning eng yirigi qaysilar? A) Saturn yo’ldoshi -Titan va Yerning yo’ldoshi-Oy B) Saturn yo’ldoshi -Titan va Yupiter uchinchi yo’ldoshi-Ganimed C) Yupiter yo’ldoshi -Ioda va Saturn yo’ldoshi -Titan D) to’g’ri javob yo’q 11.Yer sayyorasining radiusi qaysi javobda keltirilgan? A) 6 400 km B) 25 050 km C) 12 800 km D) 4880 km 12. Yerda hayot paydo bo’lishi haqidagi nazariya muallifi kim?? A) Nyuton B) Oparin C) Aristotel D) Robert Guk 13.Insonning kosmosga birinchi pavozi qachon va kim tomonidan amalga oshirilgan? A) 1962 y, A.G.Nikolaev tomonidan B) 1961 y, Yu.A.Gagarin tomonidan C) 1961 y, V.Tereshkova tomonidan D) 1960 y, 2 ta jonivor tomonidan 14.Balandlik ortgan sari Yer atmosferasining zichligi . . . . . . . boradi. A) ortib B) kamayib C) o’zgarmay D) ionlanib 15.Quyoshning qaysi nurlarini atmosfera o’zidan o’tkazmaydi? A) infraqizil B) ultrabinafsha C) rentgen D) ko’rinadigan Download 87.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling