Oraliq vaqt relelari
RELELARNING TURLARI VA ULARNING AMALIYOTDA QO`LLANISHI
Download 48.38 Kb.
|
Mavzu Oraliq va vaqt relelari Reja-fayllar.org
RELELARNING TURLARI VA ULARNING AMALIYOTDA QO`LLANISHI
Relelarga kiruvchi signal dvigatelning faza toklari hisoblanadi. Asinxron dvigatelning o’ta nagruzkalanishi natijasida relening qizdirgichi 1 dan o’tgan tok If qizdirgichda issiqlik ajralishini oshirib yuboradi. Issiqlik ta’sirida bimetall plastinka yuqoriga qarab egiladi va richag 3 ni bo’shatib yuboradi. Natijada kontakt juftlari 4 uzilib reledan chiquvchi signal hosil bo’ladi. Bu signalni dvigatelning boshqarish zanjiriga ta’siri natijasida dvigatel ishlashdan to’xtaydi. Bimetall plastina ikki turli metalldan yasalgan va bir-biriga parallel yopishtirilgan ikki plastinkadan iborat bo’lib, ularning issiqlikdan kengayish koeffisientlari har xil. Ustki metallning cho’zilish koeffisienti pastkisinikidan bir necha marta kichikligi sababli, bimetall plastinka issiqlik ta’sirida yuqoriga qarab egilganda issiqlik relesi ishlash jarayoni bilan tanishgan bo’lamiz. Hozirgi vaqtda himoya apparatlari sifatida ko’proq avtomatik uzgichlar qo’llanilmoqda. Bu apparatlar bir yo’la ikki vazifani qisqa tutashuv tokidan va o’ta nagruzkalanishdan saqlash vazifalarini bajaradi. 3 sxemada uch fazali avtomatik uzgichning prinsipial sxemasi ko’rsatilgan. Agar tarmoq zanjirida yoki elektr yuritmalar zanjirida issiqlik tutashish sodir bo’lsa, avtomatning ijrochi elementi elektromagnit 1 dan o’tgan tok va hosil qilgan magnit maydon kuchi o’zak 2 ni yuqoriga ko’tarib richag 8 orqali ilmoqdan bo’shagan zanjirning kontaktlari prujina 5 kuchi bilan uzilib qisqa tokini o’chiradi. Agar zanjirdagi elementlar elektr dvigatel va mexanizmlar o’ta nagruzkali bo’lsa, u holda qizdiruvchi element 7 bimetall plastinka 6 ni qizdiradi. Ustki plastinkaning issiqlikdan cho’zilish koeffisienti kichik bo’lgani uchun bu plastinkadan yuqori tomonga egiladi va ilmoqli richagni ko’tarib yuboradi, kontaktlar o’ta nagruzkalanishdan saqlanib qoladi. Sistemada normal ish holati o’rnatilgandan so’ng avtomat qaytadan qo’l bilan ulanadi. Shuning uchun ham bu qurilma avtomatik uzgich deyiladi. Elektromagnit va issiqlik relesidan iborat avtomatlar boshqa hamma himoya apparatlariga qaraganda qator afzalliklarga ega: Avtomatlar bir vaqtning o’zida qisqa tutashish va o’ta nagruzkalanishdan saqlash vazifalarini bajaradi. Eruvchan saqlagich qo’llansa, bir fazali qisqa tutashish yuz berganda dvigatel qolgan ikki faza tokida ishlayveradi. Avtomat qo’llanganda esa har qanday xavfli holatda dvigatelning hamma fazalari uzilib u ishlashdan to’xtaydi. Eruvchan saqlagichni almashtirib qo’yish uchun ancha vaqt ketadi. Avtomatni qayta ishlatish uchun esa ulash knopkasini bosish kifoya. Kontaktor va magnitli ishga tushirgichlar. Kuchli tok zanjirlarini boshqarish uchun qo’llanadigan apparatdir. Kontaktorning tuzilishi ishlash prinsipi yuqorida ko’rilgan elektromagnit reledan farq qilmaydi, faqat kontaktor kuchli tok zanjirida, rele esa boshqarish toki zanjirida foydalanishga mo’ljallangan. Asinxron dvigatelni boshqarish uchun qo’llaniladigan o’zgaruvchan tok kontaktori sxemada ko’rsatilgan. U qo’zg’almas po’lat o’zak 5 ga o’rnatilgan elektromagnit cho’lg’ami K va qo’zg’aluvchan po’lat 4 bilan mexanik bog’langan K1, K2 va K4 dan iborat apparatdir.O’zgaruvchan tok kontaktori bilan o’zgarmas tok kontaktorlari orasidagi farq shundaki, o’zgarmas tok kontaktorining po’lat o’zagi yaxlit po’latdan, o’zgaruvchan tok kontaktorining po’lat o’zagi esa 0.3-0.5 mm qalinlikdagi elektromagnit po’lat plastinkalardan tayyorlanadi. Shuning uchun o’zgaruvchan tok kontaktorining po’lat o’zagi gisteris va vuko toki tufayli o’rinsiz Bunda a-proporsionallik koeffisienti, I-elektromagnit cho’lg’amidan o’tadigan tok kuchi,W-g’altakdagi o’ramlar soni, u0-qo’zg’aluvchi va qo’zg’almas po’lat Formulaga muvofiq maydonning tortish kuchi Fem-tok yo’nalishining o’zgarishiga, ya’ni uning manfiy yoki musbat qiymatiga bog’liq bo’lmaydi va doim bir tomonga yo’naladi. Shu sababli bu tok kuchi o’zgaruvchan tok kontaktorlarida ham bir tomonga bo’ladi. Lekin bu kuchning amplitudasi Fem qiymati noldan maksimumgacha o’zgaruvchi bo’ladi. Sxemadan ko’rinib turibdiki, Fem qiymati nolga yaqin kelgan oraliq ∆u da prujinaning tortish kuchi Fpr elektromagnit kuchi Fem dan kattadir. Bunda po’lat o’zaklar bir-biridan uzoqlashishi yana Fem > Fpr bo’lganda bir-biriga tortilish yuz beradi, bundan kontaktorning qattiqtitrashi va buzilishiga olib kelishi mumkin. O’zgaruvchan tok kontaktorlarining bu kamchiligini yo’qotish uchun qo’zg’almas o’zakka mis halqa 4 qisqa tutashtirilgan cho’lg’am kiydiriladi. Magnitli richag tushirgich ham kontaktor kabi kuchli tok zanjirini uzib-ulashda qo’llaniladi. Bu ikki apparatning farqi shuki, magnitli ishga tushirgichda himoya apparati issiqlik relesi ham bo’ladi. XULOSA Men Rele himoyasi fanidan “Oraliq vaqt relelari” mavzusida mustaqil ish tayyorlash jarayonida rele va uning turlari amaliyotda qo’llanilishi haqida ma’lumotga ega bo’ldim.Rele elektr bilan boshqariladigan almashtiruvchi uskuna(viklyuchatel). U bitta yoki bir nechta boshqaruv signallari uchun kirish terminallari to'plamidan va ishlaydigan kontaktli terminallar to'plamidan iborat. Viklyuchatel bir nechta kontakt shakllarida istalgan miqdorda kontaktlarga ega bo'lishi mumkin, masalan, kontaktlarni o'rnatish, kontaktlarni uzish yoki ularning kombinatsiyasi.Relelar mustaqil past kuchli signallar orqali sxemani boshqarish kerak bo'lgan yoki bir nechta sxemalar bir signal orqali boshqarilishi zarur bo'lgan joylarda ishlatiladi. Relelar birinchi marta shaharlararo telegraf zanjirlarida signal takrorlagichlari sifatida ishlatilgan, ya'ni bir sxemedan boshqasiga uzatish orqali signallar yangilanib yetib kelgan. Mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun telefon stansiyalarida va dastlabki kompyuterlarda rele keng qo'llanilgan.Relening an'anaviy shakli kontaktlarni yopish yoki ochish uchun elektromagnitdan foydalanadi, lekin relelar ishlatadigan boshqa ishlash tamoyillarini ham yaratishgan. Download 48.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling