Oraliq nazorati 1-topshiriq Joy nomlari bo’yicha topshiriq rejasi
Download 10.66 Kb.
|
Durdonaga
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Paxtaobod
- Hovuskon ota
- Katta Fargʻona kanali
- Tentaksoy, Qoraungur
- Abdumalik
Oraliq nazorati 1-topshiriq Joy nomlari bo’yicha topshiriq rejasi 1.Men Ubaydullayeva Durdona Andijon viloyati Paxtaobod tumani Yoqubov MFY Barhayot ko’chasi 26-uyda yashayman. Yoqubov (Respublikamizning bir qator viloyatlarida mavjud bo’lgan mahalla nomlaridan) Tojioxun Yoqubov nomini abadiylashtirish maqsadida shu tarzda nom berilgan. Tojioxun Yoqubov Paxtaobod tumani Uyg’ur qishlog’ida tug’ilgan. Bizning kolxozga,ya’ni jamoa xo’jaligiga birinchi rais bo’lgan. 1948-yil SSSR paytida Sovet ittifoqi qahramon unvonini olgan,1956-yil kolxozda katta klub qurdirgan. 1958-yil vafot etgan.Sobiq tuman hokimi Ulug’bek Adashboyevich tomonidan bu shaxsning byusti mahalla idorasi markaziga o’rnatilgan. Barhayot (Paxtaoboddagi ko’cha nomi)” bar”, “hayot” so’zlaridan olingan bo’lib,yashab turgan holatda ,harakatda, tirik ma’nolarini beradi.Ko’chamiz nomi oldin “Ovushqa” tarzida nomlangan.Bu so’z eski o’zbek tilida keksa, qari, nuroniy ma’nolarida ishlatilgan.Demak, ushbu hudud aholisi bu joyda uzoq vaqt mobaynida istiqomat qilib kelganlari uchun ham ko’ch anomlari yangilanish jarayonida aynan “Barhayot” nomiga o’zgartirilgan. 2. Paxtaobod (Andijon viloyatidagi tuman nomi) 1926-yil 29- sentabrda tashkil qilingan.1962-yil 24-dekabrda Izboskan tumani bilan biralshtirilgan.1970-yil 7-dekabrda yana yangidan tashkil qilingan.Shimoliy va shimoliy sharqdan Qirg’iziston respublikasining Jalolobod viloyati, g’arbdan Izboskan tumani, janubdan Andijon tumani bilan chegaradosh. Paxtaobod hudududan oqib o’tuvchi Chirtaksoy atrofiga dastlab Qo’qondan aholi ko’chib kelib istiqomat qilganligi sababli ushbu tuman nomi dastlab Qo’qonqishloq tarzida bo’lgan.Tumanimizning 1975-yildan buyon Paxtaobod tarzida nomlanishiga asosiy sabab uning xo’jalik hayotida paxta yetishtirishning yetakchi tarmoq ekanligidadir.Paxtaobod tumanida 13 shirkat, 406 fermer xo’jalik bor.Tumandagi jami ekin maydoni 17,4 ming gektar, shu jumladan, 8,2 ming gektar yerga paxta ekiladi. 3.Hovuskon ota - asli ziyoratgoh bo'lib, shaxs nomi bilan atalgan. Ya'ni antroponim-toponim hisoblanadi. U yerda qabriston ham mavjud boʻlib, u nekronimga misol bo'la oladi. O'rta qismdagi tepalik esa oronimga namunadir. U tepalikdan atrof kaftday ko'rinib turadi. Ayrim sopol buyum qoldiqlari ham mavjud. Bu tepalikning qadimiy ekanidan dalolat beradi. Hovuskon ota deb nomlanishiga sabab o'sha yerda shunday ismli shaxs yashab o'tgan. 4. Katta Fargʻona kanali (toʻliq nomi: Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali) — Fargʻona vodiysida qurilgan eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri. Oʻzbekiston (283 km), Tojikiston (62 km) va Qirgʻiziston (13 km) hududidan oʻtadi. Vodiyni shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga kesib oʻtgan. Asosiy oʻzani uzunlihi 350 km. Vegetatsiya davrida Norin (420 m3/s), Qoradaryo (100 m3/s), Soʻx (12 m3/s) daryolaridan 532 m3/s suv oladi.1939-yil avgustida xalq hashari bilan juda qisqa muddatda (45 kunda) qurib, bitkazildi. 1940-yilda Tojikiston hududida yana uzaytirildi.Kanal qurilishida 160 ming kishi qatnashdi. Kanalga 1966-yilda kanal qurilishi tashabbuskorlaridan biri boʻlgan davlat arbobi Usmon Yusupov nomi berilgan. Tentaksoy, Qoraungur — Andijon viloyatining shimoli-sharqiy qismidagi soy. Fargʻona tizmasining shim.sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Daryo yuqori qismida togʻlar orasida oqadi. Muzlik va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Daryo suvi bahorda koʻpayadi. Paxtaobod shahridan oʻtib Moylisuvga qoʻshiladi. Uz. 126 km. Havzasi maydoni 4130 km². Koʻp yillik suv sarfi 35,8 m³/sek. T.ga Chortoqsoy va boshqa tashlama suvlar kelib qoʻshiladi. Suvi Paxtaobod tumani ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi. 5.Ota-onangiz ,yaqin kishilaringiz bilsa,urug’ingiz nomi,tarixi haqida yozing Imonali – (arab tilidan olingan Imon va Ali ) Ollohga ishonch, diniy e’tiqod. Xudoga bo’lgan ishonch,e’tiqod; ko’ngilda ishonish va tilde iqror qilish. Imoniga, diniga mustahkam odam .Ali esa eng yuksak, eng ulug’,oily yuqori martabali. Bu nom Muhammad (s.a.v.) payg’ambarimizning kuyovi, to’rtinchi xalifaning ismidir Haydarali – arab tilida “sher” ma’nosini beradi; Hazrat Alining sifatlaridan biri.Nazarimda ism qo’yishda qandaydir ohang jihatdan ham yaqinlik bo’lishi uchun ham Imomali bobomiz to’ng’ich o’g’liga Ali ismi bilan yakunlanuvchi ism qo’ygan. Qo’chqorjon – ko’chma ma’noda qo’yilgan ismlardan biri.Kishiga nisbat beriladi; zo’r, botir, pahlavon.Qadimiy xalq donishmandligi namunasi bo’lgan dostonlarimizda ham bu so’z erkaklar ismi sifatida qo’llanilganini ko’rishimiz mumkin: “Bu yurishdan senga o’lmoqlik darkor, Bu so’zlarni aytib shundayin Qo’chqor.” (“Murodxon” dostonidan) Usmonjon – kelib chiqishi arabcha .Ma’nosi siniqchi, singanlarni davolaovchi, shikastband yoki og’ir,bosiq, mard, jasur. Bu nom Usmon ibn Affon (614-656) choryorlar deb yuritiluvchi to’rt xalifaning uchinchisining ismidir. Mo’minjon – kelib chiqishi arabcha. Ma’nosi dinga ishonuvchi,dinga sodiqligini til va iqror bilan hamda qalban tasdiqlovchi,imonli,xudojo’y. Mo’min nomi Ollohning sifatlaridan biri bo’lib, bandalarini asrovchi va ular xavfsizligini ta’minlovchi ma’nolarini anglatadi. Abdumalik – arab tilidan olingan, Podshihning, ya’ni Ollohning quli,bandasi ma’nosiga ega Mahmudjon – arabcha so’z bo’lib, olqish olgan ,maqtalgan, maqtovga sazovor bo’lgan, dongdor , atoqli, Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri Durdona – kelib chiqishi arabcha, fors-tijikcha.Ma’nosi inju donasi,a’lo marvarid yoki eng aziz,qadrli qiz.Odatda bitta-yu bitta,yagona qiz farzandlarga qo’yiladigan ismlardan biri,lekin men ikkinchi qiz farzandman. Bu fors tilidagi “Du” so’ziga nisbatan bo’lgan. Download 10.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling